Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi asosida



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

3.Xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi asosida 
tadbirkorlik faoliyatini yuritishning xususiyatlari 
Xo‘jalik yuritish huquqining tushunchasi va ushbu huquqqa ega 
bo‘lgan yuridik shaxsning mulkiy huquq layoqati FKning 176, 177-
moddalarida nazarda tutiladi. 176-moddaga muvofiq, xo‘jalik yuritish 
huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs unga biriktirilgan mol-mulkka mulk 
huquqi subyekti kabi egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf 
etadi. Ushbu huquqqa ega bo‘lgan tadbirkor o‘z xohishi bilan qonunga 
zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi. Mulk huquqi 
subyekti bo‘lmasdan, mol-mulkni operativ boshqarish huquqiga ega 
bo‘lgan korxonalarning vakolatlari FKning 72, 178-moddalarida 
belgilangan.
Xo‘jalik yuritishida bo‘lgan mol-mulkka nisbatan mulkdorning 
huquqlari xo‘jalik yuritishida bo‘lgan mol-mulkning egasi qonunga 
muvofiq korxona tashkil etish, uning faoliyat sohasini va maqsadlarini 
aniqlash, uni qayta tashkil etish va tugatish masalasini hal qiladi, korxona 
direktorini (rahbarini) tayinlaydi, korxonaga qarashli mol-mulkdan 
belgilangan maqsadlarda foydalanilishi va uning saqlanishini nazorat 
qiladi. Mulkdor korxonaning xo‘jalik yuritishida bo‘lgan mol-mulkni 
ishlatishdan kelgan foydaning bir qismini olish huquqiga ega.
Unitar korxona xo‘jalik yuritish huquqi asosida o‘ziga qarashli 
bo‘lgan ko‘chmas mulkni mulkdorning roziligisiz sotishga, ijaraga 
berishga, garovga qo‘yishga, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav 
fondiga hissa sifatida topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha usulda 
tasarruf etishga haqli emas.
Korxonaga qarashli boshqa mol-mulkni u mustaqil tasarruf etadi. 
Davlat korxonasi yoki muassasasiga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkning 


216 
egasi ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki noo‘rin foydalanilayotgan mol-
mulkni olib qo‘yish hamda uni o‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishga haqli.
Davlat korxonasining mol-mulkini tasarruf etish davlat korxonasi 
o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni uning mulkdorining roziligi 
bilangina boshqa shaxsga berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf 
etishga haqli. Davlat korxonasi o‘zi ishlab chiqaradigan maxsulotni, agar 
qonun hujjatlarida o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, o‘zi 
mustaqil tasarruf etadi. Davlat korxonasining daromadlarini taqsimlash 
tartibi uning mulkdori tomonidan belgilanadi. Muassasa mol-mulkini 
tasarruf etish muassasa o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni va smeta 
bo‘yicha unga ajratilgan mablaglarga sotib olingan molmulkni boshqa 
shaxsga berishga yoki o‘zgacha usul bilan tasarruf etishga haqli emas.
Agar ta’sis hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiradigan 
faoliyat bilan shugullanish huquqi berilgan bo‘lsa, bunday faoliyatdan 
olingan daromad va bu daromad hisobidan sotib olingan mol-mulk 
muassasaning mustaqil tasarrufiga o‘tadi va alohida balansda hisobga 
olinadi.
Xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlarining vujudga 
kelishi va bekor bo‘lishi mulkdorning qarori bilan unitar korxonaga yoki 
muassasaga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni xo‘jalik usulida yuritish 
huquqi yoki operativ boshqarish huquqi ushbu korxona yoki muassasada 
unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqarishida bo‘lgan mol-
mulkdan foydalanishdan olingan hosil, mahsulot va daromadlar, 
shuningdek unitar korxona yoki muassasa shartnoma bo‘yicha yoxud 
boshqa asoslarda vujudga kelgan molmulk ham mulk huquqining vujudga 
kelishi uchun belgilab qo‘yilgan tartibda korxona yoki muassasaning 
xo‘jalik yuritishiga yoki operativ boshqarishiga o‘tadi.
Mol-mulkni xo‘jalik usulida yuritish huquqi va operativ boshqarish 
huquqi mulkdorning qarori bilan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
boshqa asoslarda bekor qilinadi. Xo‘jalik yuritish yoki operativ 
boshqarish huquqiga nisbatan basharti FK va o‘zga qonun hujjatlarida 
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkchilik huquqi 
to‘grisidagi qoidalar qo‘llaniladi.


217 
Demak, tadbirkorlik faoliyati mulk huquqi egasi bo‘lgan va 
bo‘lmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik 
faoliyati subyektlari umumiy qoidaga binoan mulk huquqi egalari 
hisoblanadi, agar bunday huquqqa ega bo‘lmagan taqdirda, ular mulkdor 
tomonidan biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan xo‘jalik yuritish 
huquqiga yoki operativ boshqarish huquqiga ega bo‘ladilar va 
tadbirkorlik faoliyatini mulkdor tomonidan belgilangan vakolat doirasida 
amalga oshiradilar (FKning 71, 177-m.).
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan asosiy maqsad daromad 
(foyda) olishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun tadbirkor o‘z 
faoliyatini bozor talablariga moslashtirib rejaga soladi, kerakli va sotib 
oluvchilar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, xarid 
qilishga raqobatlashuvda faol qatnashishga harakat qiladi. Tadbirkor o‘z 
faoliyatini yuritish natijasida
oladigan umumiy daromadidan ma’lum 
qismini soliqlar va boshqa to‘lovlar uchun ajratadi. To‘lovlarni to‘lashdan 
tadbirkor ixtiyorida qolgan daromad sof foyda sifatida to‘lato‘kis uning 
tasarrufiga o‘tadi. Sof foydadan qaysi maqsadda foydalanishni tadbirkor 
o‘zi mustaqil ravishda hal qiladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin