Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat 
etish to‘grisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning yigilishiga murojaat 
qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan 
hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish 
maqsadida kreditorlarning yigilishi o‘tkaziladigan sanaga kamida ikki 
hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishi shart.
Qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-
mulki egasining sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi 
iltimosnomasiga sud sanastiyasining rejasi, qarzni to‘lash jadvali, 
qarzdorning 
muassislari 
(ishtirokchilari) 
umumiy 
yigilishining 
bayonnomasi ilova qilinishi kerak. Mazkur umumiy yigilishning 
bayonnomasida sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish uchun ovoz 
bergan muassislar (ishtirokchilar) ro‘yxati hamda bu shaxslar tomonidan 
qarzni to‘lash jadvalining bajarilishini ta’minlashga oid hujjatlar 
ko‘rsatilishi kerak.
Uchinchi shaxsning (shaxslarning) sud sanastiyasi tartib-taomilini 
joriy etish to‘grisidagi iltimosnomasiga qarzni to‘lash jadvali va 
qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarishi uchinchi shaxs (shaxslar) 
tomonidan ta’minlanishiga oid hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat 
qilish to‘grisida kreditorlarning yigilishiga ushbu moddaning birinchi 
qismida nazarda tutilgan shaxslar iltimosnoma bilan murojaat etgan 
taqdirda qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarishi bu shaxslarning har 
biri tomonidan ta’minlanishi ular o‘rtasidagi bitimga binoan belgilanadi.
Qarzdor tomonidan majburiyatlarni qarzni to‘lash jadvaliga 
muvofiq bajarishni ta’minlash - qarzdor tomonidan majburiyatlarni qarzni 
to‘lash jadvaliga muvofiq bajarish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda 
ta’minlanishi mumkin.


124 
Qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarish bo‘yicha 
majburiyatlari sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sud ajrim 
chiqargan paytdan e’tiboran ta’minlangan deb hisoblanadi.
Majburiyatlarni bajarish ta’minoti berilganligi to‘grisidagi bitim, 
agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, yozma shaklda 
tuziladi. Kreditorlar tarafidan mazkur bitimni kreditorlar yigilishining 
yoki kreditorlar qo‘mitasining vakili, sudning tashabbusi bilan sud 
sanastiyasi tartib-taomili joriy etilgan taqdirda esa sanastiya qiluvchi 
boshqaruvchi, boshqa tarafdan — qarzdorning majburiyatlarni qarzni 
to‘lash jadvaliga muvofiq bajarishi ta’minotini bergan shaxslar (bundan 
buyon matnda majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar deb 
yuritiladi) imzolaydi.
Majburiyatlarni bajarishning berilgan ta’minoti miqdori qarzdor 
majburiyatlarining sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi 
masala yuzasidan kreditorlarning yigilishi o‘tkazilishi oldidan oxirgi 
hisobot sanasidagi holatga ko‘ra balansda aks ettirilgan va kreditorlarning 
talablari reestriga kiritilgan talablar asosida tuzilgan qarzni to‘lash 
jadvalidagi miqdoridan kamida yigirma foiz ortiq bo‘lishi kerak.
Qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida 
tegishli bo‘lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning 
qarzni to‘lash jadvalini bajarish ta’minotining predmeti bo‘lishi mumkin 
emas.
Qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritilganligi, shuningdek 
qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikning yangi tartib-taomili joriy 
etilganligi majburiyatlarni bajarishning berilgan ta’minotini tugatish 
uchun asos bo‘lmaydi.
Sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish tartibi - sud sanastiyasi 
tartib-taomili sud tomonidan kreditorlar yigilishining qarori asosida joriy 
etiladi, bundan ushbu Qonun 92-moddasining uchinchi qismida nazarda 
tutilgan hollar mustasno.
Sudning sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘grisidagi 
ajrimida sud sanastiyasi tartib-taomilining muddati ko‘rsatilishi, unda sud 
tomonidan tasdiqlangan qarzni to‘lash jadvali, majburiyatlarni bajarish 
ta’minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta’minotning miqdori va 


125 
shakllari to‘grisidagi sanastiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash hamda 
unga to‘lanadigan haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Sudning sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘grisidagi 
ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur 
ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatib 
qo‘ymaydi.
Sud sanastiyasi tartib-taomili ko‘pi bilan yigirma to‘rt oy muddatga 
joriy etiladi. Sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish oqibatlari - sud 
sanastiyasi tartib-taomili o‘tkazilayotganda qarzdorning boshqaruv 
organlari o‘z vakolatlarini ushbu bobda belgilangan cheklovlar bilan 
amalga oshiradi.
Sud sanastiyasi tartib-taomili joriy etilgan paytda:
 
kreditorlarning talablarini ta’minlash bo‘yicha ilgari qabul 
qilingan choralar bekor qilinadi;
 
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning 
o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini 
boshqacha tarzda cheklovlar faqat to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili 
doirasida joriy etiladi; 
 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish jarayonida yuzaga 
keladigan barcha turdagi joriy soliq to‘lovlarini (bundan ish haqi va unga 
tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha soliqlar mustasno) to‘lash to‘xtatib 
turiladi va sud sanastiyasi tartib-taomili jarayonining muddati 
yakunlangach to‘lanadi.
Bunday holda sud sanastiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini 
tasdiqlagan va qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi 
ishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan e’tiboran mazkur soliq 
qarzlari olti oy ichida teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi; sud 
sanastiyasi tartib-taomili paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va 
(yoki) soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganlik 
yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) va 
boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sankstiyalar, shuningdek to‘lanishi lozim 
bo‘ladigan foizlar qo‘llanilmaydi.
Qarzni to‘lash jadvaliga muvofiq qanoatlantirilishi lozim bo‘lgan 
pul majburiyatlari yoki soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha kreditorning 


126 
talablari summasiga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. 
Bu foizlar sud sanastiyasini joriy etish haqida sud ajrim chiqargan paytdan 
e’tiboran va kreditorning talabini qanoatlantirish paytigacha, agar bunday 
qanoatlantirish ro‘y bermasa, — unda qarzdorni bankrot deb topish va 
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qilish 
paytigacha kreditorning talablari summasiga qo‘shib yozilishi lozim.
Kreditorlar yigilishining, majburiyatlarni bajarish ta’minotini 
bergan shaxslarning yoki sanastiya qiluvchi boshqaruvchining 
qarzdorning rahbari sud sanastiyasi rejasini bajarmaganligi yoxud lozim 
darajada bajarmaganligi haqidagi yoki qarzdorning rahbari qarzdorning, 
kreditorlarning, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlar (harakatsizlik) 
sodir etganligi to‘grisidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan 
iltimosnomasiga binoan sud qarzdorning rahbarini o‘z vazifasini 
bajarishdan chetlashtirishga haqlidir. Bunday hollarda sud qarzdorning 
rahbari vazifasini bajarishni sanastiya qiluvchi boshqaruvchining 
zimmasiga yuklatishga haqli. Sud qarzdorning rahbarini o‘z vazifasini 
bajarishdan chetlashtirish haqida ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan 
shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-
mulkining egasi kreditorlar yigilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining 
roziligisiz qarzdorni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, 
bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) va tugatish to‘grisida qaror qabul 
qilishga, qarzdor esa quyidagi bitimlarni tuzishga haqli emas: ko‘chmas 
mol-mulkni ijaraga, garovga berish, mazkur mol-mulkni xo‘jalik 
jamiyatlari hamda mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli 
jamiyatlarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida qo‘shish 
yoki bunday mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish bilan bogliq 
bitimlar; yirik bitimlar; zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafillik 
berish, talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish, qarzni 
boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli 
boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogliq bitimlar; sanastiya qiluvchi 


127 
boshqaruvchi yoki kreditorlar muayyan bitimlarning tuzilishidan 
qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor bo‘ladigan bitimlar.
Sudning sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi 
qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish qo‘zgatilguniga qadar 
tuzgan shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish 
uchun asos bo‘la olmaydi. Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ish qo‘zgatilguniga qadar tuzilgan, qarzdorning faoliyatini 
davom ettirish uchun muhim hisoblangan shartnomalarning bajarilishi 
qarzdor yoki sanastiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan davom ettiriladi.
Bunday holda qarzdor tomonidan tuzilgan shartnomalarning 
bajarilishini qarzdorga nisbatan sud sanastiyasi tartib-taomili joriy 
etilganligi munosabati bilan to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish 
bo‘yicha taraflarning kelishuvlari haqiqiy emas deb hisoblanadi, bundan 
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar qarzdorning 
bitimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topishni 
talab qilish huquqiga ega. Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilganidan keyin
yoki 
qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish 
haqida ariza berilishidan oldingi yigirma to‘rt oy ichida tuzilgan hamda 
butunlay yoki qisman bajarilmagan shartnomalarni bekor qilishni 
quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda talab qilish huquqiga 
ega: shartnomalarni bajarish qarzdorga zarar etkazsa va (yoki) qiyosiy 
holatlarda tuziladigan xuddi shunday shartnomalarga nisbatan 
qarzdorning, kreditorlarning, qarzdor majburiyatlarining bajarilishini 
ta’minlovchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa; 
shartnoma bir yildan ortiq muddatga tuzilgan yoxud qarzdor uchun faqat 
uzoq istiqbolda ijobiy natijalar olishga mo‘ljallangan bo‘lsa; shartnoma 
bir kreditorning talablarini boshqa kreditorlar talablariga nisbatan 
afzalroq qanoatlantirishga olib kelsa.
To‘liq yoki qisman bajarilmagan shartnomalar bo‘yicha 
shartnomalarni bekor qilish haqidagi talab qarzdorning to‘lov qobiliyatini 
tiklashga monelik qiladigan boshqa holatlarda ham bildirilishi mumkin.


128 
Sanastiya 
qiluvchi 
boshqaruvchi 

sanastiya 
qiluvchi 
boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yigilishi yoki majburiyatlarni 
bajarish ta’minotini bergan shaxslar tomonidan sudga taqdim etiladi. 
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanastiyasi tartib-taomili joriy 
etilgan paytdan e’tiboran va sud sanastiyasi tartib-taomili tugaguniga yoki 
muddatidan ilgari tugatilguniga qadar faoliyat yuritadi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi o‘z arizasiga ko‘ra yoki kreditorlar 
yigilishining yoxud majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan 
shaxslarning iltimosnomasiga binoan, shuningdek ushbu Qonunda 
nazarda tutilgan boshqa hollarda sud tomonidan ozod qilinishi mumkin. 
Sudning sanastiya qiluvchi boshqaruvchini o‘z vazifasidan ayni bir 
paytda yangi sanastiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlagan holda ozod 
qilish to‘grisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) 
mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) 
uning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Sud sanastiyasi tartib-taomili paytida qarzdorning to‘lov qobiliyati 
tiklanishi munosabati bilan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish 
yuritishning tugatilishi sanastiya qiluvchi boshqaruvchining huquq va 
majburiyatlari tugashiga sabab bo‘ladi. Agar tashqi boshqaruv tartib-
taomilini joriy etish haqida sud tomonidan ajrim chiqarilgan yoki 
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash 
to‘grisida qaror qabul qilingan bo‘lsa, shuningdek boshqa shaxs tashqi 
boshqaruvchi yoki tugatuvchi boshqaruvchi etib tayinlangan bo‘lsa, 
sanastiya qiluvchi boshqaruvchi ishlar tashqi boshqaruvchiga yoki 
tugatuvchi boshqaruvchiga o‘tkaziladigan paytga qadar o‘z vazifalarini 
bajarishni davom ettirib turadi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari - sanastiya qiluvchi 
boshqaruvchi quyidagilarga haqli: qarzdorning rahbaridan qarzdorning 
joriy faoliyati, sud sanastiyasi rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning 
amalga oshirilishi hamda qarzni to‘lash jadvalining bajarilishi jarayoni 
haqida axborot talab qilishga; qarzdorning rahbaridan kreditorlarning 
talablarini qanoatlantirish uchun pul mablaglari o‘z vaqtida va to‘liq 
o‘tkazilishini talab qilishga; qarzdor mol-mulk inventarizastiyasini 
o‘tkazgan taqdirda unda ishtirok etishga; kreditorlarning joriy talablari 


129 
qarzdor tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirishga; ushbu Qonun 96-moddasining beshinchi qismida nazarda 
tutilgan hollarda qarzdorning bitimlari va qarorlarini kelishib olishga 
hamda mazkur bitimlar va qarorlar haqida kreditorlarga axborot taqdim 
etishga; ushbu Qonunning 63, 64 va 65-moddalarida belgilangan tartibda 
qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish to‘grisida sudga ariza 
berishga; qarzdorning kreditorlar talablarini tan olishga yoki bunday 
talablarni aniqlangan deb topish uchun asoslarni tasdiqlashga doir 
harakatlari yoxud qarzdorning kreditorlar talablarini ko‘rib chiqish 
borasidagi harakatsizligi ustidan ushbu Qonunning 60 va 87-moddalarida 
belgilangan hollarda hamda tartibda sudga shikoyat berishga; ushbu 
Qonun 96-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda 
qarzdorning rahbarini o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtirish haqidagi 
iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga; qarzdor rahbaridan, 
ta’sischilaridan (ishtirokchilaridan) va (yoki) davlat organlaridan 
qarzdorga taalluqli bo‘lgan axborotni va hujjatlarni so‘rab olishga; o‘z 
vakolatlarini amalga oshirishni ta’minlash uchun davlat xizmatlaridan, 
shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 
Davlat xizmatlari agentligi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan oldindan 
to‘lovlarni amalga oshirmasdan foydalanishga; qarzdorning mol-mulki 
but saqlanishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish 
to‘grisidagi, shu jumladan mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga 
o‘tkazish, shuningdek bunday choralarni bekor qilish haqidagi 
iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga shuningdek, sanastiya qiluvchi 
boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega 
bo‘lishi mumkin.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchining majburiyatlari - sanastiya 
qiluvchi boshqaruvchi: kreditorlarning talablari reestrini yuritishi; ushbu 
Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hollarda kreditorlarning 
yigilishini chaqirishi; qarzdor tomonidan taqdim etilayotgan sud 
sanastiyasi rejasi va qarzni to‘lash jadvali bajarilishi jarayoni to‘grisidagi 
hisobotlarni ko‘rib chiqishi hamda kreditorlarning yigilishiga tegishli 
xulosalarni taqdim etishi; kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning 
moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati haqidagi axborotni o‘n kunlik 


130 
muddatda taqdim etishi; sud sanastiyasi rejasi amalga oshirilishining 
borishi to‘grisida kreditorlaryigilishiga va (yoki) kreditorlar qo‘mitasiga, 
shuningdek, agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat 
ulushi bo‘lsa, vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart shu 
bilan 
birga 
sanastiya 
qiluvchi 
boshqaruvchining 
zimmasida 
qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Sud sanastiyasi rejasi va qarzni to‘lash jadvali - sud sanastiyasi 
rejasi qarzdorning rahbari, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki 
qarzdor molmulkining egasi tomonidan tayyorlanadi. Sud sanastiyasi 
rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak: qarzdorning to‘lov 
qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga 
oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda 
qarzdorning boshqa xarajatlari; qarzni to‘lash jadvali; sud sanastiyasi 
rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorning yoki ushbu rejani 
tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditorning 
qarzdor tugatilgan taqdirda olishi mumkin bo‘lgan kafolatli tovonning 
miqdori va to‘lash muddati va qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash 
davri.
Sud sanastiyasi rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash 
yuzasidan ushbu Qonunning 125-moddasida nazarda tutilgan chora-
tadbirlar bo‘lishi mumkin. Bularga birinchidan, sud sanastiyasi rejasini 
amalga oshirish muddati sudning sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy 
etish to‘grisidagi ajrimida nazarda tutilgan muddatdan oshishi mumkin 
emasligi, ikkinchidan, sud sanastiyasi rejasida qarzni to‘lash jadvaliga 
muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan 
mablaglarni sud sanastiyasi jarayonida qarzdor tomonidan olish usullari 
nazarda tutilishi kerak va sud sanastiyasi rejasi kreditorlarning yigilishi 
tomonidan tasdiqlanishi kerak xamda uchinchidan, sud sanastiyasi 
rejasini tasdiqlash haqidagi masala ko‘rib chiqilayotganda ovoz berishda 
birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etishlari kerak.
Kreditorlar yigilishining sud sanastiyasi rejasini tasdiqlash 
to‘grisidagi qarori, agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi 
kreditorlarning ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb 
hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va sud sanastiyasi 


131 
rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani 
tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditor, qarzdor 
tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli to‘lovga 
teng tovon olish huquqiga ega.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar sud 
sanastiyasi rejasini tasdiqlash haqida qaror qabul qilmasa, shuningdek 
ovoz berish chogida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur 
miqdordagi ovozi to‘planmasa, qarzdorni bankrot deb topish va 
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi iltimosnoma bilan 
sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Sud sanastiyasi rejasida qarzdorning ustav fondini (ustav kapitalini) 
kamaytirish, ushbu Qonunning 130-moddasiga muvofiq qarzdorning 
qo‘shimcha emissiyaviy akstiyalarini chiqarish va joylashtirish, ustav 
fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shimcha ulush
kiritish 
hamda 
kreditorlarning talablarini akstiyalarga ayirboshlash nazarda tutilishi 
mumkin.
Sud sanastiyasi rejasida qarzdorning korxonasi (biznesi) yoki 
qarzdor mol-mulkining bir qismi ushbu Qonunning 126 va 127-
moddalarida nazarda tutilgan tartibda sotilishi nazarda tutilishi mumkin. 
Sud sanastiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorlar o‘z 
huquqlarini himoya qilish maqsadida ekspertlarni: sud sanastiyasi rejasini 
tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani tasdiqlash 
uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditor, qarzdor tugatilgan 
taqdirda, eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli to‘lovga teng tovon 
olish huquqiga ega bo‘lishini; sud sanastiyasi rejasining muvaffaqiyatli 
bajarilish imkoniyati mavjudligini; kreditorlarning boshqa kreditorlarga 
nisbatan qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan ustunlik huquqini 
tekshirish uchun jalb etishi mumkin.
Agar qarzdor sud sanastiyasi rejasi uchun mol-mulki to‘grisida 
noto‘gri yoki chalgituvchi ma’lumotlarni taqdim etgan yoxud o‘z 
faoliyatiga va (yoki) ishga taalluqli bo‘lgan axborotni yashirgan bo‘lsa, 
kreditorlar yigilishi sud sanastiyasi rejasini bekor qilish va sud sanastiyasi 
tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda sudga tashqi boshqaruv 
tartib-taomilini joriy etish yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga 


132 
doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma kiritish to‘grisida qaror 
qabul qilishi mumkin.
Sud kreditorlar yigilishining iltimosnomasi asosida sud sanastiyasi 
tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda tegishincha tashqi 
boshqaruvni joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni bankrot deb 
topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul 
qiladi. Qarzdorning boshqaruv organi va sanastiya qiluvchi boshqaruvchi 
sud sanastiyasining tasdiqlangan rejasi amalga oshirilishi uchun 
mas’uldir.
Kreditorlar yigilishi va (yoki) kreditorlar qo‘mitasi sanastiya 
rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Kreditor 
sanastiya qiluvchi boshqaruvchidan sud sanastiyasi rejasining bajarilishi 
bilan bogliq bo‘lgan har qanday ma’lumotni so‘rab olishga haqlidir. Sud 
sanastiyasi rejasida qarzdorni qarzlardan to‘liq yoki qisman ozod qilish 
yoxud ularni o‘zgartirish nazarda tutilishi mumkin. Qarzdorni qarzlardan 
to‘liq yoki qisman ozod qilish yoxud ularni o‘zgartirish barcha 
kreditorlarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Agar biror-bir kreditor qarzdorning qarzlardan to‘liq yoki qisman 
ozod etilishiga yoki ularning o‘zgartirilishiga qarshi bo‘lsa, qolgan 
kreditorlar unga talabni kreditorlarning talablari reestriga muvofiq sotib 
olish bo‘yicha taklif berishga haqli.
Qarzdorning qarzlardan to‘liq yoki qisman ozod qilinishiga yoki 
ularning o‘zgartirilishiga qarshi bo‘lgan kreditor qolgan kreditorlar 
tomonidan taklif etilgan shartlarni qabul qilishi shart. Qarzni to‘lash 
jadvali, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
barcha kreditorlar oldidagi qarzning to‘lanishini nazarda tutishi kerak. 
Qarzni to‘lash jadvali sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Qarzdorning sud sanastiyasi tartib-taomili jarayonida yuzaga kelgan 
joriy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu 
Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi.
Qarzdor qarzni to‘lash jadvalini muddatidan ilgari bajarishga 
haqlidir. Sud sanastiyasi rejasiga va qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar 
kiritish qarzdor sud sanastiyasi rejasini va (yoki) qarzni to‘lash jadvalini 


133 
bajarmagan taqdirda (qarz belgilangan muddatlarda va (yoki) belgilangan 
hajmlarda to‘lanmaganda), u qarzni to‘lash jadvaliga kiritish 
mo‘ljallanayotgan o‘zgartishlarni ma’qullash to‘grisidagi iltimosnoma 
bilan kreditorlarga talablarni bajarish sanasi boshlangan vaqtdan e’tiboran 
ikki hafta muddat ichida murojaat qilishga haqli. Iltimosnomaning 
ko‘chirma nusxasi sanastiya qiluvchi boshqaruvchiga yuboriladi. 
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi iltimosnoma olingan paytdan e’tiboran 
ikki haftadan kechiktirmay ushbu iltimosnoma asosida kreditorlarning 
yigilishini chaqiradi.
Agar kreditorlar sud sanastiyasi rejasini va qarzni to‘lash jadvalini 
to‘liq yoki qisman bajarishning imkoni mavjud emasligini aniqlasa yoxud 
ularni faqat o‘zgartishlar kiritish orqali amalga oshirish imkoni mavjud 
deb hisoblasa, sud sanastiyasi rejasiga va qarzni to‘lash jadvaliga sud 
o‘zgartish kiritishi mumkin.
Kreditorlar yigilishining sud sanastiyasi rejasiga va (yoki) qarzni 
to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarori ushbu Qonunning 
100-moddasida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Agar qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritish to‘grisida qaror 
qabul qilinsa, kreditorlarning yigilishi qarzni to‘lash jadvalidagi 
o‘zgartishlarni tasdiqlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat 
qilish to‘grisida qaror qabul qiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilganligi haqida o‘z 
vaqtida xabardor qilinmagan va qarzni to‘lash jadvali sud tomonidan 
tasdiqlanganidan keyin ishga qo‘shilgan kreditorning talablari yoki ushbu 
kreditorning qaysi talablari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati 
kuzatuv tartib-taomili jarayonida boshlangan bo‘lsa, o‘sha talablari 
sudning ajrimiga ko‘ra qarzni uzish jadvaliga kiritiladi.
Sud faqat kreditorlarning talablari reestriga kiritilgan talablarga 
nisbatan qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritish to‘grisida ajrim 
chiqarishga haqli.
Sud sanastiyasi tartib-taomilining muddatidan ilgari tamomlanishi 
Kreditorlarning qarzni to‘lash jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari 
sud sanastiyasi tartib-taomilining sud tomonidan belgilangan muddati 
o‘tishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, 


134 
qarzdorning rahbari sud sanastiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari 
tamomlanganligi haqida sudga ushbu Qonunning 104-moddasida nazarda 
tutilgan tartibda hisobot taqdim etadi. Qarzdor rahbarining sud sanastiyasi 
tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi to‘grisidagi hisoboti, 
sanastiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbarining hisobotiga doir 
xulosasi va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko‘rib 
chiqiladi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchining talablari qarzni to‘lash 
jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud 
sanastiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi 
hisobotini ko‘rib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi to‘grisida 
xabardor qilishi shart.
Qarzdor rahbarining sud sanastiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari 
tamomlanganligi to‘grisidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning 
shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlari asosida sud:

agar to‘lanmagan qarz mavjud emasligi aniqlansa, 
kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, qarzdor rahbarining 
hisobotini tasdiqlaydi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni 
yuritishni to‘xtatadi;

agar to‘lanmagan qarz mavjudligi aniqlansa va kreditorlarning 
shikoyatlari asosli deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni 
rad etadi.
Qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlash va to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ishni yuritishni tugatish haqida yoki mazkur hisobotni 
tasdiqlashni rad etish to‘grisida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan 
shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud sanastiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish Sud 
sanastiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish uchun quyidagilar 
asos bo‘ladi: kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni to‘lash 
jadvalida belgilangan muddatlari sud sanastiyasi tartib-taomili jarayonida 
qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir 
oydan ortiq muddatga) buzilganligi; qarzdor qarzni to‘lash jadvalini 
bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi.


135 
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanastiyasi
tartib-
taomilini muddatidan ilgari tugatish to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga 
murojaat qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun kreditorlarning 
yigilishini ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar yuzaga 
kelgan paytdan e’tiboran ikki hafta ichida o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki 
kreditorlar qo‘mitasining qarori asosida chaqirishi shart.
Qarzdorning rahbari kreditorlarning yigilishiga qarzni to‘lash 
jadvali va sud sanastiyasi rejasi bajarilishining yakunlari haqida hisobot 
taqdim etishi shart. Hisobotga qarzdorning oxirgi hisobot sanasidagi 
holatga ko‘ra buxgalteriya balansi, qarzdorning daromadlari (foydasi) va 
zararlari to‘grisidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori 
ko‘rsatilgan holda kreditorlarning talablari reestri va kreditorlarning 
talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi 
kerak. Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlarning yigilishiga 
qarzdor rahbarining hisoboti bilan bir vaqtda qarzdor rahbarining hisoboti 
yuzasidan o‘z xulosasini taqdim etadi.
Kreditorlarning yigilishi qarzdor rahbarining hisobotini, shuningdek 
sanastiya qiluvchi boshqaruvchining mazkur hisobot bo‘yicha xulosasini 
ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy 
etish to‘grisida yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish 
yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish 
to‘grisida qaror qabul qilishga haqli. Kreditorlar yigilishining 
iltimosnomasiga kreditorlar yigilishi bayonnomasining ko‘chirma 
nusxasi, shuningdek kreditorlar yigilishi tomonidan qabul qilingan 
qarorga qarshi ovoz bergan yoki ushbu masala yuzasidan ovoz berishda 
ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinadi.
Sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida kreditorlar 
yigilishining iltimosnomasi asosida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni 
bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida 
qaror qabul qiladi.
Sud sanastiyasi tartib-taomilining tamomlanishi - sud sanastiyasi 
tartibtaomilining belgilangan muddati tugashiga kamida o‘n besh kun 
qolganida qarzdorning rahbari o‘tkazilgan sud sanastiyasi tartib-
taomilining natijalari haqida sudga hisobot taqdim etishi shart. Mazkur 


136 
hisobotga qarzdorning oxirgi sanadagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi, 
qarzdorning moliyaviy natijalari to‘grisidagi hisobot, qanoatlantirilgan 
talablar miqdori va mazkur qanoatlantirishni tasdiqlovchi hujjatlar, 
shuningdek sanastiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbarining 
hisobotiga doir xulosasi, qanoatlantirilgan talablar miqdori ko‘rsatilgan 
holda kreditorlarning talablari reestri, talablari qanoatlantirilmagan 
kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi kerak. Qarzdor rahbarining sud 
sanastiyasi tartibtaomilini o‘tkazish natijalari haqidagi hisoboti va 
kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi qarzni to‘lash jadvaliga talablari 
kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanastiyasi tartib-
taomilini o‘tkazish natijalari haqidagi hisobotini ko‘rib chiquvchi sud 
majlisining sanasi, vaqti va joyi to‘grisida xabardor qilishi shart.
Qarzdor rahbarining sud sanastiyasi tartib-taomilini o‘tkazish 
natijalari haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini 
ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra sud: agar to‘lanmagan qarzi mavjud 
emasligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, 
qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ishni yuritishni to‘xtatish haqida ajrim chiqaradi; agar 
to‘lanmagan qarz mavjudligi aniqlansa va kreditorlarning shikoyatlari 
asosli deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi. 
Sud qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etgan taqdirda 
tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim yoki qarzdorni 
bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida 
qaror chiqaradi.
Majburiyatlarning ta’minot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi - 
kreditorlarning ta’minot bergan shaxslardan majburiyatlar bajarilishini 
talab qilish huquqi sud sanastiyasi tartib-taomilini tugatish yoki 
tamomlash to‘grisida sud ajrim chiqargan paytdan e’tiboran yuzaga 
keladi. Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarga nisbatan 
talablar kreditorlar yigilishining (kreditorlar qo‘mitasining) vakili yoki 
sanastiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan taqdim etiladi.
Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning 
majburiyatlarni bajarishi natijasida olingan pul mablaglari kreditorlar 


137 
bilan hisob-kitob qilish uchun qarzdorning hisobvaragiga o‘tkaziladi. 
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar qarzdor tomonidan amalga oshiriladi.
Sanastiya qiluvchi 
boshqaruvchi 
kreditorlar 
talablarining 
qanoatlantirilganligi dalillari taqdim etilgan paytdan e’tiboran 
kreditorlarning talablari reestriga tegishli yozuvni kiritadi.
Ta’minotdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari 
to‘grisidagi hisobot - kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlangach yoki 
sud tomonidan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun 
belgilangan muddat o‘tgach, sanastiya qiluvchi boshqaruvchi qarzdorning 
majburiyatlarini shaxslar tomonidan ta’minot berilgan holda bajarish 
yakunlari to‘grisida sudga hisobot taqdim etishi shart. Sanastiya qiluvchi 
boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan 
majlisda ko‘rib chiqiladi. Hisobotga qo‘yiladigan talablar, shuningdek uni 
taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi 
Qonunning 132 va 133-moddalarida belgilanadi.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini, 
kreditorlarning 
shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra sud: agar to‘lanmagan 
qarz mavjudligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb 
topilsa, sanastiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlaydi va 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish yuritishni tugatish to‘grisida ajrim 
chiqaradi; agar qoplanmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning 
shikoyatlari asosli deb topilgan bo‘lsa, sanastiya qiluvchi 
boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda tashqi 
boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoxud 
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash 
to‘grisida qaror qabul qiladi.
Ta’minot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi 
oqibatlari - majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar 
tomonidan 
shu 
ta’minotdan 
kelib 
chiqadigan 
majburiyatlar 
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun sud belgilagan muddatda 
bajarilmagan hamda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish uchun 
asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud qarzdorni bankrot deb topish va 
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi.


138 
Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar tomonidan shu 
ta’minotdan kelib
chiqadigan
majburiyatlar 
kreditorlarning 
talablarini qanoatlantirish uchun ushbu moddaning birinchi qismida 
belgilangan muddatda bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq ushbu 
shaxslarning qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan 
solidar yoki subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.
Bunday holda to‘lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomili 
jarayonida sud boshqaruvchisi sudga ta’minotni bergan shaxslarga 
nisbatan da’vo bilan murojaat qilishga haqli.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin