184
Kreditorlarning talablari quyidagi navbatda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — alimentlar undirish haqidagi talablar, shuningdek,
mehnatga haq to‘lashga oid va mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq
to‘lashga oid hisob-kitoblarni nazarda tutadigan talablar; ikkinchi
navbatda soliqlar va yigimlar bo‘yicha talablar, kreditorlarning garov
bilan ta’minlangan talablarining garovga qo‘yilgan molmulkni (garov
narsasini) sotishdan tushgan summa etarli bo‘lmaganligi oqibatida
qoplanmay qolgan qarzga oid qismi va kreditorlarning garov bilan
ta’minlanmagan talablari; uchinchi navbatda — boshqa kreditorlar bilan
hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Har bir navbat talablari oldingi
navbatdagi talablarto‘liq qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi.
Agar sudning depozit hisobvaragida mablaglar etarli bo‘lmasa, bu
mablaglar tegishli navbatdagi kreditorlar o‘rtasida ular talablarining
summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni majburiyatlardan ozod etish,
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni tugatishga doir
ish yuritish tartib-
taomili tamomlanganda qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni
yuritish jarayonida kreditorlarning talablarini kelgusida bajarishdan ozod
etiladi, bundan quyidagilar mustasno: kreditorlarning hayotiga yoki
sogligiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘grisidagi talablari;
alimentlarni undirish haqidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga
ega boshqa talablar; sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot
deb topish to‘grisidagi qarorini ijro etish tartibida qanoatlantirilmagan
yoki qisman qanoatlantirilgan talablar; qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorni bankrot deb topish tartib-taomili amalga oshirilganda
bildirilmagan talablar; qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga
qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni yuritish jarayonida bildirilmagan boshqa
talablar. Bajarilishdan ozod etilmagan talablar o‘z kuchini saqlab qoladi
va qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga
qobiliyatsizligi
tartib-taomili amomlanganidan keyin tegishincha to‘liq hajmda yoki
ularning qanoatlantirilmagan qismi hajmida taqdim etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: