Yo‘lakcha (mutanosib, erkin chizilgan) – shaxs boshqalar bilan
munosabatga kirishganda xushmuomalalik va o‘z xulq-atvori
ustidan nazoratni
namoyon etadi.
Juda uzun yo‘lakcha – yanada adekvat ijtimoiylashish ehtiyoji bilan
kechadigan kamsuqumlik.
Boshlanishdan keng, uyga yaqinlashganda torayadigan yo‘lakcha –
yuzaki do‘stonalik orqali yolg‘izlik istagini yashirishga intilish.
Teshik-tuynuksiz devorga olib boruvchi zina – voqelikni to‘g‘ri
baholashga ziyon yetkazadigan nizoli vaziyatni ifodalaydi. Subyektning
dimog‘dorligi (holbuki, uning o‘zi chin ko‘ngildan
suhbatlashishni istashi
mumkin).
Devorlar
Orqa devor, boshqa tomondan tasvirlangan, g‘ayrioddiy joylashgan –
o‘z-o‘zini nazorat qilishga ongli urinish, o‘zaro kelishuvga moslashish,
shu bilan
birga kuchli dushmanlik g‘arazi ham mavjud.
Orqa devor konturining nisbatan qalinligi (yorqinroq,
boshqa
qismlarga taqqoslaganda) - Subyekt voqelik bilan aloqalarni saqlab qolishga
intilmoqda.
Devor, uning asosini yo‘qligi – voqelik bilan sust aloqa (agar rasm
pastda
joylashgan bo‘lsa).
Asosining konturiga urg‘u berilgan devor - Sube’kt nizoli tendensiyalarni
siqib chiqarishga harakat qilmoqda, qiyinchilik, xavotirni his qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: