Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik sohasida



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik sohasida – davlat 
hokimiyatining barcha tarmoqlari – qonunchilik, sud va ijro etuvchi 
hokimiyatlar, 
shuningdek, 
bank-moliya 
tashkilotlari 
va 
bozor 
infratuzilmasining boshqa sub'yektlari bilan o‘zaro hamkorlikni 
ta'minlashni moslanuvchanligi va natijadorligiga xizmat qiladigan 
samarali o‘zaro hamkorlik tizimini va yangi ish shakllarini joriy etish, 
jumladan: 
- tadbirkorlik sub'yektlari bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlari, shuningdek, joylardagi barcha darajadagi davlat hokimiyati 
organlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni samarali tashkil etishga 
ko‘maklashish, «to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa» tamoyili bo‘yicha 
o‘zaro hamkorlikning amaliy va samarali mexanizmini yaratish; 
- tadbirkorlik sub'yektlarining murojaatlarini qabul qilish va 
qayta ishlash, vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish, 


227 
shuningdek, ularning ijro etilishi ustidan monitoring olib borish va tahlil 
qilish; 
- viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda Tadbirkorlikka 
ko‘maklashish markazlari faoliyatini tashkil etish, ularning vakolatli 
davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, davlat xizmatlari taqdim 
etuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini 
ta'minlash. 
Tadbirkorlik sub'yektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash 
sohasida – tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va qayta 
tayyorlash tizimi sifatini tubdan oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari 
ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta'lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari 
bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, har bir tuman va 
shaharlarda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash doimiy 
kurslarini quyidagi usullar orqali tashkil etish: 
- O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan 
Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi va uning 
hududiy filiallari bilan, jumladan, kasb-hunar kollejlari negizida 
mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarida, o‘zaro hamkorlikni tashkil etish; 
- markaz faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya 
institutlari, xorijiy donorlar va chet davlatlarning tadbirkorlarni o‘qitish 
bo‘yicha muqobil markazlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 
- tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, 
tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab 
chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga 
o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlari uchun o‘quv 
kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish; 
- tadbirkorlarga xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning kasb 
malakasini doimiy oshirishda ko‘maklashish, hududlar va tadbirkorlik 
sohalarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, 


228 
o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar 
tayyorlashga davlat buyurtmalarini shakllantirishda ishtirok etish; 
- ta'limni tashkil etish uchun oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar 
kollejlarining 
o‘qituvchilari, 
amaliyotchi-mutaxassislar, 
yuqori 
natijalarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin