Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida – 
tadbirkorlik sub'yektlarini, ayniqsa, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish davrida 
ularni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, ularning 
huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofazasining kafolatlarini 
kuchaytirish, jadal rivojlanishiga har tomonlama ko‘mak berish, xususiy 
mulk va tadbirkorlikning ustuvorlik roli va daxlsizligini ta'minlash, 
respublikamiz tumanlari va shaharlarida aholini tadbirkorlik faoliyatiga 
keng jalb qilish, jumladan: 
- vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini tahlil qilish 
hamda uning natijalarini tizimli asosda O‘zbekiston Respublikasi 


224 
Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va 
boshqa vakolatli organlarga taqdim etish; 
- tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligining, avvalo, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi ustidan jamoat 
nazoratini amalga oshirishning amaliy mexanizmini joriy etish hamda 
ularning faoliyati bo‘yicha mustaqil baholashni tayyorlash va Vazirlar 
Mahkamasiga taqdim etish; 
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan shikoyat 
arizalari bergan tadbirkorlik sub'yektlarining manfaatlarini himoya qilish; 
- tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati monitoringini amalga 
oshirish hamda ular faoliyati tekshiruvlarida Palata a'zolarining ishtirok 
etishini ta'minlash. 
Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida – 
tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligini yanada takomillashtirish, 
tadbirkorlik sub'yektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, 
tadbirkorlik faoliyati sohasida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy 
hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi ustidan jamoat ekspertizasini 
tashkil etish va jamoat nazoratini kuchaytirishga keng jalb qilish, 
jumladan: 
- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik 
muhiti va investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturlari, 
shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab 
chiqishda ishtirok etish; 
- tadbirkorlik sub'yektlarini ishbilarmonlik muhiti holatini 
yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga keng jalb 
qilish, tadbirkorlik tuzilmalari bilan birgalikda me'yoriy-huquqiy hujjatlar 
loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini, jumladan, sanoat, transport, 
qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va 


225 
xizmatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa 
sohalar bo‘yicha ekspert kengashlarini tashkil etish orqali tashkil etish; 
- tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari 
kafolatlarini mustahkamlash, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishni 
kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 
takliflar tayyorlash; 
- respublikamiz tumanlari (shaharlari), viloyatlari kesimida 
joylardagi ishbilarmonlik muhitining holati hamda qonunchilikdagi 
me'yorlar va talablarning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha har 
chorakda tahlil o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa 
vakolatli organlarga ularni yaxshilash bo‘yicha tahliliy materiallar va 
takliflarni taqdim etish. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin