Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Xo‘jalik jamiyatlari. Xo‘jalik jamiyatlari ishtirokchilarining 
huquq va burchlariga xos farqlari ham asosan ularning majburiyatlari 
bo‘yicha javobgarligi bilan bogliq. Masalan, mas’uliyati cheklangan 
jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha uning ishtirokchilari javob 
bermaydilar.
Ular jamiyat faoliyati bilan bogliq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan 
hissalar qiymati doirasida javobgardirlar (FKning 62-moddasi).
Mas’uliyati cheklangan jamiyat uning ta’sis hujjatlari, uni tashkil 
qilish tartibi, ishtirokchilarining huquq va burchlari bilan to‘liq yoki 
kommandit shirkatlaridan farq qiladi. Uning yana bitta farqi shundan 
iboratki, bunday jamiyatning ta’sischisi bitta shaxsdan iborat bo‘lishi ham 
mumkin. Shuning bilan birga mas’uliyati cheklangan jamiyat 
ishtirokchilarining soni qonun hujjatlarida o‘rnatilgan me’yordan oshib 
ketmasligi kerak, oshib ketgan taqdirda bunday jamiyat aktsiyadorlar 
jamiyatiga aylantirilishi yoki tugatilishi lozim. Mas’uliyati cheklangan 
jamiyatning ishtirokchisi tomonidan ustav fondi (kapitali)dagi o‘z 
hissasini uchinchi shaxslarga sotishga, agar ustavda ruxsat berilmagan 
bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu hissa umumiy qoidaga binoan 
jamiyatniig boshqa ishtirokchilariga o‘tkazilishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan 
boshlab vujudga keladi (FKning 44-moddasi). Ro‘yxatdan o‘tkazish 
ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnoma va ustav)ga asosan amalga oshiriladi 
(FKning 43-moddasi). Ular ro‘yxatdan o‘tkazish uchun birga taqdim 
etiladi. Jamiyatning ta’sischisi bitta shaxsdan iborat bo‘lsa, ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun faqat ustav taqdim etiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatniig moddiy manbai 
jamiyat 
ishtirokchilarining hissalaridan tashkil topgan ustav fondi (kapitali)dir. 
Ustav kapitalining miqdori, odatda, ustavda nazarda tutiladi, lekin u 
qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. Jamiyat 
fuqarolarning ixtiyoriy ravishda tuzadigan tashkiloti bo‘lganligi tufayli, 
hissaning etmay qolgan qismini undirish uchun sudda da’vo 
qo‘zatilmaydi. Bunday hollarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
qoidalarga binoan ustav fondiga qo‘shiladigan hissaning miqdori 
kamaytirilishi yoki jamiyatning faoliyati tugatilishi mumkin. Ustav 


207 
fondining miqdori qisqartiriladigan bo‘lsa, bu haqda jamiyatning 
kreditorlari, albatta, xabardor qilinadi. Ular majburiyatni jamiyat 
tomonidan belgilangan muddatdan oldin bajarishni yoki uni bekor qilishni 
va shu tufayli etkazilgan zararni qoplashni undan talab qilish huquqiga 
ega.
Kommandit (ishonchga asoslangan) shirkatni boshqarish uning 
to‘liq sheriklari tomonidan amalga oshiriladi. Mas’uliyati cheklangan 
jamiyatda bunday emas. Bu jamiyatda uning barcha ishtirokchilari teng 
va jamiyat faoliyatini boshqarish uchun ulardan birontasiga qonunda 
ustunlik berilmagan. Shuning uchun ham jamiyat ishtirokchilari 
tomonidan uning boshqaruv organini tuzish nazarda tutiladi. 
Ishtirokchilarning umumiy majlisi jamiyatning oliy organi hisoblanadi. 
Umumiy majlis mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni, 
jamiyatning ichki ishlarini hal qilishga qaratilgan qarorlarni qabul qilish 
huquqiga ega. Kundalik muammolarni hal qilish uchun va umumiy 
majlisga hisobot berib turuvchi va unga itoat etadigan ijrochi organ 
tuziladi. Bunday organ yakka direktor yoki maslahatchilar hay’ati 
(kollegiya)dan iborat bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha 
mas’uliyatli 
jamiyat 
ishtirokchilari 
uning 
majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari 
qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis 
hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar 
javobgar bo‘ladilar. Demak, jamiyat majburiyatlari bo‘yicha hamma 
ishtirokchilar sheriklik (solidar) asosida karrali miqdorda bir tekisda 
qo‘shimcha (subsidiar) javobgar bo‘ladilar (FKning 63-moddasi). Ushbu 
moddaga binoan ishtirokchilardan birontasi bankrot bo‘lsa, javobgarlik 
boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning hissalariga mutanosib ravishda 
taqsimlanishi mumkin.
Jamiyatning ta’sis hujjatlari ta’sis shartnomasidan va uning 
ustavidan iborat. Ta’sis shartnomasi jamiyatni tashkil etish paytida uning 
ta’sischilarining huquq va burchlarini belgilaydi va tartibga soladi. 
Jamiyatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va ta’sischilar o‘z 
zimmalariga olgan majburiyatlarining bajarilishi bilan ta’sis shartnomasi 
o‘z kuchini yo‘qotadi. Ustav esa, o‘z navbatida, jamiyatning yuridik shaxs 


208 
sifatida huquqiy maqomini belgilaydi. Barcha manfaatdor shaxslar 
jamiyat ustavi bilan tanishib chiqish huquqiga ega. Aktsiyadorlarning 
talabi bo‘yicha jamiyat ustavi va unga keyinchalik kiritilgan o‘zgarishlar 
bilan tanishib chiqish uchun aktsiyadorga imkoniyat tudirib berish kerak.
Aktsiyadorlar jamiyatining faoliyati uning organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Jamiyatning oliy organi aktsiyadorlarning umumiy 
yiilishi hisoblanadi. Umumiy yiilish jamiyatning boshqaruv organi – 
kuzatuv kengashi tomonidan chaqiriladi. Ko‘p masalalar bo‘yicha 
qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan, muhim masalalar bo‘yicha 
malakaviy ko‘pchilik ovozlar bilan qabul qilinadi.
Kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlik vazifasini 
amalga oshiradi. Umumiy yiilish vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar 
yuzasidan kuzatuv kengashi qaror qabul qilish huquqiga ega emas.
Har qanday fuqaro, u jamiyat aktsiyadori bo‘lishi yoki 
bo‘lmasligidan qat’i nazar, kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi mumkin. 
Kuzatuv kengashining a’zolari jamiyatning yillik umumiy yiilishida 
saylanadi. Kengash a’zolari o‘z tarkibidan yopiq ovoz bilan kuzatuv 
kengashi raisini saylaydilar. Kuzatuv kengashining qarorlari, agar ustavda 
boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, majlisda qatnashgan kengash 
a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat ustavida 
majlisda ovozlar teng taqsimlangan taqdirda kengash raisiga hal qiluvchi 
ovoz berish huquqi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Aktsiyadorlarning 
umumiy yiilishining qarori bilan kuzatuv kengashi a’zosining vakolati 
turli asoslarga ko‘ra muddatidan oldin tugatilishi mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin