Mo‘rida juda quyuq tutun – sezilarli darajadagi ichki keskinlik (tutunning
quyuqligidan kelib chiqib uning darajasi aniqlanadi).
Mo‘ridan chiqayotgan ingichka tutun – uyda hissiy iliqlikning
yetishmasligi hissi.
Deraza Derazalarning yo‘qligi odamovilikni bildiradi, Ayni paytda derazalar
miqdorining ko‘pligi odamlar bilan yaxshi aloqaga intilishni bildiradi.
Deraza – birinchi qavvat oxirida tasvirlangan – shaxslararo munosabatlardan
nafratlanish. Haqiqatdan qochish tendensiyasi.
Derazalar katta ochilgan – odobsizlik, dangalchilik belgisidir. Derazalarning
ko‘pligi aloqalarga tayyorlikni, pardalarning yo‘qligi – o‘z xissiyotini berkitishga
urinishning yo‘qligi bildiradi.
Derazalar to‘liq yopilgan (parda ilingan) – atrof muhit bilan o‘zaro
faoliyatdan tashvishlanish (agar bu subyekt uchun muhim bo‘lsa).
Oynasiz deraza – adovat, yotsirash. Birinchi qavatda derazalarning yo‘qligi
– dushmanlik, begonalashish belgisi. Birinchi qavatda oynalar yo‘q, ammo boshqa
qavatlarda bor – haqiqiy hayot bilan inson hayoli o‘rtasida jarlikning mavjudligi.
Kichik derazalar - tortinchoqlik va psixologik jihatdan yoniga yo‘latmaslik.
Tom Tom - hayol sohasidir.
Shamol bilan uzilgan tom va mo‘ri – subyektning hissiyotlarini
Tom konturining semiz chizilgan bo‘lsa (tasvirning barcha qismlariga xos
bo‘lmagan) – odatda xavotir bilan kuzatiladigan, hayoli nazoratidan xaddan
tashqari xavotirlanishni bildiradi.
Tomning chetiga yupqa kontur berilgan – hayol ustidan nazorattni
pasayganiga tashvishlanish.
Tomning chetiga qalin kontur berilgan – hayol ustidan nazoratga haddan
tashqari tashvishlanish.
Pastki qavvat bilan mutanosib bo‘lmagan tom – yomon shaxschilik
tuzilish.
Tomning karnizi, urg‘u berilgan yorqin kontur bilan yoki devorning orqasiga
uzaytirilgan – himoya ustanovkasi kuchli (asosan mujmallik bilan).