Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Xo‘jalik shirkatlari. To‘liq shirkat ishtirokchilari o‘rtasida tuzilgan 
shartnoma bu turdagi shirkatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Fuqarolik 
kodeksida ta’sis shartnomasining yoliz o‘zi taraflarning erkini va ular 
o‘rtasidagi munosabatlarning xususiyatlarini to‘liq ifoda etadigan hujjat 
sifatida tan olinadi.
Ta’sis shartnomasining mazmuni FKning 43-moddasi 4-qismidagi 
shartlar bilan belgilanadi. Ayni paytda qonun boshqa shartlarni nazarda 
tutishni man etmaydi. To‘liq shirkatni tavsiflovchi asosiy belgi 
ishtirokchilar shirkatning majburiyatlari bo‘yicha cheklanmagan solidar 
javobgar bo‘lishidan iborat. Shirkat ishtirokchilari bir-birlariga ishongan 
holda faoliyat yuritadilar.
To‘liq shirkat faoliyatini boshqarishda shirkat ishtirokchilarining 
umumiy roziligi talab qilinadi. Ta’sis shartnomasida ko‘pchilik ovoz 
bilan qaror qabul qilish mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. 
Bunday holda shartnomada qaysi muammolar bo‘yicha ko‘pchilik 
ovozning bo‘lishi zarurligi, shuningdek bu ko‘pchilik oddiy yoki 
murakkab (malakali) ko‘pchilikdan iborat ekanligi (masalan, 
ishtirokchilarning umumiy sonidan to‘rtdan bir yoki uchdan bir qismining 
ovozi) aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Umumiy qoidaga binoan, har bir 
ishtirokchi bitta ovozga ega bo‘ladi. Lekin to‘liq shirkatning ta’sis 
shartnomasida ovozlar boshqa tartibda, masalan, qo‘shilgan hissaning 
miqdoriga nisbatan karra sifatida ham belgilanishi mumkin.
Xo‘jalik shirkati faoliyati bilan bogliq shirkat ishtirokchisining 
burchi har xil shaklda amalga oshirilishi mumkin. Shirkat faoliyatini 
amalga oshirishda ishtirokchining shaxsan o‘zi qatnashishi zarurligi 
qonunda nazarda tutilmagan.


204 
Ta’sis shartnomasida ayrim ishtirokchilarning shirkat faoliyatida 
faqat qo‘shgan hissalari bilan ishtirok etishi mumkinligi nazarda tutilgan 
bo‘lishi mumkin.
To‘liq shirkatning moliyaviy manbai - uning ishtirokchilaridan 
yiilgan kapital hisoblanadi. Shirkatning har bir ishtirokchisi ushbu 
kapitalga o‘z hissasini qo‘shadi. Qo‘shiladigan hissaning miqdori 
shirkatni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida uning yarmidan kam bo‘lmasligi, 
qolgan qismini topshirish muddati ta’sis shartnomasida belgilangan 
bo‘lishi kerak. Hissaning miqdori va turlari har xil, masalan, mol-
mulkdan, puldan, ko‘rsatiladigan xizmatlardan va boshqalardan iborat 
bo‘lishi mumkin.
To‘liq shirkat faoliyatini amalga oshirish natijasida qo‘lga kiritilgan 
daromadlar, shuningdek, ko‘rilgan zararlarni ishtirokchilar o‘rtasida 
taqsimlash ular har birining qo‘shgan hissasiga nisbatan mutanosib 
ravishda amalga oshiriladi. Ishtirokchilarning kelishuvi bilan zararlar 
boshqa tartibda taqsimlanishi ham mumkin. Lekin qonun bo‘yicha 
ishtirokchilardan birortasini daromad olishdan to‘liq mahrum qilishga 
yoki etkazilgan zararni qoplashdan mutlaq ozod qilishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
To‘liq shirkat ishtirokchisining shaxsiy majburiyatlari bo‘yicha 
qarzni undirish birinchi galda uning o‘ziga tegishli va ixtiyorida bo‘lgan 
mol-mulkka nisbatan qaratiladi. Agar uning bu mol-mulki etarli bo‘lmasa, 
undiruv shirkatning yiindi kapitalidagi uning hissasiga qaratilishi 
mumkin. Ishtirokchining hissasi to‘la hajmda qarzni undirishga qaratilgan 
taqdirda, u shirkat tarkibidan chiqib ketadi.
To‘liq shirkatning tugatilishi yuridik shaxslarga xos bo‘lgan 
umumiy qoidaga asosan amalga oshirilsada, birmuncha o‘ziga xos farqli 
jihatlari ham bor. Agar shirkat ishtirokchilarining tarkibiy qismida 
o‘zgarish yuz berib, shirkat faoliyatini davom ettirish haqida o‘zaro 
kelishishga erishilmasa, shirkat tugatilgan, deb hisoblanadi. Agar 
shirkatda uning bitta ishtirokchisi qolgan bo‘lsa-da, u shirkatni ma’lum 
muddatda xo‘jalik jamiyatiga aylantirmagan holatda ham shirkat 
tugatilgan deb hisoblanadi.


205 
Kommandit shirkati ularga tegishli huquq va burchlarining farqi 
bilan ikki xil turkumga bo‘linadigan ishtirokchilardan tashkil topadi. Ular 
to‘liq sheriklardan va ishonchga asoslangan sheriklardan iborat. Bunday 
shirkat faoliyatini va uning doirasini to‘liq sheriklar belgilaydi. Ishonchga 
asoslanganlarning shirkat faoliyatidagi ishtiroki shirkat fondiga hissa 
qo‘shish bilan cheklanadi. Ular shirkat faoliyati bilan bogliq zarar uchun 
o‘zlari qo‘shgan hissa doirasida javobgar bo‘ladilar.
Kommandit shirkatning ta’sis shartnomasiga faqat uning to‘liq 
sheriklari imzo chekadilar. Ishonchga asoslangan ishtirokchilar ta’sis 
shartnomasini ishlab chiqishda va muhokama qilishda qatnashishlari, 
ularning bu huquqi ta’sis shartnomasida ham nazarda tutilgan bo‘lishi 
mumkin.
Kommandit shirkatning faoliyatini to‘liq shirkatlar uchun 
belgilangan tartibda to‘liq sheriklar boshqaradi. Ishonchga asoslanganlar 
shirkatning faoliyatini amalga oshirishda va boshqarishda ishtirok 
etmaydilar. Ular shirkatning ishonchnomasiga asosan bitimlarni tuzishda 
va bajarishda ishtirok etishlari mumkin.
Ishonchga asoslangan ishtirokchilarning asosiy maqsadi shirkatning 
yiindi kapitaliga qo‘shgan hissasiga nisbatan mutanosib daromad 
olishdan iborat. Olingan daromadning bir qismini ishonchga asoslangan 
ishtirokchiga berish umumiy qoidaga binoan xo‘jalik yilining 
yakunlanishi bilan qabul qilingan hisobot va chiqarilgan balansga asosan 
amalga oshiriladi.
Ishonchga asoslangan ishtirokchi xo‘jalik yili tugashi bilan 
shirkatning yiindi kapitalidan o‘z hissasini olib yoki bu hissani boshqa 
shaxsga o‘tkazib shirkatdan chiqib ketish huquqiga ega. Hissani 
o‘tkazishda boshqa uchinchi shaxslarga nisbatan shirkatdagi ishonchga 
asoslangan ishtirokchilar ustun huquqqa ega. Bunday paytda shirkatdagi 
to‘liq ishtirokchilar ham uchinchi shaxs sifatida qabul qilinadilar.
Kommandit shirkati nochor (bankrot) deb topilganida, uning 
mulkidan birinchi galda kreditorlarining talablari qanoatlantiriladi 
(FKning 56-moddasi), so‘ngra ishonchga asoslangan ishtirokchilarning 
hissalari ajratib beriladi va binobarin shirkatning yiindi kapitalidan qolgan 
mol-mulk to‘liq sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi.


206 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin