Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining quyidagi asosiy



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining quyidagi asosiy 
belgilarini ajratish mumkin.  
Birinchidan, ular tijorat tashkilotlari, ya’ni o‘z faoliyatining asosiy 
maqsadi sifatida ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin bo‘lgan 
foydani olishni ko‘zlovchi shaxslar bo‘ladi. Ikkinchidan, ular 
ishtirokchilarining ulushlariga yoki ta’sischilarning aktsiyalariga 
bo‘lingan ustav fondiga yoki ustav kapitaliga ega bo‘lishligi.
Umuman olganda, shirkat va jamiyat ishtirokchilari xo‘jalik 
sohasida o‘z oldilariga qo‘ygan yagona maqsadga erishish uchun mol-
mulklarini qo‘shib, birgalikda harakat qiladilar. Lekin ular bir-birlaridan 
qisman farq ham qiladilar. Masalan, sheriklik faqat natijaga erishish 
uchun emas, balki ishtirokchilarning birbirlariga yaqin shaxsiy 
munosabatlariga asoslanadi. Bunda ishtirokchilarning kim ekanligiga 
ahamiyat beriladi. Jamiyatda esa uning ishtirokchilari kimlardan iborat 
bo‘lishi hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, u birinchi navbatda maqsadga 
erishish nuqtai nazaridan tashkil etiladi.
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muassislari (ishtirokchilari) 
fuqarolardan va yuridik shaxslardan iborat bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlik 


202 
subyekti sifatida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari tashkil etilayotganda 
shakllantirilgan ustav fondi, kapitali yoki uning balansidagi o‘ziga 
tegishli bo‘lgan mol-mulklariga nisbatan xususiy mulk huquqiga ega.
Xo‘jalik shirkatining yoki jamiyatining mulkiga qo‘shiladigan hissa 
har xil mulkdan, jumladan mulkiy huquqdan va shuning bilan birga pul 
bilan baholanishi mumkin bo‘lgan boshqa huquqlardan iborat bo‘lishi 
mumkin. Hissaning asosiy belgisi uning pul bilan baholanishi 
mumkinligidadir. Masalan, muallifning mulkiy huquqi, ixtiroga bo‘lgan 
huquq, nou-xau, sanoat namunalari, tovar belgisi va shunga o‘xshashlar 
ham shirkat yoki jamiyat mulkiga qo‘shilgan hissa bo‘lishi mumkin. 
Kreditorning shaxsi bilan bogliq bo‘lmagan, majburiyat bo‘yicha talab 
qilish huquqi ham hissa sifatida tan olinishi mumkin. Muassislar 
(ishtirokchilar) tomonidan qo‘shiladigan hissani pul bilan baholashda 
vujudga kelgan nizoni ekspertlar xulosasiga ko‘ra sud tomonidan 
belgilangan tartibda hal qilinadi.
Xo‘jalik shirkatining yoki jamiyatining har bir ishtirokchisi uning 
faoliyatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega. Shirkat va jamiyatning 
qaysi turdan iborat bo‘lishiga qarab, uning ishtirokchilari shirkat yoki 
jamiyat faoliyatini boshqarishga oid qarorlarni qabul qilishda yoki 
boshqaruv va tekshiruv organlarini tuzishda qatnashishlari mumkin. 
Kommandit shirkatning ishtirokchisi uning faoliyatini boshqarishda 
ishtirok etish huquqiga ega emas (FKning 61-moddasi).
Xo‘jalik shirkati va jamiyati ishtirokchilarining majburiyatlari ta’sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda 
hissa qo‘shishdan, maxfiy axborotni oshkor qilmaslikdan, shirkat va 
jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlardan 
iborat bo‘lishi mumkin. Ushbu huquq va majburiyatlar barcha shakldagi 
jamiyat va shirkat qatnashchilariga taalluqlidir. Shuning bilan birga har 
bir shakldagi shirkat va jamiyat ishtirokchilarining huquq va 
majburiyatlari o‘zlariga xos xususiyatlari bilan ifodalanadi. Masalan, 
“to‘liq shirkat” ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga 
muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanadilar. Ular o‘z shirkat 
majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob 
beradilar. Shaxs faqat bitta to‘liq shirkatning ishtirokchisi bo‘lishi 


203 
mumkin (FKning 60moddasi). Kommandit shirkati - shirkatning qarzlari 
bo‘yicha o‘zining shirkat fondiga qo‘shgan hissasi miqyosida javob 
beradigan ishtirokchilardan (kommanditlardan) iborat (FKning 61-
modda). Kommandit shirkati iborasi frantsuz huquqidan olingan bo‘lib, 
savdo sohasidagi shirkatlardan biri hisoblanadi.
Kommandit shirkati “ishonchga asoslangan shirkat” degan nom 
bilan ham ataladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin