Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Xususiy mulk asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

2.Xususiy mulk asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish 
FKning 
207-moddasida 
xususiy 
mulk 
huquqi 
shaxsning 
qonunchilikka muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, 
undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi tushuntirilgan.
Xususiy mulk huquqi asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshiruvchi tijoratchi tashkilotlar ya’ni foyda olishni o‘z faoliyatining 
asosiy maqsadi qilib olgan yuridik shaxslar xo‘jalik shirkati va jamiyati, 
ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda 
tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin (FK 40-moddasi ikkinchi 
qismi).
Tijoratchi tashkilotlar mulkiy munosabatlarda keng tarqalgan 
jamoaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan hisoblanadi. 
Tadbirkorlar tomonidan tuziladigan bunday shaklga o‘xshash 
birlashmalar qit’a huquqida kompaniyalar yoki firmalar, anglo-amerika 
huquqida esa korporatsiyalar deb nomlanadi.
O‘tmishda O‘zbekistonda bunday birlashmalar shirkatlardan iborat 
bo‘lib, ular asosan savdo, shuningdek, hunarmandchilik bilan 
shuullanishgan. 
Xususiy 
mulk 
asosida 
tadbirkorlik 
faoliyatini 


196 
yuritishning 
huquqiy 
asoslari 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasida, xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar 
huquqlarining kafolatlari to‘grisidagi O‘zbekiston Respublikasining 
24.09.2012 yildagi O‘RQ-336-son Qonuni, “Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to‘risida”gi, 
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat 
qilish to‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Yuqoridagi Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar 
huquqlarining kafolatlari to‘grisidagi O‘zbekiston Respublikasining 
24.09.2012 yildagi O‘RQ336-son Qonuni 4-moddasida, xususiy mulk 
huquqini amalga oshirish tartiblari belgilangan. Unga muvofiq, mulkdor 
o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini 
ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor 
o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni 
bajarishga haqli. U o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini va qonunda 
taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni 
boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga 
yoxud haq evaziga berishi mumkin. Mol-mulkdan foydalanish 
fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, atrof-muhitga zarar 
yetkazmasligi kerak. Barcha mulkdorlarga o‘z huquqlarini amalga 
oshirishda teng sharoitlar ta’minlanadi.
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlarning egalari 
va tijorat sirining egalari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari 
bilan belgilangan huquqlar va kafolatlardan foydalanadi.
FKning 58-moddasda ko‘rsatilgan tijoratchi tashkilotlar o‘z 
faoliyatini tashkil qilishda qatnashgan muassislari (ishtirokchilari)ning 
mol-mulkidan ajratilgan va ularning hissalaridan tashkil topgan ustav 
kapitaliga (fondiga, mulkiy jamarmasiga) ega bo‘lgan tijoratchi tashkilot 
yuridik shaxs hisoblanadi.
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘z a’zolarining ixtiyori bilan, 
ya’ni ular tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan vujudga kelgan, 
umumiy huquq layoqatiga ega bo‘lgan tijoratchi tashkilot hisoblanadi.


197 
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muassislari (ishtirokchilari) 
muayyan huquqlar va majburiyatlarga ega. Ular shirkat va jamiyatning 
ishlarini bajarishda qatnashish, faoliyati to‘risida axborot olish, foydani 
taqsimlashda qatnashish, shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda 
kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkning bir 
qismini yoki uning qiymatini olish va qonun hujjatlarida, shuningdek 
shirkat yoki jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
huquqlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining 
kafolatlari to‘grisidagi O‘zbekiston Respublikasining 24.09.2012 yildagi 
O‘RQ-336-son Qonuni 3-bobida mulkdorlar huquqlarining kafolatlari 
belgilangan. Unda, undiruvni mol-mulkka qaratish yo‘li bilan mol-mulk 
olib qo‘yilayotganda mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv mol-
mulkka qaratilgan taqdirda, uning olib qo‘yilishiga faqat qonunda nazarda 
tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulk natsionalizatsiya, musodara va 
rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkni, shu jumladan yer 
uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib 
qo‘yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qo‘yish 
munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanishi 
sharti bilangina amalga oshiriladi. Mulkdor xususiy mulk bo‘lgan mol-
mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘risidagi 
qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Qonunga muvofiq o‘ziga tegishli bo‘lolmaydigan mol-mulkka 
bo‘lgan mulk huquqi bekor qilinganda mulkdor huquqlari kafolatlanadi, 
agar qonunga asosan shaxsga tegishli bo‘lolmaydigan mol-mulk uning 
mulki bo‘lib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida 
bekor qilinib, olib qo‘yilgan molmulkning qiymati shaxsga to‘lanishi 
kafolatlangan.
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib 
qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, 
boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer 


198 
uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘risidagi qarori 
munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda 
belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Bunda yetkazilgan 
zararning o‘rni egalik qiluvchiga to‘liq qoplanishi kerakligi 
kafolatlangan. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin