186
subsidiar javobgar bo‘ladi. Hozir bo‘lmagan qarzdorni to‘lovga
qobiliyatsiz deb topish to‘grisida ariza berishning o‘ziga xos
xususiyatlari, o‘z faoliyatini tugatgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor
yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir bo‘lmagan va
ularning joylashgan erini (yashash joyini) aniqlashning imkoni bo‘lmagan
taqdirda, hozir bo‘lmagan qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish
to‘grisidagi ariza, kreditorlik qarzi miqdoridan qat’i nazar, kreditor,
vakolatli davlat organi, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli
organ tomonidan berilishi mumkin.
Hozir bo‘lmagan qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi
ishni ko‘rib chiqish, sud hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish
haqidagi arizani o‘z ish yurituviga qabul qilib olgan kundan e’tiboran ikki
haftalik muddat ichida hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish va
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi. Hozir
bo‘lmagan qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishda
kuzatuv, sud sanastiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari
qo‘llanilmaydi. Sudning qarori vakolatli davlat organiga yuboriladi, bu
organ mazkur qaror olingan kundan e’tiboran bir haftalik muddatda sudga
tugatish boshqaruvchiligiga nomzodni taqdim etadi.
Tugatish boshqaruvchisi o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarni
hozir bo‘lmagan qarzdorning bankrotligi haqida yozma shaklda xabardor
qiladi, ular xabarnomani olgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda
tugatish boshqaruvchisiga o‘z talablarini taqdim etishi mumkin. Tugatish
boshqaruvchisi hozir bo‘lmagan qarzdorning mol-mulkini aniqlagan
taqdirda sud mazkur boshqaruvchining iltimosnomasiga ko‘ra to‘lovga
qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini tugatish hamda
to‘lovga qobiliyatsizlikning ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy
tartib-taomillariga o‘tish haqida ajrim chiqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: