Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi O‘RQ683-sonli 
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 
y., 03/21/683/0375-son).  
O‘zbekiston 
Respublikasi iqtisodiy sudlarining vazifalari 
quyidagilardan iborat:
 
iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar 
(bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) va fuqarolarning 
buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
 
iqtisodiyot
sohasida qonuniylikni mustahkamlash va 
huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish;
 
qonunga va sudga nisbatan hurmatda bo‘lish munosabatini 
shakllantirish.
Qonunga binoan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi va 
murojaatning shakllari belgilangan (IPKning 3-m). Unda, har qanday 
manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini 
yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun 
iqtisodiy sudga (sudga) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat 
qilishga haqli.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudga boshqa shaxslar ham 
murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish 
haqiqiy emas.
Iqtisodiy prostessual kodeks talablariga binoan sudga murojaat 
qilishning qo‘yidagi shakllari mavjud:
fuqarolik huquqiy munosabatlaridan yuzaga keladigan nizolar 
bo‘yicha —da’vo arizasi shaklida; 
buyruq tartibida ish yuritish, alohida toifadagi ishlar bo‘yicha 
hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza 


106 
shaklida; apellyastiya va kassastiya instanstiyasi sudlariga murojaat 
etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda 
tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi. Murojaat 
va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida 
yuborilishi mumkin.
Iqtisodiy sudlarda iqtisodiy faoliyat asosida vujudga keladigan 
munosabatlarni hal qilishda iqtisodiy sud sudyalari qo‘yidagi 
prinstiplarga amal qiladi:
Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, iqtisodiy 
ishlar bo‘yicha odil sudlov ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar 
bo‘yicha faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, qonun va sud oldida 
tenglik tamoyili asosida sudda nizolarni hal qilish yuridik shaxslarning 
mulkchilik shaklidan, qaerda joylashganligidan, kimga bo‘ysunishidan 
qat’i nazar, fuqarolarning esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib 
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan, shuningdek boshqa 
holatlardan qat’i nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga 
oshirilishi, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga 
bo‘ysunishi tamoyiliga ko‘ra, odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar 
mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunishi, sudyalarning odil sudlovni 
amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l 
qo‘yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab 
bo‘lishligi, sudyalar mustaqilligining kafolatlari qonun bilan belgilanishi, 
taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyili asosida iqtisodiy sud 
ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida 
amalga oshirilishi, iqtisodiy sudlarda sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq 
tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda 
yuritilishi, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud prostessi 
ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud 
harakatlarida ishtirok etish hamda sudda o‘z ona tilida yoki erkin 
tanlangan muloqot tilida so‘zlash huquqiining ta’minlanishi, sud 
muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi 
tilda o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha tilda tuzilishi, sud muhokamasining 
oshkoraligi tamoyiliga asosan iqtisodiy sudlarda ishlar muhokamasi 
oshkora o‘tkazilishini, davlat sirini, tijorat sirini yoki qonun bilan 


107 
qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo‘lgan taqdirda ishni yopiq 
sud majlisida eshitishga yo‘l qo‘yiladi xamda ishni yopiq sud majlisida 
videokonferenstaloqa rejimida eshitishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday 
majlisning audio- va videoyozuvlari amalga oshirilmasligi, eshitish yopiq 
sud majlisida o‘tkazilgan taqdirda ishni elektron shaklda shakllantirishga 
yo‘l qo‘yilmasligini va ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish 
to‘grisida ajrim chiqariladi va sudning hal qiluv qarori barcha hollarda 
oshkora o‘qib eshittiriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari sudning rasmiy veb-saytida 
taraflarning roziligi bilan yoki shaxsi ko‘rsatilmagan tarzda e’lon qilinadi, 
bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.
Sud muhokamasining bevositaligi tamoyili asosida sud ishni 
muhokama qilishda ish bo‘yicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi 
shart.
Iqtisodiy sudlarda ishlarni faqat amaldagi qonunchilik asosida hal 
qilish deganda, sud ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va 
qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qilish tushuniladi.
Sud ishni ko‘rishda davlat organining yoki boshqa organning hujjati 
qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan ushbu hujjat vakolat 
doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga 
muvofiq qaror qabul qiladi.
Iqtisodiy sud sudyalari agarda nizoli munosabatni tartibga soluvchi 
huquq normalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud shunga o‘xshash 
munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo‘llaydi, bunday 
normalar ham mavjud bo‘lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy 
asoslari va mazmuniga tayanib hal qiladi.
Tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni 
muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar 
o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishda qonunchilikda, 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq holda yuzaga 
keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar 
tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.


108 
Iqtisodiy sudlarda ish yuritishda sudyalar, O‘zbekiston 
Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq chet 
davlatlarning huquq normalarini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Chet davlat huquqi normalarini qo‘llashda sud ushbu normalarning 
mazmunini ularning tegishli chet davlatda sharhlanishiga va amalda 
qo‘llanilishiga muvofiq holda aniqlaydi. Chet davlat huquqi normalari 
mazmunini aniqlash maqsadida sud ko‘maklashishni va tushuntirib 
berishni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasining hamda chet davlatlarning 
vakolatli organlariga yoki tashkilotlariga belgilangan tartibda murojaat 
qilishi yoxud ekspertlarni jalb etishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar talablariga yoki e’tirozlariga asos 
qilib keltirayotgan chet davlat huquqi normalari mazmunini tasdiqlovchi 
hujjatlarni taqdim etishi va ushbu normalarning mazmunini aniqlashda 
iqtisodiy sudga boshqacha tarzda ko‘maklashishi mumkin. Agar ko‘rilgan 
choralarga qaramay, chet davlat huquqi normalarining mazmuni 
aniqlanmasa, iqtisodiy sud O‘zbekiston Respublikasining tegishli huquq 
normalarini qo‘llaydi.
Sud hujjatlarining majburiyligi tamoyili. Ushbu tamoyil asosida, 
qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa organlar, jamoat 
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar 
va fuqarolar uchun majburiydir hamda ushbu hujjatlar O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim. Sud hujjatlarini 
bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan 
javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin