4-§. Bankrotlik to`g`risidagi ishni sudda ko`rishga tayyorlash,
uni hal etish
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 12-apreldagi To‘lovga
qobiliyatsizlik to’grisidagi yangi qonuning 37-moddasida keltirilgan
asoslar bo‘yicha xamda ushbu qonunning 5-moddasi birinchi qismida
161
nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda sud tomonidan
qo‘zg‘atilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar
mustasno.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ishni yuritish kreditorlarning,
qarzdorning va ushbu Qonun bilan vakolat berilgan shaxslarning arizasi
asosida joriy etiladi. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish va
to‘lovga qobiliyatsizlikni tiklash tartib-taomillaridan birini qo‘llash
haqida sudga ariza bilan murojaat qilishga qarzdorning vaqtincha to‘lovga
qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish
yuritishni boshlash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish uchun
qarzdorning doimiy to‘lovga qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida
ish qo‘zg‘atish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir
ish yuritishni boshlash haqida ariza bilan sudga murojaat etishi uchun
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor
tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati
asos bo‘ladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan qarzdorga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza berish uchun
soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha qarzni undirish yuzasidan ko‘rilgan
chora-tadbirlar asos bo‘ladi.To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ishni
yuritish kreditorlarning, qarzdorning va ushbu Qonun bilan vakolat
berilgan shaxslarning arizasi asosida joriy etiladi. To‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisida ish qo‘zgatish va to‘lovga qobiliyatsizlikni tiklash tartib-
taomillaridan birini qo‘llash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishga
qarzdorning vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish yuritishni
boshlash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish uchun qarzdorning
doimiy to‘lovga qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
162
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida
ish qo‘zgatish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir
ish yuritishni boshlash haqida ariza bilan sudga murojaat etishi uchun
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor
tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati
asos bo‘ladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan qarzdorga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqida ariza berish uchun soliqlar
hamda yigimlar bo‘yicha qarzni undirish yuzasidan ko‘rilgan chora-
tadbirlar asos bo‘ladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zg‘atish esa ushbu
qonunning 46moddasida belgilangan. Unga ko‘ra, qarzdorga nisbatan
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul
qilish haqidagi masalani yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish
qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish
to‘g‘risidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan e’tiboran besh kundan
kechiktirmay hal etadi.
Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish
qo‘zg‘atish haqida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual
kodeksi
va ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda berilgan arizani o‘z
ish yurituviga qabul qiladi.
Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisida ish
qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yurituviga qabul qilar ekan, kuzatuv
tartib-taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash
to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
Sudning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi
ajrimi sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli
organlarga, qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) davlat
ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning o‘ziga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ajrimning ko‘chirma
nusxasini o‘z vakolatxonalari va filiallari joylashgan erdagi shunday
shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning zimmasiga
yuklatiladi.
163
Agar ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismida nazarda
tutilgan shart buzilgan bo‘lsa, sudya qarzdorga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizani qabul qilishni rad
etadi.
Agar qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatish haqidagi ariza ushbu Qonunning 39 — 45-moddalarida
nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, sudya arizani qaytaradi.
Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy bo‘lgan va
arizaga ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova
qilinmagan hollarda bunday ariza sud tomonidan qabul qilinadi,
yetishmayotgan hujjatlar esa to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni
sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rish muddati, to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish sud majlisida qarzdorning to‘lovga
qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga
qabul qilinganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ikki
oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. To‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rish alohida hollarda bir oydan
oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish bo‘yicha sud hujjatlari, agar
ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, darhol ijro
etilishi lozim. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish bo‘yicha sud
hujjatining ko‘chirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan
joyidagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
quyidagilardan iborat:
qarzdor; sud boshqaruvchisi; kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga
ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan
e’tiboran; vakolatli davlat organi; qarzdorning majburiyatlari bo‘yicha
ta’minot bergan shaxs.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda qarzdor yuridik shaxs
xodimlarining vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki
qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning
164
vakili, kreditorlar yigilishi (kreditorlar qo‘mitasi) vakili hamda boshqa
shaxslar ishtirok etishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda qo‘llaniladigan har qanday
tartib-taomil jarayonida sudga soxta to‘lovga qobiliyatsizlikka, to‘lovga
qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib
kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqidagi
iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Qarzdor qonun talablari asosida iqtisodiy sudga o‘z arizasi asosida
sudga yozma yoki elektron shaklda berishi va ushbu arizani tegishincha
qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor
bo‘lsa uning o‘zi, agarda qarzdor jismoniy shaxs bo‘lsa arizalar ularning
vakillari tomonidan imzolanadi.
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatish haqidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: ariza
berilgan sudning nomi; arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining
ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili
(mavjud bo‘lgan taqdirda);
pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablari summasining
qarzdor tomonidan tan olingan miqdori; qarzdorning xodimlar hayotiga
yoki sogligiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash, ularga mehnat haqini
va to‘lanishi lozim bo‘lgan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash
borasidagi qarzdorligi summasi;
mualliflik shartnomalari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan haq
summasi; soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha qarz miqdori; kreditorlarning
talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga qodir emaslikning asosi;
qarzdorga nisbatan da’vo arizalari sudlar tomonidan ish yuritishga qabul
qilinganligi to‘grisidagi, shuningdek so‘zsiz (aksteptsiz) hisobdan
chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari haqidagi ma’lumotlar;
qarzdordagi mavjud mol-mulk, shu jumladan pul mablaglari, debitorlik
qarzi to‘grisidagi ma’lumotlar; qarzdorning bank hisobvaraqlari
raqamlari, bankning pochta manzili; ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zini to‘lovga qobiliyatsiz
deb topish haqidagi arizasida qarzdorning tadbirkorlik faoliyati bilan
165
bogliq bo‘lmagan majburiyatlari to‘grisidagi ma’lumotlar ham
ko‘rsatiladi.
Kreditorlarga hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qarzdor o‘z arizasidan ko‘chirma
nusxa yuborishi shart. Agar qarzdor ariza berguniga qadar qarzdor
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining
vakili, qarzdorning xodimlari vakili saylangan (tayinlangan) bo‘lsa,
mazkur shaxslarga ham qarzdor arizasining ko‘chirma nusxasi yuboriladi.
Qarzdorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar - qarzdorning
o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi
arizasiga O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prostessual kodeksida
nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorlik mavjudligini,
shuningdek kreditorlarning talablarini qarzdor to‘la hajmda
qanoatlantirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos bo‘lgan
boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatish haqidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
qarzdor yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, yuridik shaxsning
yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘grisidagi hujjatlar, shuningdek jismoniy shaxs pasportining ko‘chirma
nusxasi;
qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro‘yxati, ularning
joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan
taqdirda), uning kreditorlik hamda debitorlik qarzi yoyilmasi ko‘rsatilgan
holda;
qarzdor yuridik shaxsning so‘nggi hisobot sanasidagi holatga
ko‘ra buxgalteriya balansi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;
qarzdor
jismoniy
shaxsning
yoki
yakka
tartibdagi
tadbirkorning mol-mulki tarkibi va qiymati to‘grisidagi hujjatlar;
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining)
yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o‘ziga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza bilan sudga
murojaat qilishi haqidagi qarori;
166
agar qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatish haqidagi ariza berilguniga qadar qarzdor xodimlarining
yigilishi o‘tkazilib, unda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni
ko‘rishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan
bo‘lsa, ushbu yigilish bayonnomasi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan
hujjatlarning asl nusxasi yoki tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova
qilinadi.
Kreditor xam ushbu qonun asosida qarzdorga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizasi sudga yozma yoki
elektron shaklda berilishi mumkin. Kreditor yuridik shaxsning arizasi
uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor jismoniy shaxs yoki yakka
tartibdagi tadbirkorning arizasi esa shu jismoniy shaxsning o‘zi yoki
uning vakili tomonidan imzolanadi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida
ish qo‘zgatish haqidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: ariza
berilayotgan sudning nomi; arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining
ismi) va uning joylashganeri (pochta manzili), elektron pochta manzili
(mavjud bo‘lgan taqdirda); qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining
ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili
(mavjud bo‘lgan taqdirda); qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib
chiqishiga sabab bo‘lgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni
bajarish muddati; kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar,
shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar
qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning
ijro xati; ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Kreditor qarzdorga o‘z arizasidan ko‘chirma nusxa yuborishi shart.
Kreditorlar talablarini birlashtirish Kreditorning qarzdorga nisbatan
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizasi turli
majburiyatlar bo‘yicha birlashtirilgan qarzdorlikka asoslangan bo‘lishi
mumkin.
Kreditorlar qarzdorga nisbatan o‘z talablarini birlashtirishga hamda
iqtisodiy sudga bitta ariza bilan murojaat etishga haqli. Bunday ariza o‘z
talablarini birlashtirgan kreditorlar tomonidan imzolanadi.
167
Kreditorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar Kreditorning
qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
haqidagi arizasiga O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prostessual
kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorning kreditor
oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek qarzi mavjudligini va uning
miqdorini
tasdiqlovchi
hujjatlar,
to‘lovga
qobiliyatsizlikning
soddalashtirilgan tartib-taomilida hamda jismoniy shaxsning to‘lovga
qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishda sud boshqaruvchisiga haq to‘lash
xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Kreditorning uning vakili tomonidan imzolangan arizasiga
vakilning
arizani
imzolashga
vakolatli
ekanligini
tasdiqlovchi
ishonchnoma ham ilova qilinadi. Kreditorning qarzdorga nisbatan
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizasiga
quyidagilar ham, agar mavjud bo‘lsa, ilova qilinadi: kreditorning
qarzdorga nisbatan talablarini ko‘rib chiqqan sudning qarori; ijro hujjati
(ijro varaqasi, qarzdor tomonidan aksteptlangan to‘lov talablari,
notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor
tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.
Vakolatli davlat organining arizasi - ustav fondida (ustav kapitalida)
davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul
majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonaga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi vakolatli davlat
organining arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda, qarzdorning
to‘lovga qobiliyatsizligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan holda
beriladi. Vakolatli davlat organining arizasi sudga ushbu Qonunning 41
va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning
arizasi - davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli
organning qarzdorga nisbatan soliqlar va yigimlar bo‘yicha to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizasi ushbu Qonunning
41 va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga javob berishi kerak.
Davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli organning
qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
haqidagi arizasiga qonunchilikka muvofiq soliqlar hamda yigimlar
168
bo‘yicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar ko‘rilganligi dalillari
ilova qilinishi kerak.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish - qarzdorga
nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizani
qabul qilish haqidagi masalani yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish
to‘grisidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan e’tiboran besh kundan
kechiktirmay hal etadi.
Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisida ish
qo‘zgatishhaqida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prostessual
kodeksi va ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda berilgan arizani o‘z
ish yurituviga qabul qiladi. Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi
to‘grisida ish qo‘zgatishhaqidagi arizani ish yurituviga qabul qilar ekan,
kuzatuv tartib-taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash
to‘grisida ajrim chiqarishi mumkin.
Sudning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi
ajrimi sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli
organlarga, qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) davlat
ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning o‘ziga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ajrimning ko‘chirma
nusxasini o‘z vakolatxonalari va filiallari joylashgan erdagi shunday
shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning zimmasiga
yuklatiladi.
Agar ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismida nazarda
tutilgan shart buzilgan bo‘lsa, sudya qarzdorga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizani qabul qilishni rad
etadi. Agar qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatish haqidagi ariza ushbu Qonunning 39 — 45-moddalarida
nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, sudya arizani qaytaradi.
Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy bo‘lgan va
arizaga ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova
qilinmagan hollarda bunday ariza sud tomonidan qabul qilinadi,
etishmayotgan hujjatlar esa to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni sud
muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
169
Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar - sud
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning
arizasi asosida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prostessual
kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini ta’minlashga doir chora-
tadbirlar ko‘rishga haqli.
O‘zbekiston
Respublikasining
Iqtisodiy
prostessual
kodeksida kreditorlarning talablarini ta’minlash bo‘yicha nazarda tutilgan
chora-tadbirlardan tashqari sud bitimlarni sud boshqaruvchisining
roziligisiz tuzishni taqiqlab qo‘yishga, qimmatli qogozlarni, valyuta
qimmatliklarini va boshqa mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga
topshirishni qarzdorning zimmasiga yuklatishga hamda qarzdorning mol-
mulki but saqlanishini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar
ko‘rishga haqli.
Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar
tegishincha sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan
birini joriy etish to‘grisida yoki sud tomonidan qarzdorni bankrot deb
topishni rad etish haqida qaror qabul qilinguniga qadar yoxud sud
tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.
Sud ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar
yuzaga kelguniga qadar kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir
chora-tadbirlarni bekor qilishga haqli. Sudning kreditorlar talablarini
ta’minlashga doir chora-tadbirlar ko‘rish haqidagi ajrimi ustidan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan
shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
haqidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri - kreditor, davlat
soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqida arizasi qabul
qilinganligi to‘grisidagi sud ajrimini olgan kundan e’tiboran besh kunlik
muddatda qarzdor, agar ushbu Qonunda boshqacha qoidalar
belgilanmagan bo‘lsa, sudga, arizachiga va to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza
yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada ko‘rsatilmagan
170
barcha kreditorlarni o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatilganligi haqida xabardor qilishga haqli.
Qarzdorning sudga yuborayotgan yozma fikriga uning ko‘chirma
nusxasi arizachiga hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda
ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi
dalillar ilova qilinishi kerak.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
haqidagi ariza yuzasidan yozma fikrda O‘zbekiston Respublikasining
Iqtisodiy prostessual kodeksida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilishi
kerak. Qarzdorning yozma fikri mavjud emasligi to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ishning ko‘rilishiga monelik qilmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni sud muhokamasiga
tayyorlash- to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni sud muhokamasiga
tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prostessual kodeksida
nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonunda belgilangan o‘ziga xos
xususiyatlar inobatga olingan holda sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
haqidagi ariza tushgan kundan e’tiboran sudya besh kundan kechiktirmay
kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi masalani hal qiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi
yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organda e’tirozlar
mavjud bo‘lsa, sudya ularning e’tirozlari asosliligini tekshiradi.
Sudyaning qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq
xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ e’tirozlari asosliligini
tekshirishi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqishning
belgilangan muddati tugashiga kamida bir oy qolganda o‘tkaziladi.
Sud qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq
xizmati organi yoki boshqa vakolatli organning e’tirozlari asosliligini
ko‘rib chiqish natijalari asosida kreditorlar talablarini kreditorlarning
talablari reestriga kiritish haqida yoki ularni reestrga kiritishni rad etish
to‘grisida ajrim chiqaradi. Ajrimda kreditorlarning, agar ularga nisbatan
e’tirozlar asossiz deb topilgan bo‘lsa, talablari miqdori va ularni
qanoatlantirish navbati ko‘rsatiladi.
171
Kreditorlarning talablari yuzasidan e’tirozlarni ko‘rib chiqish
natijalari bo‘yicha sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest
keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest
keltirilishi) uning amal qilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni sud muhokamasiga
tayyorlash paytida, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish
ko‘rilayotganda sud qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun
ekspertiza tayinlashga haqli.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rish muddati -
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish sud majlisida qarzdorning
to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza ish
yuritishga qabul qilinganligi to‘grisida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran
ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. To‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rish alohida hollarda bir oydan
oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari -
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari
bo‘yicha sud quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi: qarzdorni
bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi
qaror; qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘grisidagi qaror; sud
sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish va uning muddatini uzaytirish
to‘grisidagi ajrim; tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish va uning
muddatini uzaytirish to‘grisidagi ajrim; to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ish yuritishni tugatish haqida ajrim; to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizani ko‘rmasdan qoldirish
to‘grisidagi ajrim; kelishuv bitimini tasdiqlash to‘grisidagi ajrim.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish bo‘yicha sud hujjatlari, agar
ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, darhol ijro
etilishi lozim.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish bo‘yicha sud hujjatining
ko‘chirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan joyidagi
(yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi.
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni
boshlash to‘grisidagi qaror to‘lovga qobiliyatsizlikka oid tiklash tartib-
172
taomillaridan birini joriyetish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar mavjud
bo‘lmaganda sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarori ushbu
Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovga
qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi.
Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga
doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarorida qarzdorni bankrot deb
topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash, tugatish
boshqaruvchisini tayinlash va unga haq to‘lash haqidagi ko‘rsatma aks
ettirilishi kerak.
Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga
doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarori ustidan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etuvchi har qanday shaxslar, shu
jumladan kreditorlarning biri tomonidan, shuningdek ishda ishtirok
etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari haqida sud qaror qabul
qilgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarorida qarzdorning
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi o‘z
kuchini yo‘qotgan deb topilganligi ko‘rsatiladi.
Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari to‘grisidagi ma’lumotlarni
e’lon qilish - sud tomonidan kuzatuv, sud sanastiyasi, tashqi boshqaruv
tartib-taomillarini joriy etish, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish
yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki
vazifasidan ozod qilish to‘grisida chiqarilgan ajrimlar haqidagi, qarzdor
yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni
boshlash to‘grisida qarorlar, mazkur hujjatlarni bekor qilish yoki
o‘zgartirish haqida qarorlar qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotlar
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Ommaviy axborot
vositalarining ro‘yxati, davriyligi va mazkur ma’lumotlarni e’lon qilish
muddati, ko‘rsatiladigan xizmatlarning narxlari hamda moliyalashtirish
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
173
Sud boshqaruvchisi tegishli sud hujjati olingan sanadan e’tiboran
uch kun ichida ommaviy axborot vositasining manziliga ushbu
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan e’lonni yuboradi.
E’lon qilish uchun yuborilgan sud hujjatlari to‘grisidagi
ma’lumotlar ular olingan kundan e’tiboran uch kun ichida e’lon qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni
e’lon qilish bilan bogliq xarajatlarning o‘rnini qoplash, agar ushbu
Qonunda yoki kreditorlar yigilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining
qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning pul
mablaglari hisobidan amalga oshiriladi.
Qarzdorda pul mablaglari mavjud bo‘lmasa, bunday ma’lumotlarni
e’lon qilish haqini to‘lash to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
haqida ariza bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga
oshiriladi, bu mablaglarning o‘rni keyinchalik qarzdorning mol-mulki
hisobidan qoplanadi.
Qarzdorda e’lon qilish xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun etarli
mol-mulk mavjud bo‘lmasa, xarajatlarning o‘rnini qoplash qarzdorga
nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza
bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga oshiriladi.
Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari haqidagi ma’lumotlar
boshqa ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi
ma’lumotlarni e’lon qilish, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari
jarayoni haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon
qilinishi shart.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi
ma’lumotlarni e’lon qilish bilan bogliq xarajatlarning o‘rnini qoplash,
agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda e’lon
qilish xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun etarli mol-mulk mavjud
bo‘lmasa, xarajatlarning o‘rnini qoplash kreditorlar yigilishining yoki
kreditorlar qo‘mitasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar qarzdorning kreditorlari soni ellik nafardan ortiq bo‘lsa yoki
ularning sonini aniqlash mumkin bo‘lmasa, qarzdorga nisbatan
174
qo‘llaniladigan har bir to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili boshlanishi
haqidagi ma’lumotlar ham ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi
shart.
Kreditorlar yigilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining qarori
asosida e’lon qilinishi shart bo‘lgan ma’lumotlar boshqa ommaviy
axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqida e’lon
qilingan ma’lumotlarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: qarzdorning nomi
(familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan eri (pochta manzili),
elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda); sud hujjatini qabul
qilgan sudning nomi, shu sud hujjati qabul qilingan sana va joriy qilingan
to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining nomi, shuningdek to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishning tartib raqami; tayinlangan sud
boshqaruvchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta
manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda); to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rish bo‘yicha keyingi sud majlisining
sud tomonidan belgilangan sanasi; qarzdorning qarzini to‘lash istagini
bildirgan shaxslarning sud boshqaruvchiga murojaat qilishi mumkinligi
to‘grisidagi ma’lumot; ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa axborot.
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘grisidagi qarori
- sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘grisidagi qarori
quyidagi hollarda qabul qilinadi: to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari
aniqlanmaganda; sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish bo‘yicha
qaror qabul qilguniga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari
qanoatlantirilganda; soxta to‘lovga qobiliyatsizlik aniqlanganda.
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘grisidagi qarori
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi
mumkin.
Qarzdorda etarli hajmda likvid mol-mulk mavjudligidan dalolat
beruvchidalillar
mavjud
bo‘lgan
taqdirda
sud
qarzdorning
iltimosnomasiga ko‘ra to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rishni
keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini sud tomonidan
belgilangan muddatda qanoatlantirishni taklif etishga haqli, bu muddat
o‘ttiz kundan oshmasligi kerak.
175
Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisida ish qo‘zgatishni rad
etish haqida qaror qabul qilish oqibatlari - sud tomonidan qarzdorning
to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisida ish qo‘zgatishni rad etish haqida qaror
qabul qilinishi qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatish haqidagi ariza qabul qilinganligi va (yoki) kuzatuv tartib-
taomili joriy etilganligi oqibati bo‘lgan barcha cheklovlarning amal qilishi
tugatilishi uchun asos bo‘ladi.
Sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritishni quyidagi
hollarda tugatadi: sud sanastiyasi tartib-taomili jarayonida qarzdorning
to‘lov qobiliyati tiklanganda; tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda; kelishuv bitimi tuzilganda;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etuvchi barcha
kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda; kreditorlarning
talablari reestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday
to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili jarayonida qanoatlantirilganda.
Sud qonunga muvofiq boshqa hollarda ham to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ish yuritishni tugatishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritishni tugatish haqida
sud ajrimi chiqarilgan sanadan e’tiboran sud boshqaruvchisi davlat soliq
xizmati organini ushbu ajrim to‘grisida uch ish kuni ichida yozma shaklda
xabardor qiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish O‘zbekiston
Respublikasining Iqtisodiy prostessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar
bo‘yicha to‘xtatib turilishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritishni to‘xtatib turish
sud boshqaruvchisining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan berilgan
ariza va hikoyatlarni, shuningdek kreditorlarning talablari miqdori,
tarkibi va ularni qanoatlantirish navbatiga doir kelishmovchiliklarni sud
tomonidan ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish to‘xtatib turilgan
taqdirda sud ushbu Qonunning 51-moddasi birinchi qismida nazarda
tutilgan sud hujjatlarini qabul qilishga haqli emas.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritishni to‘xtatib turish
sudning ushbu Qonunda nazarda tutilgan ajrimlarni chiqarishi uchun,
176
shuningdek sud boshqaruvchisi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan
harakatlarni amalga oshirishi uchun monelik qilmaydi.
Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud
mulkdoriga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga va (yoki) jismoniy shaxsga
nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi)
uchun jinoyat ishi qo‘zgatilgan taqdirda, to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ishni yuritish qo‘zgatilgan jinoyat ishi yuzasidan sud qarori
qabul qilinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarini
taqsimlash - sud xarajatlari, shu jumladan to‘lov muddati kechiktirilgan
yoki bo‘libbo‘lib to‘lanadigan davlat boji bo‘yicha xarajatlar,
ma’lumotlarni ushbu Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan
tartibda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish xarajatlari, shuningdek
sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlari qarzdorning mol-mulki
hisobidan navbatdan tashqari to‘lanadi.
Kelishuv bitimida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan
xarajatlarni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Sud
qarzdorning
to‘lovga
qobiliyatsizligi
alomatlari
aniqlanmaganligi munosabati bilan uni bankrot deb topishni rad etish
haqida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida
nazarda tutilgan xarajatlar sudga qarzdorga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqida ariza bilan murojaat etgan
kreditorlarga tegishli bo‘ladi va kreditorlar o‘rtasida ularning talablariga
mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarini
taqsimlash tartibi sudning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rib
chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorida yoki ajrimida
belgilanadi.
Arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish - kuzatuv, sud sanastiyasi,
tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari
jarayonida sud boshqaruvchisi bergan arizalar, shu jumladan o‘zi bilan
kreditorlar o‘rtasida, o‘zi bilan qarzdor o‘rtasida kelib chiqqan
kelishmovchiliklar to‘grisida ushbu Qonunga muvofiq berilgan arizalar,
177
shuningdek kreditorlarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlari
buzilganligi xususidagi shikoyatlari olingan kundan e’tiboran o‘n besh
kunlik muddatdan kechiktirmay sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sud
boshqaruvchisining arizasiga, kreditorning shikoyatiga mazkur arizani
yoki shikoyatni ko‘rib chiqishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga
ularning ko‘chirma nusxalari yuborilganligiga oid dalillar ilova qilinishi
kerak. Mazkur arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan
sud ajrim chiqaradi. Bu ajrim ustidan qonunda belgilangan tartibda va
muddatlarda shikoyat berilishi mumkin.
Quyidagi xolatlar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda va
muddatlarda shikoyat qilinishi mumkin: mehnat shartnomasi asosida
ishlovchi shaxslarga mehnat haqi to‘lash va ishdan bo‘shatish nafaqasi
to‘lash bo‘yicha talablarning miqdori hamda tarkibi xususida sud
boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili o‘rtasida kelib chiqadigan
kelishmovchiliklar;
kreditorlarning,
qarzdor
muassislarining
(ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakillari
tomonidan ularning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud
boshqaruvchisining
harakatlari
(harakatsizligi)
ustidan
berilgan
shikoyatlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda ko‘rib
chiqiladi.
Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish huquqiga ega bo‘lmagan
shaxslar tomonidan berilgan, shuningdek ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda yoki tegishli
ariza yoxud shikoyatni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan holda
berilgan ariza va shikoyatlar qaytarilishi kerak.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishdagi kelishmovchiliklarni
ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimlarni qayta ko‘rish
bo‘yicha ish yuritish to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi
ishda
arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni ko‘rib
chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimi O‘zbekiston
Respublikasining Iqtisodiy prostessual kodeksida belgilangan tartibda,
ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan
holda qayta ko‘rilishi lozim.
178
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishdagi kelishmovchiliklarni
ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimi chiqarilgan
paytdan e’tiboran o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishdagi kelishmovchiliklarni
ko‘rib chiqishda ishtirok etgan shaxslar apellyastiya shikoyati berish
huquqiga ega. Sudning ushbu moddaning birinchi
qismida
ko‘rsatilgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari to‘grisidagi
ajrimiga apellyastiya shikoyati sud tomonidan ajrim chiqarilgan paytdan
e’tiboran o‘n kun ichida beriladi va u sudga kelib tushgan paytdan
e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan qarzdorning
to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishlar bo‘yicha ish yuritishning
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, agar qarzdorning ustav fondida
(ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lsa, sud to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisida ish qo‘zgatilganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor
qiladi. Vakolatli davlat organi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki
haftalik muddat ichida sudga sudgacha sanastiya qilish o‘tkazilishi
maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘grisidagi o‘z
munosabatini ma’lum qiladi. Kreditorlar sudgacha sanastiya qilish
o‘tkazilishiga rozi bo‘lgan taqdirda, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi
ish bo‘yicha ish yuritish tugatiladi. Kreditorlar sudgacha sanastiya qilish
o‘tkazilishiga rozi bo‘lmagan taqdirda to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ish muhokamasi ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |