Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


BOB. TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING HUQUQ VA



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

6.BOB. TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING HUQUQ VA 
QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH 
  
1.Tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish tushunchasi. 
2.Tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy 
tizimi.
3.Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy himoya tizimini ta’minlash.
4.Xo‘jalik (tadbirkorlik) subyektlari faoliyatini nazorat qilish tizimi 
va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar  
Bobni o‘zlashtirish uchun testlar  
  
1. 
Tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish tushunchasi. 
Tadbirkorlik 
subyektlarini 
himoya 
qilish 
O‘zbekiston 
respublikasining qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitustiyasida xususiy mulk davlat mulki kabi teng 
himoya qilinishi kafolatlangan. Tadbirkorlar o‘z huquq va erkinliklarini 
himoya qilish tartib taomillari O‘zR “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to‘risida”gi Qonun asosida amalga oshiriladi. Ushbu qonuning 
18-moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarini sud orqali himoya 
qilish, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular 
mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) 
ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganlaridek, 
“Tadbirkorlarning faoliyatini ragbatlantirish, qo‘llab - quvvatlash, – 
ular uchun qulay huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit yaratib berish 
masalalari barcha darajadagi rahbarlarning, birinchi galda hududiy 
hokimlik va boshqaruv idoralarining doimiy diqqat markazida turishi 
kerak” .
Bugungi kunda xam, respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini 
yanada kengaytirish masalalari hududlar kesimida asosiy vazifalardan biri 
bo’lib qolmoqda. 


223 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 
«Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
yanada 
rivojlantirish 
tizimini 
tubdan 
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni e'lon 
qilindi. 
Farmonda, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, biznes hamjamiyati va 
davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot va sog‘lom sherikchilik 
mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlik 
sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza 
qilish kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlar bilan biznes-muhitni 
takomillashtirish masalalari bo‘yicha dolzarb axborot almashinuvining 
doimiy kanalini, avvalo viloyatlar, shaharlar va tumanlarda joriy etish, 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash 
borasida 
amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlarning amaliy natijalariga erishish, o‘zining 
biznesini tashkil etish va yuritishda aholiga har tomonlama ko‘mak 
berish, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlariga sifatli davlat xizmatlari 
ko‘rsatishni ta'minlash maqsadida bir necha sohalarda amalga 
oshiriladigan vazifalar sanab o‘tilgan. Jumladan: 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin