209
Ushbu jamiyatlarning asosiy xususiyatlari FKning 67, 68-moddalarida
har tomonlama ifodalangan.
Ustav fondiga hissa qo‘shishda xo‘jalik jamiyatida ishtirok etgan
jamiyat sho‘’ba xo‘jalik jamiyati - deyiladi. Ustav fondidagi ishtiroki
ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik asosiy xo‘jalik deyiladi.
Xo‘jaliklarning sho‘’ba va asosiy darajaga ega bo‘lishi ular o‘rtasida
tuzilgan shartnomalar asosida yoki biri
ikkinchisining qarorlariga
muvofiq ish tutishi bilan ham ifodalanadi. Sho‘’ba jamiyati yuridik shaxs
hisoblanadi. Umumiy qoidaga binoan asosiy va sho‘’ba jamiyatlari bir-
birlarining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Lekin sho‘’ba
jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrotlikka uchrasa, asosiy
jamiyat
subsidiar javob berishi, agar mulkiy zarar ko‘rsa etkazilgan
zararni qoplashi lozim (FKning 67-moddasi).
Xo‘jalik jamiyatida qatnashuvchi jamiyatning biri jamiyat ustav
fondining yigirma foizidan ko‘proiga ega bo‘lsa, ikkinchi jamiyat
qaram
xo‘jalik jamiyati deyiladi. Bunday jamiyat ham yuridik shaxs hisoblanadi.
Jamiyatning qaram bo‘lganligi haqida darhol e’lon qilinishi shart (FKning
68-moddasi).
Huquqiy mavqei bo‘yicha qaram xo‘jalik jamiyati sho‘’ba
jamiyatiga yaqin turadi. Lekin shunga e’tibor
berish kerakki, sho‘’ba
xo‘jalik jamiyati tijorat tashkilotining u yoki bu tashkiliy-huquqiy
shaklida, ya’ni shirkat yoki xo‘jalik jamiyati sifatida tashkil topsa, qaram
jamiyat faqat xo‘jalik jamiyati sifatida tashkil topadi. Xo‘jalik shirkatlari
va jamiyatlarining har bir tashkiliy-huquqiy shakli bilan bogliq
muammolar doirasining kengligi va ularning har biri alohida tadqiqot
ob’ekti bo‘lishi mumkinligini nazarda tutgan holda bular haqidagi asosiy
tushunchalar va qoidalarga to‘xtalib o‘tildi.
Tijoratchi tashkilotlar qatoriga
yuqorida keltirilgan
xo‘jalik
jamiyatlaridan tashqari ishlab chiqarish kooperativlari, unitar korxona,
xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona, operativ boshqaruv
huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: