3-Bob. TADBIRKORLIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR
FAOLIYATINI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISHNING
HUQUQIY ASOSLARI
1. Tadbirkorlik (biznes) huquqi subyektlarini qayta tashkil etish
tushunchasi va uni amalga oshirish usullari.
2. Tadbirkorlik (biznes) huquqi subyektlarini tugatish tartibi va
asoslari.
1. Tadbirkorlik (biznes) huquqi subyektlarini qayta tashkil
etish tushunchasi va uni amalga oshirish usullari.
Uumumiy qoidaga ko‘ra, yuridik shaxsning faoliyati qayta tashkil
etish yoki tugatish natijasida bekor bo‘ladi.
Qayta tashkil etish, ilgari mavjud bo‘lgan korxonaning bekor
qilinishi va yangi huquq subyekti sifatida tadbirkorlik faoliyatini davom
ettirilishi demakdir. Korxona, u yoki bu ma’noda boshqa huquq va
majburiyatlar oluvchisi (yangi huquq subyekti), yangi yuridik shaxs
tomonidan amalga oshiriladi. Tugatishdan farqli o‘laroq, qayta tashkil
etishda mulk saqlanadi, tadbirkorlik va mulkiy huquq va majburiyatlar
ham mavjudligini yo‘qotmaydi. Ishlab chiqarish bo‘linmalari ham yo
qisqargan, yoki yiriklashgan holda faoliyatini davom ettiradi. Qayta
tashkil etish har doim huquqiy vorislik bilan bog‘liq, ya’ni mulkiy va
boshqa huquq (majburiyat)larning bekor qilingan (turini o‘zgartirgan) bir
huquq subyektidan boshqasiga, qaytadan vujudga keltirilgan korxonaga
o‘tadi. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, unga mulk huquqi
asosida tegishli mol-mulk yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga
o‘tadi. Yuridik shaxsni tugatishdan buning asosiy farqi ham shundan
iborat bo‘ladi.
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorislari
uning faoliyatini davom ettiradi. SHu bilan bog‘liq ravishda oxir oqibatda
barcha huquq va majburiyatlar to‘liq o‘tishi lozim. Ular qayta tashkil
etilgan yuridik shaxsning universal huquqiy vorisi, topshirish hujjati,
xuddi shuningdek, taqsimlash balansida qayd qilingan yoki qilinmagan
bo‘lsa ham, uning barcha huquq va majburiyatlarining vorisi bo‘lib
qoladi.
76
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasida
qayta tashkil qilishning beshta shakli berilgan. Unga ko‘ra,
- qo‘shib yuborish (ikki va undan ortiq yuridik shaxslar bir shaxsga
aylanadi);
-
qo‘shib olish (bir yoki bir necha yuridik shaxslar boshqasiga
qo‘shiladi);
-
bo‘lish (yuridik shaxs o‘z faoliyatini to‘xtatib, ikki va undan
ortiq yuridik shaxslarga bo‘linadi);
-
ajratib chiqarish (yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha
yuridik shaxslar ajraladi, bunda avvalgi yuridik shaxs ham mavjud bo‘lib
qolaveradi);
-
o‘zgartirish (bir tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs
boshqa shakldagi yuridik shaxsga o‘zgaradi).
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish umumiy qoidalarga asosan
ixtiyoriy ravishda – uning ta’sischilarining (qatnashchilarining) yoki
ta’sis etilgan hujjatlar bilan vakolatga ega bo‘lgan yuridik shaxs organi,
masalan a’zolarning umumiy yig‘ilish qarori asosida amalga oshirilishi
mumkin. Qo‘shib olish, qo‘shib yuborish yoki o‘zgartirish shakllaridagi
ixtiyoriy qayta tashkil etish qonunda belgilanganidek, davlat
organlarining oldindan olingan roziligi asosida amalga oshiriladi.
Masalan, bunday rozilikni tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni
keltirib chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari ustidan nazorat qiluvchi
monopoliyaga qarshi davlat organidan ham olish talab qilinadi. Ba’zan
yuridik shaxsni qayta tashkil etishda uning xohish-irodasidan chetga
chiqilishi mumkin. Bu to‘g‘ridan-to‘gri qonunda belgilangan holatlarda,
yuridik shaxsni qayta tashkil etishning uning tarkibidan bir yoki bir nechta
yuridik shaxslarni bo‘lish yoki ajratib chiqarish turlari vakolatli davlat
organlari yoki sud qarori bilan majburiy amalga oshiriladi.
Qayta tashkil qilishning barcha sanab o‘tilgan shakllarini ikki
guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga, taqsimlash balansi bilan rasmiylashtiriluvchi
bo‘lish va ajratib chiqarish shakli kiradi.
Ikkinchi guruhga, topshirish hujjati bilan rasmiylashtiriluvchi
qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va o‘zgarish shakllarini kiritish mumkin.
77
Ushbu hujjatlar bilan yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxsning huquq
va majburiyatlarining hajmi aniqlanadi.
Yuridik shaxslarni qayta tashkil qilish jarayonida “taqsimlash
balansi” va “topshirish hujjati”ning ahamiyati juda katta, chunki u qayta
tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘zidan oldingisiga nisbatan bo‘lgan
munosabatlarida, xususan berilgan molmulkka egalik huquqining tarkibi
va hajmiga huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Taqsimlash
balansi va topshirish hujjati, kimga, ayni qaysi huquq va majburiyatlar
o‘tishi kerakligini aniq belgilab berishi zarur. Bu hujjatlarda qayta tashkil
qilingan yuridik shaxs majburiyatlarining butun majmuini, shu bilan bir
qatorda bajarish muddati kelmagan, qayta tashkil qilingan shaxs
bahslashayotgan majburiyatlarni ham kiritish, qayd etish kerak.
Taqsimlash balansi va topshirish hujjati qayta tashkil qilish haqida
qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan albatta tasdiqlanib, tegishli
hujjatlar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun havola qilinadi. Bular
qayta tashkil qilingan shaxsning ta’sischilari, yoki uni yaxshi biladigan
(o‘z xohishi bilan qayta tashkil qilishda), yoki vakolatli davlat organi
(qonunda ko‘zda tutilgan, majburiy tashkil qilish hollarida) bo‘lishi
mumkin. Ushbu qoidalarga rioya qilinishi qayta tashkil etilayotgan
yuridik shaxsning huquqiy munosabatlariga to‘la aniqlik kiritib, yuridik
shaxsni qayta tashkil qilish jarayonida kreditorlarining manfaatlarini
ko‘zda tutib, ularning talablarni yo‘qolib ketmasligi uchun o‘rnatilgan.
Taqsimlash balansi bo‘yicha mol-mulkka kelib qo‘shilishi (aktiv)
yoki undan chiqib ketishi (passiv) mumkin bo‘lgan qismlari, shuningdek
joriy yilda yuridik shaxsdan topshirgunga qadar bo‘lgan muddat
davomida olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlar ham hisobga olingan
holda topshiriladi. Asosiy va oborotdagi mablag‘lar ularni topshirish
haqida qaysi chorakda qaror qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha chorakning
moliyaviy rejasi ko‘rsatilgan miqdorda topshiriladi. Topshirish haqida
qaror qabul qilingandan keyin ularni o‘zgartirish mumkin emas. Qaror
qabul qilingandan keyin o‘zlashtirilgan asosiy va oborotdagi mablag‘lar
ularni qabul qilib oluvchi tarafga qaytarib berilishi lozim.
Topshiriladigan mol-mulk inventarizatsiya qilinadi va bu topshirish
hujjatida yoki taqsimlash balansida ko‘rsatib qo‘yiladi.
78
Qayta tashkil qilish vaqtida qayta tashkil qilinayotgan korxonaga
ega bo‘lgan debitor va kreditorlik qarzlarining butun miqdori (shu
jumladan, sotib oluvchi va ta’minotchilarning ish haqi bo‘yicha qarzlari,
hisob beruvchi shaxslardan, byudjet va byudjetdan tashqari fondlar,
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha), taqsimlash balansi yoki
topshirish hujjatiga muvofiq, uning huquqiy vorislariga o‘tadi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil qiluvchi
fuqarolik huquq va majburiyatlar yuridik faktlar asosida vujudga keladi.
Ushbu huquq va majburiyatlarni nafaqat vujudga kelishi, shuningdek
ularning o‘zgartirilishi va bekor bo‘lishi ham qonun va boshqa huquqiy
hujjatlarga asosan yuridik faktlar bilan bog‘liqdir. Fuqarolik Kodeksining
8-moddasida amaliyotda uchrab turadigan yuridik faktlar inobatga
olingan holda, fuqarolik huquq va burchlarning vujudga keltirish asoslari
berilgan.
Qayta tashkil etish jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan huquq va
majburiyatlarning yangidan vujudga kelgan yuridik shaxs(huquqiy
voris)ga o‘tishi masalasi mukammal o‘rganilishi lozim bo‘lgan
masalalardan hisoblanadi. Ma’lumki, huquqiy munosabatlar ularning
vujudga kelishidan boshlanib, uning bekor qilinishi bilan tugaydi. Mana
shu chegara oralig‘ida huquqiy munosabatlar yuzaga keladi, harakatda
bo‘ladi. Bu harakat davomida huquqiy munosabatlar mazmun jihatdan
o‘zgarsada, o‘zining ayrim xususiyatlarini saqlab qolgan holda mavjud
bo‘ladi va davom etadi.
Huquqiy munosabatlarda majburiyatga ega bo‘lgan subyektlarning
o‘zgarishi kreditor almashganda (huquq subyekti), qarzdor almashinuvida
(fuqarolik huquqiy majburiyatlar subyekti) ro‘y beradi, shuningdek
subyektning ikki yoqlama majburiyatlarda ishtirok etishi, ya’ni bir
vaqtning o‘zida ham kreditor ham karzdor bo‘lishi mumkin. Demak,
huquqiy munosabat doirasida yuridik shaxslarning vujudga kelishi yoki
bekor bo‘lishigina emas balki, mavjud davr oralig‘ida tarkib jihatdan
yuzaga keladigan o‘zgarishlarni (qayta tashkil etish) ham hisobga olishga
to‘gri keladi.
Fuqarolik
huquqi
nazariyasida
asosiy
e’tibor
huquqiy
munosabatlarning paydo bo‘lishi va bekor bo‘lishiga qaratilib, huquqiy
79
munosabatlarning o‘zgarishi hamda qayta tashkil etish to‘g‘risida,
ayniqsa huquqiy vorislik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan masalalar kam
tadqiq qilingan muammolardan bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy vorislik bu
subyektiv huquqning bir shaxsdan ikkinchi bir shaxsga o‘tishidir. Huquq
beruvchidan huquqiy voris (subyekt)ga subyektiv huquqning berilishi
natijasida huquqiy munosabatlarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Ta’kidlash lozimki, huquqning bir shaxsdan boshqa shaxsga
o‘tishida, dastlabki huquq subyektning huquq va majburiyatlari hamda
unga nisbatan qo‘yilgan talablar bilan birgalikda o‘tadi. SHuning uchun,
huquqiy vorislik ko‘lamini qo‘llash keng va ko‘p qirralidir. Huquqiy
munosabatlar subyekti tarkibini o‘zgartirishda har doim huquq bir
shaxsdan ikkinchi bir shaxsga o‘tadi. Bunda eski va yangi huquqiy
munosabatlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.
Huquqiy vorislik yuridik shaxsni qayta tashkil etishda kelib chiqadi,
qayta tashkil etishda yuridik shaxs o‘zining huquqiy vorislari timsolida
mavjud bo‘ladi va harakat qiladi. Bu qayta tashkil etilgan yuridik shaxs
kreditorlari uchun birinchi darajali ahamiyatga ega.
Yuridik shaxs qayta tashkil etilib, huquqiy vorislik kelib chiqqan
holatda fuqarolik-huquqiy tartibga solishning vazifalari qo‘yidagi
zaruratlardan kelib chiqadi:
1) Barcha huquq va majburiyatlarni to‘liq yuklash, qayta tashkil
etilgan yuridik shaxs faoliyatini, uning huquqiy vorisiga o‘tishi;
2) Bu majburiyatlarni va ular buzilganligi uchun javobgarlikni
qayta tashkil etilgan yuridik shaxs huquqiy vorislariga, uning faoliyati
qanday bo‘lingan bo‘lsa, shunday aniqlikda bo‘lib berish;
3) Kreditorlarga
qayta
tashkil
etilgan
yuridik
shaxs
majburiyatlari oldida majburiyatli va javobgar bo‘lgan uning huquqiy
vorislarini topishni engillashtirish. Bunday tadbirlar zoya ketgan taqdirda,
barcha huquqiy vorislarga nisbatan solidar javobgarlikni qo‘llash lozim.
Huquqning ijtimoiy ahamiyati ham shundan iborat, ya’ni fuqarolik
muomalasida barqarorlik bo‘lishi zurur. Bunday sifatlarga faqat
mustahkam qonunchilik tufayligina erishish mumkin bo‘ladi. Bu esa
tegishli ravishda huquqiy munosabatlar subyektlarining mustaqilligini,
qayta tashkil etish holatida tomonlarning o‘zgarishi, korxonaga huquq va
80
majburiyatlarning o‘tishi bilan ular faoliyatini davom ettirishi huquqiy
vorislik bilan aniqlashtiriladi. (O‘zR FKning 50-moddasi) Fuqarolik
kodeksining 82moddasiga ko‘ra dastlabki xuquq subyektiga tegishli
bo‘lgan “fuqarolik huquqlarining ob’ektlari erkin suratda boshqa
shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish,
yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar
ular muomaladan chiqarilmagan bo‘lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga
o‘tishi mumkin”.
Yuridik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, huquqiy vorislik umumiy
(universal) va qisman (singulyar) turlarga ajratiladi. Universal huquqiy
vorislikda ma’lum huquq va majburiyatlarning jami o‘tadi. Masalan, bir
necha yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda, yangi tashkil bo‘lgan
yuridik shaxsga universal vorislik tartibida oldingilarning barcha huquq
va majburiyatlari o‘tadi. Universal huquqiy vorislikning predmetini
huquqni qabul qilib oluvchi (yangi huquq subyekti)ga o‘tadigan huquq va
majburiyatlar yig‘indisi tashkil qiladi.
Huquqiy vorislik o‘z ichiga muayyan huquq va majburiyatlarni
qamrab oladi. Huquqiy vorisga ma’lum huquq va majburiyatlar
majmuasini berish bilan birga ma’lum shaxsda mavjud bo‘lgan huquq va
majburiyatlar yig‘indisining o‘tishi, ya’ni universal huquqiy vorislik
muhim o‘rin egallaydi. U o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra singulyar
(qisman) huquqiy vorislik, ya’ni huquq va majburiyatlar bir qismining
huquqiy vorisligidan farq qiladi.
Universal huquqiy vorislikda shaxs huquq va majburiyatlari
yig‘indisi sifatida, unga tegishli bo‘lgan molmulk huquqiy vorisga yoki
huquqiy vorislarga to‘liq ravishda o‘tadi. Ya’ni, mol mulk bir korxonadan
ikkinchisiga o‘tganda mulk bilan birga qayta tashkil etilgan korxona
zimmasidagi huquq va majburiyatlar yuklanadi. Ayni shunday holatlar
universal huquqiy vorislik holatlariga taalluqli bo‘lib, bunda huquq
subyektivligining to‘liq vorisligi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksining 51-moddasini quyidagicha tartibda ham
sharhlash mumkin: ya’ni, yuridik shaxs qayta tashkil etilishi natijasida
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsning mulkka oid huquq va
majburiyatlarini o‘tish vaqti uning muassislari yoki qayta tashkil etish
81
to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ tomondan topshirish hujjati va
taqsimlash balansida imzolangan va tasdiqlangan sana hisoblanadi.
Topshirish hujjati bilan taqsimlash balansini ular yuridik tabiati va
mazmuniga ko‘ra korxonaning ustavi va nizomiga tenglashtirish mumkin.
SHuning uchun qayta tashkil etishda topshirish hujjati yoki taqsimlash
balansi tuzilgunga qadar inventarizatsiya dalolatnomasi, buxgalteriya
balansi, mustaqil auditorning korxona tarkibi va mol-mulki to‘g‘risidagi
xulosasini, shuningdek kreditorlar, ular qo‘yayotgan talablar xususiyati,
miqdori va muddatlari ko‘rsatilgan holda korxona tarkibiga kiritilgan
barcha qarz (majburiyat)lar ro‘yxatini tomonlar tuzgan va ko‘rib chiqqan
bo‘lishi kerak.
Lekin taqsimlash balansi va topshirish hujjatini nizosiz hujjat deb
bo‘lmaydi. Bunday holatlar yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar
sud tartibida hal etiladi.
Ko‘rib chiqilayotgan qayta tashkil etish va huquqiy vorislik
to‘g‘risidagi normalar tushunchalari vaqtga va mazmuniga chambarchas
bog‘liqlikda tahlil qilinishi lozim. Birinchidan, hech kim topshirish hujjati
va
taqsimlash
balansini
tasdiqlovchi
yuridik
shaxs
muassisi
(ishtirokchisi)ning qayta tashkil etish haqidagi qarorini o‘zgartirish yoki
bekor qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtigacha cheklab
qo‘ya olmaydi. Muassisning bu huquqi qonunga zid bo‘lmaydi va qayta
tashkil etishning huquqiy tabiatiga to‘liq to‘gri keladi; ikkinchidan, agar
topshirish hujjati va taqsimlash balansida yuridik shaxsning
majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalar bo‘lmasa,
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad
etilishi mumkin. Shunday qilib, Fuqarolik kodeksida huquqiy vorislik
ob’ektini aniqlashda qonun chiqaruvchini yondashishiga e’tiborni
qaratish kerak.
Qayta tashkil etilgan korxona huquqiy vorislari universal huquqiy
voris bo‘ladilar, bu haqda topshirish hujjati va taqsimlash balansida qayd
etilgan yoki etilmagan bo‘lsada, ular huquq va majburiyatlarni o‘z
zimmalariga oladilar. Demak, vorislik huquqining mazmunini mol-
mulkni topshirish hujjati va uni taqsimlash balansi tashkil etadi.
82
Har bir huquqiy voris mulkdor yoki tadbirkorlik yuritish, operativ
boshqarish tarzida o‘tuvchi molmulk tarkibi (mulkiy huquq va
majburiyatlar), mulkdor yoki ular tomonidan vakil etilgan organ
tomonidan belgilanib, taqsimlash balansi va topshirish hujjati orqali
aniqlashtiriladi. Xuddi shunday tartibda mulkiy huquqlarning o‘tish payti
belgilanadi. Berilayotgan molmulk tarkibiga kiruvchi alohida ob’ektlar
yuzasidan kelib chiqqan nizolar, mulkdorlar tomonidan mazkur hujjatlar
asosida hal etiladi.
Singulyar tartibda vorislarga huquqning belgilangan ma’lum qismi
o‘tishi mumkin. Singulyar vorislik yuridik shaxsni qayta tashkil qilishda
istisno sifatida qo‘llanishi mumkin.
Huquqiy munosabatlarda ishtirokchilarning almashinishi, ayniqsa
majburiyatda shaxslarning o‘zgarishi, protsessual huquqiy vorislikka yoki
boshqa protsessual oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar sudda
tadbirkorlik nizolarini hal qilishda bir tomonning o‘rniga boshqa
tomonning protsessda ishtirok etishi lozim bo‘lsa, ya’ni nizolashayotgan
tarafni aniqlab javobgarlik choralarini qo‘llashda protsessual huquqiy
vorislik muhim o‘rin tutadi.
Amaldagi qonunchilikka, xususan, O‘zbekiston Respublikasi
IPKning 46-moddasiga muvofiq, protsessual huquqiy vorislik
taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy
munosabatdan chiqib ketgan hollarda (yuridik shaxsning qayta tashkil
etilishi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish,
qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi, fuqaroning o‘limi va
majburiyatlardagi shaxslar o‘zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni
uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi.
Huquqiy vorislik iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday
bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risida sud ajrim
chiqaradi.
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
83
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin iqtisodiy sud
ishlarini yuritish almashtirish amalga oshirilgan bosqichning o‘zidan
davom ettiriladi.
Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga
oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan
shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy voris uchun ham
shu darajada majburiy bo‘ladi.
Ta’kidlash lozimki, huquqiy vorislik uchun u protsessga
kirishgunga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorislarga
o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa,
protsessdagi huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir.
Fuqarolik kodeksining 52-moddasida “yuridik shaxs qayta tashkil
etilganida kreditorlar huquqlarining kafolatlari”ga alohida e’tibor
berilgan. Chunki yuridik shaxs bo‘lingach, yoki ajralib chiqqach ular
mulkiy jihatdan zaif bo‘lgan vorisga tushib qolishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Qo‘shib olish yoki qo‘shib yuborish kreditorlar sonining
ko‘payishiga olib keladi. Bu esa kreditorlarga xavf soladi, qarzdor mulki
ko‘paymasligi, balki qarz ustiga qarz qo‘shilishi mumkin. SHu sababli
ham qonun qayta tashkil qilish to‘grisida qaror qabul qilgan shaxslar va
organlardan bu haqda barcha kreditorlarni yozma ravishda xabardor
qilishlarini talab qiladi.
O‘zgartirish natijasida tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirilishi
yuridik shaxs qatnashchilari (ishtirokchilari)ga o‘z kreditorlari oldidagi
qo‘shimcha mas’uliyatining barham berilishiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi davrda halq xo‘jaligidagi tarkibiy o‘zgarishlar jarayonida qayta
tashkil etishning o‘zgartirish shaklini amaliyotda keng qo‘llanilayotgani
fikrimizning asosli ekanligidan dalolatdir.
Alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, yuridik shaxsning tashkiliy-
huquqiy shaklini o‘zgartirishda, yuridik shaxslarni qayta tashkil etishning
bo‘linish (ajralib chiqish) va qo‘shib olish (qo‘shib yuborish) kabi
shakllarida uchragandek, yuridik shaxsning soni ortib yoki kamaymasada,
ushbu yuridik shaxs huquqiy holati (tashkiliy-huquqiy shakli) da mavjud
o‘zgartirishlar sodir bo‘ladi. Bunda mulk shakllari ham o‘zgartirilishi
mumkin.
84
Yuridik shaxs qayta tashkil etilsa, qaror qabul qilgan yuridik shaxs
muassislari (ishtirokchilari) yoki organ qayta tashkil etilayotgan yuridik
shaxsning kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari
shart ekanligi Fuqarolik kodeksining 52-moddasi 1-bandida o‘z ifodasini
topgan. Bu qoidalar qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxs
kreditorlarining manfaatlarini huquqiy kafolatlaydi. Bundan ma’lum
bo‘ladiki, yuridik shaxs mustaqil tarzda mulk tarkibi mutanosibligi va
mexanizmini aniqlashtirishi, shuningdek tegishli ma’lumotlarni
topshirish hujjati yoki taqsimlash balansida aniq aks ettirishi lozim.
Qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning xabar berishi, o‘z
o‘rnida kreditorga shu yuridik shaxsning qarzdor bo‘lishiga olib kelgan
majburiyatlarini bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni hamda
zararni to‘lashni talab qilishga imkon beradi. Lekin shunday holatlar ham
uchrab turadiki, bir yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning
zimmasidagi majburiyatlari uchun mas’ul bo‘lgan shaxs topilmasligi
mumkin. Bunda kreditor qayta tashkil etishning ma’lum bir omillar bilan
emas, tegishli talablarni aniq sabablar bilan asoslashi darkor. Shuningdek,
qayta tashkil etish natijasida belgilangan faoliyat turi bilan shug‘ullanish
huquqiga ruxsat ololmasligi munosabati bilan qarzdor tomonidan
majburiyat bajarish imkoniyati bo‘lmaslik holatlari ham bo‘lishi mumkin.
Kreditorlarning talablari xuddi shu yuridik shaxsning qayta tashkil
etilishiga nisbatan qo‘llanib, qayta tashkil etishni olib borish faktiga
asoslanadi. Shunday ekan, qayta tashkil etishni tomonlarning talabini
qondirish paytigacha amalga oshirilmasligi yoki uni rad etilishiga olib
kelishi mumkin (xususan, sud tartibi).
Yuridik shaxs kreditorlari tegishli arizasining muddati haqida
gapirar ekanmiz, aytib o‘tilgan kreditor talablari taqsimlash balansi
(topshirish hujjati) tasdiqlanishi vaqtigacha ko‘rib chiqish uchun so‘zsiz
qabul qilinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunchiligida bunday holatlar
uchun quyidagicha qoida belgilangan. Agar taqsimlash balansi qayta
tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini (huquq va
majburiyatlar olgan yuridik shaxs)ni aniqlash imkonini bermasa,
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qaytadan tashkil etilgan yuridik
85
shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyati bo‘yicha solidar javobgar
bo‘ladilar.
Haqiqatdan ham, ba’zida yuridik shaxs qayta tashkil etilganda,
ayniqsa ketma-ket ikki-uchga bo‘linishida, mazkur qarz universal
huquqiy vorislarning qaysi biriga o‘tganligini aniqlash qiyin kechadi.
Mazkur holat bo‘yicha Fuqarolik kodeksining 251-moddasida
belgilangan qoida qo‘llaniladi. Agar ulushli majburiyatda bir necha
kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonunda yoki
shartnomada boshqacha tartib ko‘zda tutilmasa, har bir kreditor
majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda bajarishni talab qilishga
haqli, har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart.
Qayta tashkil etish jarayonida vujudga kelgan yuridik shaxsning o‘z
kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgarligini
belgilovchi qoidalar Fuqarolik kodeksining 252, 253, 254, 255-
moddalarida ham o‘z aksini topgan.
Agar kreditor bu qoidalardan foydalanmasa, qayta tashkil qilingan
yuridik shaxs o‘rniga boshqa, ya’ni topshirish hujjati yoki taqsimlash
balansiga ko‘ra aniqlangan huquqiy voris yangi yuridik shaxsga o‘tib
qoladi. Shu sababli yuqoridagi hujjatlarning tegishli shaxs va organlar
tomonidan tasdiqlanganidan keyin ular yangi paydo bo‘lgan yuridik
shaxsning ta’sis hujjatlariga qo‘shib davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga
taqdim qilinadi. Bu hujjatlar taqdim etilmasa yoki hujjatlarda qayta
tashkil etilgan yuridik shaxs huquq va majburiyatlariga nisbatan huquqiy
vorislikka oid qoidalar aks etmagan bo‘lsa, yangidan vujudga kelgan
yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etiladi. Bu ham
kreditorlar manfaatini himoya qiluvchi qoidalardan biri sanaladi.
Yuridik shaxsni qayta tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan
ta’sischi yoki organ, bu haqda uning kreditorlarini yozma ravishda
xabardor etishlari kerak. Bu bildirishnomani olgan har bir kreditor, qayta
tashkil qilingan yuridik shaxs qarzdor bo‘lgan majburiyatlarini
bajarilishini talab qilishga, shuningdek, majburiyatlarni muddatidan ilgari
bajarish tufayli yuzaga kelgan zararni undirish huquqiga egadir. Ayniqsa,
yuridik shaxsni qayta tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan
86
organning majburiyatini belgilash zarur. U soliq organlariga bu haqda 10
kun ichida xabar qilishi kerak.
Agarda soliq organi, bildirishga qaramasdan qayta tashkil qilish
muddati tugaguncha va taqsimlash balansi (topshirish hujjati) tuzilguncha
qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxsning to‘lanmay qolgan qarzlarini
aniqlamas ekan, keyinchalik yangi tashkil etilgan yuridik shaxsga qayta
tashkil qilingan yuridik shaxs tomonidan yo‘l qo‘yilgan va yangi yuridik
shaxs tashkil qilingandan keyin aniqlangan soliq qonunlarini buzganligi
uchun javobgarlikka tortilmaydi. Bunday hollarda yangi yuridik shaxsdan
soliq qiymatigina undirib olinadi.
Masalan, agar yuridik shaxsning molmulki, uning qayta tashkil
etilishi natijasida boshqasiga o‘tayotgan bo‘lsa, topshirish hujjati va
taqsimlash balansida boshqa kreditorlar odidagi majburiyatlarni
bajarilishi singari soliq to‘lash majburiyati ham bayon qilinishi kerak.
Bunda soliq to‘lash majburiyatini huquqiy vorislik ob’ekti deyish
mumkin. U qonun kuchi bilan vujudga keladi va qayta tashkil etish
paytida mavjud bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida, korxona mulkdori
almashgan, korxona qayta tashkil etilgan, idoraviy bo‘ysunuvi o‘zgargan
hollarda mehnat shartnomasi amal qilishining davom etishi haqidagi
qoidalar belgilangan. Bunda “korxona mulkdori almashganda, xuddi
shuningdek korxona qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilgan,
birlashtirilgan, bo‘lib yuborilgan, qayta tuzilgan, ajratilganda) mehnat
munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi”. ( O‘zR.
MKning 98-modda 1 -qism.)
Korxona egasi almashganda, ya’ni korxona qayta tashkil etilganda
xodimning roziligi bilan bo‘lgan munosabat davom etadi. Ish beruvchi
tomonidan mehnat shartnomasining to‘xtatilishi ish o‘rinlarining
qisqarishi natijasida amalga oshirilishi mumkin.
Amaliyotda korxona mulkdori almashganda, korxona qayta tashkil
etilganda xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida har xil kelishmovchiliklar
paydo bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
1015-moddasida “hayot va sog‘liqqa etkazilgan zarar uchun belgilangan
tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tuzilgan taqdirda,
87
tegishli to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasiga
yuklanishi hamda zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabnoma ham
unga taqdim etilishi” mustahkamlangan. Amaliyotda “qayta tashkil etish”
tushunchasini faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik yurituvchi
subyektlarga nisbatan qo‘llay olmaymiz. Masalan, Fuqarolik kodeksining
67-moddasi mazmuniga muvofiq, asosiy tadbirkorlik jamiyati va shirkati
sho‘ba tadbirkorlik jamiyatining ustav fondida unga nisbatan ustunlik
mavqeiga ega bo‘ladi. Vaholanki, sho‘ba jamiyati yuridik shaxs
hisoblansada, o‘zi mustaqil qarorlar qabul qila olmasligi uchun qayta
tashkil etish taomilini qo‘llab bo‘lmaydi.
Shuningdek, korxona tarkibida bir yoki bir necha tarkibiy
bo‘linmalarning barpo etish yo‘li bilan yangi korxona tashkil etilmaydi,
chunki qayta tashkil etish jarayonining subyekti yuridik shaxs huquqiga
ega bo‘lgan korxona sanaladi.
Xususiy tadbirkor jismoniy shaxs ham qayta tashkil etilmaydi.
Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda tadbirkorlik faoliyati tugatish
yo‘li bilan to‘xtatiladi.
Korxonani qayta tashkil etishdan uning predmet va faoliyatini
o‘zgartirishni farqlash zarur. Bunda u korxona mulkdori (ta’sischisi)
tomonidan mavjud bo‘lgan yuridik shaxsi doirasida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati Ustav fondining o‘zgarishi korxonaning qayta
tashkil etilishini anglatmaydi.
Bugungi kunda yangi qonuning 5-moddasiga o‘zgartirish kiritildi
va aksionerlik jamiyatining shakllari tugatildi. 2014 yil 6 may, O’RQ-
370-son. Ushbu Qonun «Xalq so’zi» gazetasining 2014 yil 7 maydagi 88
(6018)-sonida e’lon qilingan.
Yuridik shaxslarni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘grisida fikr
yuritgan huquqshunos olimlar har qanday vaziyatda bo‘lmasin, yuridik
shaxs faoliyatini bekor qilishga olib keluvchi bu ikki tartib haqida so‘z
yuritadigan bo‘lsalar, albatta ularning har birini alohida eslab o‘tadilar.
Demak, bu ikki yuridik fakt yuridik shaxsning faoliyat yuritishiga u yoki
bu darajada ta’sir etishi tufayli bir-biri bilan bogliq jihatlarga ega.
Qayta tashkil etish institutini tadbirkorlik yuritish amaliyotida
qo‘llash yordamida: birinchidan, fuqarolik muomalasining barqarorligi
88
saqlanib qoladi; ikkinchidan barcha huquq va majburiyatlar majmuining
huquqiy vorisligi ta’minlanadi; uchinchidan, shartnomaviy va
tadbirkorlik aloqalari erkinligi ta’min etiladi; to‘rtinchidan, kreditorlar
huquqlari maksimal darajada kafolatlanadi; beshinchidan, qo‘shimcha
soliq to‘lash zarurati yo‘qoladi; oltinchidan, vaqtinchalik xarajatlar
qisqaradi; ettinchidan, ayniqsa qayta tashkil etishning o‘zgartirish
shaklini qo‘llash samarasining yuqoriligi shundaki unda ishlab chiqarish
kapitali, moddiy vositalar, asosiy va oborotdagi fondlar to‘liq saqlanib
qoladi.
Dostları ilə paylaş: |