201
tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mol-
mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan
ko‘char va ko‘chmas mol-mulk; korxona hududida joylashgan, davlat
tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni amalga oshirish paytida
tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan ko‘char va ko‘chmas mol-
mulk.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu
jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib
chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan
davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi
organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomalarida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi
hududida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda
mulk huquqi kafolatlangan.
Dostları ilə paylaş: