Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Mulk huquqi – mulk huquqining qonuniy tushunchasi OzR FKning 
164-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, mulk huquqi shaxsning 
o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab 


193 
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining 
mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf 
etishni talab qilish huquqidan iboratdir.
Ommaviy mulk davlatga tegishli mulkdan iborat bo‘lib, u ikki xil 
ko‘rinishda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi mulki va munitsipal 
mulkdan tashkil topadi.
Tadbirkorlik faoliyati umumiy mulk, ya’ni bir necha fuqarolar va 
yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan mol-mulk asosida ham amalga 
oshirilishi mumkin. Umumiy mulk birgalikdagi va ulushli mulkdan iborat 
bo‘lishi mumkin.
Mulkiy huquq ob’ektlari - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi er, 
er osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot 
dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, 
mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat 
namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, selektsiya 
yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, asbob-
uskunalar, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli 
qogozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.
Mulk huquqi egalari har birining, ularga tegishli bo‘lgan umumiy 
mol-mulkdagi ulushlari (hissalari) aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, bunday 
mulk ulushli mol-mulk deyiladi. Ulushli mol-mulkda qonunga asosan 
yoki ishtirokchilarning kelishuvi bilan ularning ulushlari aniq belgilab 
qo‘yilmagan bo‘lsa, ulushlar teng deb hisoblanadi.
Umumiy qoidaga asosan birgalikdagi mulkka uning egalari 
birgalashib egalik qiladilar va foydalanadilar. Lekin ular o‘zaro kelishib, 
boshqacha tartib o‘rnatgan bo‘lishlari ham mumkin. Bunday mulkni 
tasarruf qilishda uning egalarining roziligi talab qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining ta’siri ostida birgalikdagi 
mulk huquqi ishtirokchilarining har biriga ularning barchasining roziligi 
bilan ushbu molmulk yuzasidan bitimlar tuzish huquqi beriladi. Masalan, 
er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli bo‘lgan mol-
mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganda, ish 
muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan 


194 
ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan 
o‘tkazilayotganda tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Tadbirkorlik faoliyati turli shakldagi mulk huquqi asosida va 
ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Agar tadbirkorlik umumiy mulk 
asosida amalga oshirilsa, har bir tadbirkorning tegishli ulushi belgilab 
qo‘yiladi, shunga muvofiq, tadbirkorlikni amalga oshirish natijasida 
qo‘lga kiritilgan daromadlar ham ulushlarning miqdoriga qarab, a’zolar 
o‘rtasida taqsimlanadi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolari, 
jamoalar, 
ularning 
birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning 
oilaviy va o‘zga birlashmalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, 
xalq deputatlarining barcha bo‘indagi Kengashlari hamda ular vakolat 
bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, 
boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Bir necha yuridik 
shaxslar va fuqarolar aynan bitta mulkning subyektlari bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 217-moddasiga muvofiq, agar ulushli mulk 
ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida belgilanishi mumkin bo‘lmasa 
hamda uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qo‘yilgan 
bo‘lmasa, ulushlar teng deb hisoblanadi. Tadbirkorlikni amalga oshirish 
jarayonida ulushlar haqida nizo kelib chiqqan taqdirda bunday nizo 
umumiy mulk-egalari har qaysisining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal 
qilinadi.
Agar meros olish, rekvizitsiya yoki musodara qilish natijasida yoki 
boshqa asoslarga ko‘ra, davlat bilan fuqaroning, yoxud kooperativ va 
boshqa jamoat tashkiloti bilan fuqaroning umumiy mulki tashkil bo‘lib 
qolsa, u holda bunday umumiy mulk paydo bo‘lgan kundan boshlab bir 
yil ichida qonunda ko‘zda tutilgan usullarni qo‘llash yo‘li bilan bekor 
qilinishi lozim edi. Endilikda mol-mulklarni umumlashtirish asosida 
birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun keng imkoniyat 
yaratildi.
Tadbirkorlik ajnabiy fuqarolar hamda yuridik shaxslarning mol-
mulklarini turli shakllarda jalb etish asosida ham amalga oshiriladi. Mol-
mulkdan foydalanish, uni tasarruf etish, uning asosida tadbirkorlik 


195 
yuritish haqidagi O‘zbekiston fuqarolariga tegishli qoidalar ajnabiy 
fuqarolarga ham taalluqlidir.
Ushbu huquqdan foydalanib, zarur sarmoyaga ega bo‘lgan ajnabiy 
davlat fuqarolari o‘zaro manfaatdorlik asosida qo‘shma korxonalar yoki 
faqat o‘zlariga tegishli bo‘lgan korxonalarni imtiyozli ravishda tashkil 
etishlariga imkon beriladi. Bunda ularning mol-mulklari va mulkiy 
huquqlari, manfaatlari qonun bilan qo‘riqlanadi va daxlsizligi to‘la 
kafolatlanadi. Xorijiy fuqarolar respublika hududida tadbirkorlik 
natijasida orttirgan mol-mulkni o‘z xohishlari bilan meros qilib 
qoldirishlari, xayr-ehson qilishlari yoki o‘zlariga tegishli daromadlarni 
O‘zbekistondan erkin olib ketishlari qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston yuridik shaxslari va ajnabiy yuridik shaxslar ishtirokida 
birgalikda tadbirkorlik faoliyatini o‘zlariga tegishli mol-mulki asosida 
qo‘shma korxonalar, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari tuzish yo‘li bilan 
amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin