Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning tashkiliy-



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

 2-§. Tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning tashkiliy-
huquqiy tizimi. 
Davlat va huquq mavjud bo‘lgan har qanday jamiyatda huquqiy 
himoya tizimi ham mavjud bo‘ladi. Huquqiy himoya tizimi huquqni 
qo‘llash amaliyotining tarkibiy qismidir. Huquqni qo‘llash amaliyotida, 
ijtimoiy hayotda turli subyektlarni manfaati to‘qnashuvi, ular o‘rtasida 
bahs-munozaralar va nizolar kelib chiqishi mumkin. Biroq bu o‘rinda 
huquqiy himoya tizimi huquqiy nizolarni hal etish tizimi bilan bir xil, 
ayniy degan tasavvur tuilmasligi lozim. Huquqiy himoya tizimi garchi 
muayyan holatlarda hukuqiy nizolarni hal etish tizimi bilan tutashsa ham 
huquqiy maydonda o‘ziga xos nisbiy mustaqil segment sifatida namoyon 
bo‘ladi.
Huquqiy himoya tizimi huquq subyektlarini o‘z huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini normal amalga oshirishini ta’minlash, ularni har 
qanday 
buzilishlardan 
va 
tajovuzlardan 
saqlash 
maqsadida 
qo‘llaniladigan, huquq normalarida belgilab qo‘yilgan yuridik ta’sir 
choralarini va ularning amal qilishini ta’minlovchi institutsional, 
protsessual normalar majmuidan iborat.


230 
Huquqiy himoya tizimi quyidagi elementlardan iborat:
a) 
himoyalanuvchi subyekt tomonidan qo‘llaniladigan yuridik 
ta’sir choralari. Bunday ta’sirni yuridik ta’sir choralari sifatida namoyon 
bo‘lishi nafaqat ularni huquq normalarida belgilab qo‘yilganligida, balki 
huquqiy oqibatlar vujudga keltirishida ham ko‘rinadi. Yuridik ta’sir 
choralari himoyalanuvchi subyekt yoxud huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Yuridik ta’sir choralari 
tizimida huquqlarni himoya qilish usullari markaziy o‘rinni egallaydi. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasida 
fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari sifatida, bitimni haqiqiy emas 
deb topish, bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashni talab qilish, 
zararni qoplashni talab qilish, huquqbuzarlikni to‘xtatish, huquqbuzarlik 
oqibatlarini bartaraf etishni talab qilish shular jumlasidandir;
b) 
huquqiy himoya tizimini institutsional tuzilmalari ham 
huquqiy himoyani qo‘llanishi va samarali amalga oshirilishini 
ta’minlaydi. Institutsional tuzilmalar o‘ziga xos tashkiliy-huquqiy 
qurilmalar sifatida namoyon bo‘ladi. Tashkiliy-huquqiy tuzilmalar 
huquqiy himoyani amalga oshirish yoxud himoyalanuvchi subyektga 
bunday vazifani bajarishga ko‘maklashish funktsiyalarini bajaradi. Aynan 
institutsional tuzilmalar huquqiy himoya tizimini barqarorligi, doimiyligi, 
tizimlashni belgilaydi. Institutsional tuzilmalar ham ommaviy huquqiy, 
ham xususiy huquqiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Davlat organlari 
tizimida maxsus ixtisoslashgan idoralar – huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar (prokuratura, ichki ishlar, monopoliyaga qarshi kurash organlar 
va h.k.) tashkil etadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning har birining o‘ziga xos 
faoliyat yo‘nalishi, maqsadlari, vazifalari va funktsiyalari mavjud, biroq 
bularning barchasi buzilgan huquqlarni himoya qilish funktsiyasining 
muayyan jihatlarini qamrab oladi yoxud ushbu vazifalar bilan uzviy 
bogliq holda amalga oshiriladi. Shu sababli ham ularni huquqiy himoya 
tizimining institutsional tuzilmalar ichida alohida o‘rin egallashini qayd 
etish lozim;
v) huquqiy himoya tizimi tarkibida protsessual vositalar ham muhim 
rol o‘ynaydi.


231 
Aynan huquqlarni himoya qilish jarayonida muayyan tartib, 
taomillar, protsessual harakatlar ketma-ketligi va uzviyligi, yuridik 
hujjatlar shakl-shamoyili belgilab qo‘yilganligi protsessual jarayon 
ishtirokchilari uchun qulaylik tudiradi.
O‘z huquqlarini himoya qilishni talab etayotgan yoki himoyani 
amalga oshirayotgan subyekt protsessual tartib mavjudligi va unga qat’iy 
rioya qilish shartligi sababli boshqa shaxslarni, ayniqsa, ba’zi davlat 
yoxud nodavlat tashkilotlar xodimlarining o‘zboshimchaliklari, 
byurokratik munosabatlari ta’sirini keskin kamaytiradi yoxud oldini 
oladi. Ushbu protsessual vositalar ommaviy-huquqiy ham, xususiy-
huquqiy ham, universal-huquqiy ham, lokal-huquqiy ham bo‘lishi 
mumkin. Huquqiy himoya tizimi har qanday huquq tizimi – oilasida 
(anglo-sakson, qit’a, musulmon va hatto patriarxal huquq oilasida ham) 
mavjud. Huquqiy himoya tizimi keng ma’noda huquq-tartibot va odil 
sudlov tizimiga tayanadi. Huquqiy himoya tizimi undan foydalanuvchi 
subyektlar doirasiga qarab umumiy va maxsus huquqiy himoya 
tizimlariga tabaqalanadi. Umumiy huquqiy himoya tizimi huquqiy 
maydonda harakatlanuvchi barcha subyektlarni – fuqarolar, yuridik 
shaxslar, davlat, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, 
xorijiy yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlarni qamrab 
oladi. Ushbu subyektlarni barchasi o‘zlarining buzilgan huquqlarini 
huquqiy himoya tizimidan foydalangan holda himoya qilish 
imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Albatta, amalda ko‘proq undan fuqarolar 
va yuridik shaxslar doimiy ravishda foydalanadilar.
Umumiy huquqiy himoya tizimining asosiy jihatlari O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasida muayyan darajada o‘z ifodasini 
topgan. Jumladan, Konstitutsiyaning 13-moddasi (demokratik huquq va 
erkinliklar qonun bilan qo‘riqlanishi), 8-moddasi (teng huquqlilik), 19-
moddasi (huquq va erkinliklar daxlsizligi), 20-moddasi (huquq va 
erkinliklarni amalga oshirish shartlari), X-bobi (huquq va erkinliklar 
kafolatlari) shular jumlasidandir. Umuman olganda, Konstitutsiyaning 
juda ko‘p normalarida subyektlarni muayyan huquqlari va erkinliklari 
yoki ularni ta’minlash kafolatlari mujassamlangan.


232 
Davlat kuchli huquq-tartibot va odil sudlov tizimini yaratish, uni 
tashkiliy – huquqiy va normativ ta’minlash orqali umumiy huquqiy 
himoya tizimini doimiy va uzluksiz ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratadi. Barcha subyektlar hech qanday to‘siqlarsiz va istisnolarsiz 
ushbu tizim imkoniyatlaridan foydalanishga xaqlidirlar. Shuni nazarda 
tutish lozimki, ayrim toifadagi shaxslar uchun maxsus huquqiy himoya 
tizimini joriy etilganligi Konstitutsiyaning 18-moddasida belgilab 
qo‘yilgan barcha fuqarolarni teng huquqliligi tamoyiliga aslo zid emas.
Alohida huquqiy himoya tizimidan foydalanuvchilar aholini elita 
qismi sifatida baholanmaydi. Ular aholini boshqa qatlamlariga mansub 
kishilarni huquqlarini kamsitilish, erga urish evaziga qo‘shimcha 
imtiyozlarga ega bo‘lmaydilar. Aksincha, masalan, voyaga etmaganlar va 
nogironlarga alohida huquqiy himoya tizimi joriy etilmasa, u holda ular 
boshqa kishilarga nisbatan imkoniyatlari cheklanganligi sababli noqulay 
ahvolga tushib qolgan bulur edi. Alohida maxsus huquqiy himoya tizimini 
joriy etish orqali “zaif” subyektlar boshqa subyektlar imkoniyatlari 
darajasi bo‘yicha tenglashadi. Demak, maxsus huquqiy himoya tizimi eng 
avvalo, subyektlar teng huquqliligini real jihatdan ta’minlashga qaratiladi. 
Shu ma’noda maxsus huquqiy himoya tizimi huquq tartibotning zaruriy 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuni ishonch bilan takidlash mumkinki, 
bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini huquqiy 
himoya qilish tizimi shakllantirildi va uning tashkiliy mexanizmi 
yaratildi.
O‘zR “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘risida”gi 
Qonunning 31-moddasida, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining takliflari 
davlat organiga yoki xo‘jalik boshqaruvi organiga kelib tushgan kundan 
e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha 
o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo‘lib, bu haqda 
taklif kiritgan tadbirkorlik faoliyati subyektiga o‘n kunlik muddat ichida 
ma’lum qilinadi. Arizalar yoki shikoyatlar masalani mohiyatiga ko‘ra hal 
etishi shart bo‘lgan davlat organiga yoki xo‘jalik boshqaruvi organiga 
kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda, 
qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmaydiganlari esa, o‘n besh 
kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.


233 
Tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy - huquqiy asoslari deganda 
avvalo, tadbirkorlik subektlarini vujudga kelishi, bunda subyektlarning 
mulk huquqi, subyektlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi, listenziya olish 
jarayonlari va shunga o‘xshash boshqa jarayonlarni tashkil qiladi. 
Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi o‘zining yaqqol 
ifodalangan tashkiliy – huquqiy tuzilmalariga ega bo‘lib, bu tuzilmalar 
ichida adliya organlari o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Bu holat faqat 
mamlakatimiz huquq tizimi uchungina xos holatdir. Xorijiy 
mamlakatlarda ham tadbirkorlarning huquqiy himoya mexanizmi 
yaratilgan, biroq alohida, maxsus vakolatli tashkiliy tuzilmalar mavjud 
emas.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini huquqiy himoya qilishda davlat 
organlari (sud, prokuratura, adliya, biznes ombudsman, tuman, shaxar va 
viloyat hokimliklari) va nodavlat tizimlari (savdo-sanoat palatasi, fermer 
xo‘jaliklari uyushmasi) bab-baravar faoliyat ko‘rsatadi. Tadbirkorlik 
subyektlarini vujudga kelish, ro‘yxatga olish, faoliyatni amalga oshirish, 
qayta tashkil etish, tugatish jarayonlari davlat hokimiyati boshqaruv 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy 
ishtirokchilari sifatida tan olingan tijoratchi tashkilotlarning huquqiy 
maqomi O‘zRning fuqarolik kodeksida va boshqa shu soxada qabul 
qilingan qonun hujjatlarda o‘z ifodasiga egadir. Masalan, ma’suliyati 
cheklangan jamiyatlar, qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyat, aktsiyadorlik 
jamiyati, ishlab chiqarish kooperativlari, fermer xo‘jaliklari va dexqon 
xo‘jaligi to‘grisidagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Iqtisodiyotning 
ayrim tarmoqlarida tadbirkorlikni amalga oshirish ham o‘z normativ-
huquqiy asoslariga ega. Nizolarni hal etishning davlat tizimida xo‘jalik 
nizolari muayyan vakolatli davlat idoralari tomonidan hal etiladi. 
(masalan, kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha nizolar tuman hokimligi 
huzuridagi inspektsiya, intellektual mulk ob’ektlariga huquqiy muhofaza 
hujjati berish bilan bogliq nizolar O‘zbekiston Intellektual mulk Agentligi 
huzuridagi Appelyatsiya kengashi tomonidan va h.k.). Ko‘p hollarda 
davlat idorasi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida, har bir shaxsga o‘z 
huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, 


234 
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining ayriqonuniy xatti-
harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Xo‘jalik nizolarini hal etish uchun alohida sud tizimining 
mavjudligi tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini huquqiy 
himoya qilishni osonlashtiradi va real amalga oshirilishni o‘ziga xos 
kafolati bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda xo‘jalik sudi iqtisodiy sudga 
o‘zgartirildi va iqtisodiy sudlarda tadbirkorlar bilan
bogliq 
ishlarni ko‘rishda
sudlar zamonaviy axborot texnologiyalari izchillik 
bilan joriy etilmoqda. Bu esa tadbirkorlik subyektlari uchun o‘z 
huquqlarini himoya qilishni masofaviy amalga oshirish imkonini 
bermoqda. Shu bilan birga ularnig vaqtini va mablaglarini tejash natijada 
tadbirkor o‘z faoliyatini to‘laqonli shuullanishi uchun shart-sharoit 
yaratiladi.
Konstitutsiya normalari asosida yaratilayotgan shart-sharoitlarda 
mamlakat iqtisodiy rivojining strategik maqsadi, ya’ni bozor 
munosabatlari tizimini shakllantirish va mustahkamlash aniq va ravshan 
belgilab qo‘yilgan edi. Biroq ushbu iqtisodiy tizimni barpo etish yo‘llari, 
davlat va iqtisodiyot o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, davlatni 
iqtisodiyotga huquqiy ta’sir ko‘rsatish shakllari va vositalari hali 
mukammal ishlab chiqilmagan edi. Mana shunday sharoitda 
Konstitutsiyaning XII-bobi jamiyatni iqtisodiy negizi to‘risida 
konstitutsyaviy normalarni o‘zida mujassam etdi. Bugungi kunda ushbu 
normalar mazmunini tahlil etar ekanmiz, ularni nihoyatda zargarona 
aniqlik bilan belgilanganligini e’tirof etish lozim.
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy negizining 
asosida yotadi. Xuddi shu sababli ham Asosiy qonunimizda mulkiy 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qator konstitutsiyaviy 
printsiplar belgilab qo‘yilgan. Birinchi galda O‘zbekiston iqtisodiyoti 
negizini xilma xil shakllardagi mulk tashkil etishi belgilab qo‘yilgan. 
Demak, bundan mamlakatimizda qandaydir mulk shaklini tanho hukmron 
mavqega ega bo‘lmasligi to‘risida xulosa chiqarish mumkin. Bu o‘rinda 
Konstitutsiyada mulk shakllari sanab chiqilmaydi, ularning ro‘yxati 
belgilab qo‘yilmaydi. Bu esa kelgusida istiqbolda vujudga kelishi 
mumkin bo‘lgan u yoki bu mulk shakllariga to‘siqlar qo‘yishni istisno 


235 
etilishini 
anglatadi. 
Konstitutsiyada 
shuningdek, 
barcha 
mulk 
shakllarining tengligi va huquqiy jihatdan bab-baravar himoya etilishi 
kafolatlanishi to‘risida konstitutsiyaviy printsip o‘z ifodasini topgan. 
Ushbu printsip shunchaki deklarativ xarakterga ega bo‘lmasdan, 
keyinchalik 
fuqarolik 
qonunlarida 
yanada 
rivojlantirildi 
va 
muayyanlashtirildi. Davlat – mulkdor, davlat mulki ya’ni ommaviy mulk 
mulkning alohida shakli hisoblanadi.
Biroq davlat na siyosiy hokimiyat subyekti sifatida, na qonun 
chiqarish hokimiyatini sohibi sifatida o‘z mavqeidan foydalangan holda 
ommaviy mulk uchun alohida imtiyozli holatni belgilab bermaydi. 
Aksincha barcha mulk shakllarining teng huquqligi va huquqiy jihatdan 
bab-baravar muhofaza etilishini kafolati sifatida namoyon bo‘ladi.
Konstitutsiyada shuningdek, mulk shakllari orasida xususiy mulk 
shakli to‘risida alohida so‘z yuritiladi. Bir qarashda Konstitutsiyaning 53-
moddasining birinchi va ikkinchi qismlari orasida ziddiyat bordek 
tuyuladi. Agar 53-moddaning birinchi qismida barcha mulk shakllarining 
teng huquqligi rasman bayon etilsa, 53moddaning ikkinchi qismida esa 
mulk shakllari ichida xususiy mulkka alohida e’tibor beriladi. Aslini 
olganda bunday ziddiyat mavjud emas. Chunki, garchi xususiy mulk 
alohida ta’kidlab ko‘rsatilsa ham, Konstitutsiyaning 53-moddasi ikkinchi 
qismi barcha mulk shakllari uchun ta’sir kuchiga ega. Shu bilan birga, 
xususiy mulkka alohida uru berilgani bejiz emas. Chunki, Konstitutsiya 
qabul qilingunga qadar xususiy mulk amalda to‘laqonli huquqiy 
maqomga ega bo‘lmagan. Aksincha, nisbatan yaqin o‘tmishda u 
qoralanib, yuridik jihatdan qonundan tashqari deb e’lon qilingan. Boshqa 
jihatdan olganda esa, aynan xususiy mulk erkin raqobat va shartnomalar 
erkinligi hamda bozor munosabatlarini rivojlantirishning asosiy shartidir. 
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tadbirkorlik subyektlari o‘z 
molmulklariga ega bo‘lishi lozim.
Davlat mulki – ommaviy mulk o‘zining alohida tayinlanish maqsad 
va vazifalariga ega. Bu vazifalar davlatning o‘ziga xos funktsiyalari, ya’ni 
mudofaa, xavfsizlik, sotsial funktsiyalar, davlatni normal faoliyatini 
tashkil etish va shu kabilar bilan uzviy bogliq. Iqtisodiyotda xususiy 
sektor subyektlari tadbirkorlikni asosiy sube’ktlari sifatida namoyon 


236 
bo‘lishi tabiiy. Bundan esa, xususiy mulkni jamiyat iqtisodiy negizini 
rivojlantirishda, bozor tizimi va tadbirkorlikni taraqqiy etishida asosiy 
moddiy-mulkiy manba bo‘lishi to‘risida xulosa kelib chiqadi. Demak, 
qonun chiqaruvchi tomonidan Konstitutsiyaning 53-moddasi ikkinchi 
qismida xususiy mulkka uru berilishi har jihatdan o‘rinli va maqsadga 
muvofiq bo‘lgan. Navbatdagi konstitutsiyaviy printsip mulk daxlsizligi 
bilan bogliq. FKning 166-moddasida mulkdor faqat qonunda nazarda 
tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkinligi 
kafolatlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida va boshqa qator 
qonunlarda mulk huquqini bekor bo‘lish asoslari va tartibi batafsil 
belgilab qo‘yilgan. Mulkdor har qanday holatda emas, balki o‘zining ayri-
huquqiy harakatlari yoki jamiyat manfaatlari taqozosiga ko‘ra, muayyan 
cheklangan holatlardagina o‘z mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin. 
Asosiy qonunimizda mulk huquqini mazmuni va mulkdor vakolatlarini 
amalga oshirish chegarasi belgilab qo‘yilgan. Mulkdor vakolatlari, eng 
avvalo, o‘z mol - mulkiga o‘z xohishiga ko‘ra egalik qilish, foydalanish, 
tasarruf qilishda namoyon bo‘ladi. Biroq, mulkdor vakolatlari mutlaqo 
chegarasiz emas. Mulkdor o‘z mol -mulkidan foydalanish jarayonida 
ekologik muhitga zarar etkazmasligi, boshqa subyektlarni huquqlari 
hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
Konstitutsiyada jamiyat iqtisodiy negizlari bilan bogliq yana bir 
konstitutsiyaviy printsip bu - iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat 
qilish erkinligi printsipi hisoblanadi. Iqtisodiy faoliyat erkinligining 
mohiyati shundan iboratki, fuqarolar va yuridik shaxslar qonunlarda 
ta’qiqlanmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bilan shuullanishlari 
mumkin. Ushbu iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchisi tomonidan foyda 
olish maqsadi ko‘zda tutilsa tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Agarda 
bunday maqsadni ko‘zlamasa hayriya, birgalikdagi faoliyat va shu kabi 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati erkinligi 
fuqaro yoki tijoratchi yuridik shaxsga qonunda ta’qiqlanmagan har 
qanday faoliyat sohasi bo‘yicha tadbirkorlikni amalga oshirish imkonini 
beradi. Biroq har qanday iqtisodiy faoliyatni, tadbirkorlikni va mehnat 
faoliyatini amalga oshiruvchi har bir subyekt o‘z faoliyati natijalaridan 


237 
bahramand bo‘luvchi iste’molchilar huquqi ustunligini unutmasliklari 
lozim. Bozor sharoitida har qanday mehnat faoliyati, tadbirkorlik faoliyati 
va iqtisodiy faoliyat pirovard natijasi iste’molchilarning muayyan 
ehtiyojlarini qanoatlantirish hisoblandi. Binobarin, ushbu tamoyilni 
davlatning iqtisodiyotni tartibga solishda qat’iy amalga oshirishi shart 
bo‘lgan o‘ziga xos konstitutsiyaviy printsip sifatida e’tirof etish o‘rinli 
bo‘lur edi. Yuqoridagi konstitutsiyaviy printsiplar iqtisodiyotni tartibga 
soluvchi har qanday qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar mazmunida 
yotuvchi asosiy rahbariy qoida bo‘lib qolishi, ularni Konstitutsiyaga to‘liq 
muvofiqligini ta’minlovchi asosiy yuridik shart hisoblanadi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin