2-§. Sudgacha sanatsiya qilish, kuzatuv va sud sanatsiyasi
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari va sudgacha sanastiya
qilish. To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari - qarzdor yuridik
shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqishda
quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi: kuzatuv; sud sanastiyasi; tashqi
boshqaruv; tugatishga doir ish yuritish.
109
Qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi
ishni ko‘rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi: qarzni
tarkibiy jihatdan o‘zgartirish; bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi
to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish tartib-
taomili qo‘llaniladi.
Suddan tashqari bajariladigan tartib-taomillar suddan tashqari
bajariladigan tartib-taomillar sudgacha sanastiya qilishni, yoki qarzdorni
ixtiyoriy ravishda tugatishni (faoliyatini tugatishni) o‘z ichiga olishi
mumkin.
Sudgacha sanastiya qilish - sudgacha sanastiya qilish to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilguniga qadar amalga oshiriladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi qonunning 5-moddasi birinchi
qismida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga
kelgan taqdirda, qarzdorning rahbari bu haqda qarzdorning muassislariga
(ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdor mol-mulkining
egasiga yozma shaklda xabar qilishi shart.
To‘lovga qobiliyatsizlikning oldini olish maqsadida qarzdorning
muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulki
egasining qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘grisidagi arizasi
sudga taqdim etilguniga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan
soglomlashtirishga qaratilgan choratadbirlar ko‘riladi. Qarzdorni
moliyaviy jihatdan soglomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor
bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan
ham ko‘rilishi mumkin.
Sudgacha sanastiya qilishga oid huquqiy munosabatlarning ob’ekti
va subyektlari mavjud bo‘lib, ular sudgacha sanastiya qilishning ob’ekti
qarzdor yuridik shaxs bo‘lishi va sudgacha sanastiya qilishning
subyektlari
sifatida
qarzdor
yuridik
shaxsning
muassislari
(ishtirokchilari), qarzdor mol-mulkining egasi, davlat organlari va boshqa
shaxslar bo‘lishi mumkin.
Sudgacha
sanastiya
qilishning
asosiy
chora-tadbirlari
quyidagilardan iborat:
110
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘liq yoki
qisman sotib olish; ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot
chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish; chetdan yuqori malakali
mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish; qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda
faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish;
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun kreditorlarga
to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib
to‘lash yoxud qarzlardan chegirma berish to‘grisida qarzdor va kreditorlar
o‘rtasida kelishuvga erishishga qaratilgan bitim;
soliqlar hamda yigimlarni to‘lashni va kreditlarni qaytarishni
sudgacha sanastiya qilish muddatiga kechiktirish; qarzdor yuridik shaxsni
qayta tashkil etish.
Sudgacha sanastiya qilish tartib-taomilida boshqa chora-tadbirlar
ham bo‘lishi mumkin.
Sudgacha sanastiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan
holda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshirilishi
mumkin.
Sudgacha sanastiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan
holda o‘tkazish tartibi qonunchilik asosida tartibga solinadi.
Masalan, sudgacha sanastiya qilish qarzdorga davlat tomonidan
yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazilayotganda qarzdorga uning xizmat
ko‘rsatib kelayotgan bankdagi ishlab turgan hisobvaraqlari to‘xtatib
qo‘yilib, so‘mlardagi va (yoki) valyutadagi sanastiya hisobvaragi
ochiladi. Sanastiya hisobvaragidan foydalanish tartibi qonunchilikda
belgilanadi.
Sudgacha sanastiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan
holda o‘tkazish muddati o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga
joriy etiladi. Agarda davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha
sanastiya qilish tartib-taomili uning samarasizligi aniqlangan holda ushbu
muddat bekor qilinishi mumkin.
111
Kuzatuv institutining joriy etilishidan ko`zlangan maqsad,
kreditorlar manfaatlarini himoya qilish, qarzdor mol-mulkini talon-taroj
qilinishini oldini olish va qonunda belgilangan vakolatlarni amalga
oshirishdan iborat. Kuzatuv 78-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy
etish - to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilganda kuzatuv
tartib-taomili sud qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizani ish yuritishga
qabul qilgan sanadan e’tiboran joriy etadi. Bundan ushbu Qonunga
muvofiq qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikning boshqa tartib-
taomili qo‘llanilishi kerak bo‘lgan hollar mustasno. To‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilgan taqdirda sudning arizani ish
yuritishga qabul qilish to‘grisidagi ajrimida kuzatuv tartib-taomili joriy
etilganligi ko‘rsatiladi.
Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari - kuzatuv tartib-
taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran: mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro
hujjatlarini ijro etish to‘xtatib turiladi, bundan ish haqi bo‘yicha,
mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlarni, alimentlarni to‘lash bo‘yicha
qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayotga yoki sogliqqa
etkazilgan zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensastiya
qilish to‘grisidagi, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar
qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro
etish mustasno. Sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va to‘lovga
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini
ijro etishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi; qarzdor yuridik shaxs
muassislarining (ishtirokchilarining) uning tarkibidan muassislari
(ishtirokchilari) chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-
mulkidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qanoatlantirish
taqiqlanadi;
emissiya qimmatli qogozlari bo‘yicha dividendlar va boshqa
to‘lovlarni to‘lash taqiqlanadi.
Qarzdordan pul mablaglarini olish to‘grisidagi talablar qarzdorga
talablar qo‘yishning faqat ushbu Qonunning 87-moddasida belgilangan
tartibiga rioya etilgan holda qo‘yilishi mumkin.
112
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan sanadan
e’tiboran, qarzdorning kontragenti tomonidan shartnomalarni bajarishni
bir tomonlama rad etishga yoki ularni bir tomonlama o‘zgartirishga, agar
bu taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan bo‘lsa ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha
kelishmovchiliklar
bo‘lgan
taqdirda,
qarzdor
kontragentining
shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘grisidagi talabi sud
tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish doirasida ko‘rib
chiqiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish jarayonida
qarzdor shartnomani bajara olishi va shartnoma bo‘yicha majburiyatlar
bajarilishining kechikishini bartaraf etishi mumkinligi to‘grisida dalillarni
(fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa kreditor yoki uchinchi
shaxs tomonidan majburiyatlarning ta’minlanishi shunday dalillar sifatida
qabul qilinishi mumkin) taqdim etgan taqdirda, sud shartnomani
o‘zgartirishni yoki bekor qilishni rad etishga haqli.
Agar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish masalasi sud
sanastiyasi rejasini va qarzni to‘lash jadvalini yoki tashqi boshqaruv
rejasini tasdiqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, sud kreditorlar
yigilishi o‘tkazilishini shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish
to‘grisidagi talab ko‘rib chiqilguniga qadar kechiktirishga haqlidir.
Talablarni o‘zaro hal etishda qarzdorning pul majburiyatlarini
qarama-qarshi muqobil talabni o‘zaro hal etish orqali tugatishga, bundan
ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno,
faqat quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi, agar: qarzdor va kreditorning pul
majburiyatlari bo‘yicha talablari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni
yuritishni boshlashdan oldin yuzaga kelgan bo‘lsa; qarzdor va
kreditorning pul majburiyatlari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish
yuritish boshlanguniga qadar tuzilgan bitimlar natijasida vujudga kelgan
va ushbu majburiyatlarni talab qilish davri to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisidagi ishni yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan bo‘lsa
yoki talablarning vujudga kelish sanasi va muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi Qonunning 150 va 185-
moddalari qoidalari o‘zaro talablarni ko‘rib chiqishda inobatga
113
olinmaydi. Taraflardan biri majburiyatlarni tugatish to‘grisida ma’lum
qilsa, taraflarning qarama-qarshi talablari bir-biriga mos kelgan kundan
e’tiboran kuchga kirgan, ya’ni majburiyatni bajarish muddati o‘tgan
paytdan e’tiboran majburiyatlar, to‘lash uchun ariza tushgan-
tushmaganligidan yoki qabul qilingan-qilinmaganligidan qat’i nazar,
tugatilgan deb hisoblanadi.
Qarzdorning pul majburiyatlarini qarama-qarshi muqobil talabni
o‘zaro hal etish orqali tugatishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi,
agar: qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilgandan
keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari bo‘yicha talablari (yoki qarzdorga
nisbatan shunday talablar), agar bu kreditorlarning huquqlari buzilishiga
olib kelsa; qarzdorning (yoki qarzdorga) pul majburiyatlari bo‘yicha
talablari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatilguniga qadar
insofsizlik bilan olingan bo‘lsa. Agar talab qilish huquqini oluvchi shaxs
qarzdorda to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganligini bilgan
yoki bilishi kerak bo‘lgan holda ushbu talab qilish huquqi olingan bo‘lsa,
u insofsizlik bilan olingan deb taxmin qilinadi. Aks holda faktni isbotlash
talab qilish huquqini sotib oluvchining zimmasiga yuklatiladi. Agar
majburiyatdagi shaxs o‘zgarganligi natijasida talablar qarama-qarshi
talablarga aylangan bo‘lsa, ularning yuzaga kelish vaqti bunday o‘zgarish
sanasidan ilgari bo‘lishi mumkin emas.
O‘zaro hisob-kitob orqali qarama-qarshi muqobil talab qilish
to‘grisidagi ariza kreditor, qarzdor yoki tugatish boshqaruvchisi
tomonidan berilishi mumkin.
Qarzdorning qarama-qarshi muqobil talabini o‘zaro hal etish orqali
pul majburiyatlarini tugatish to‘grisidagi nizolar ushbu Qonunning 60-
moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar
o‘zaro hisob-kitoblarning shartlari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi
ish qo‘zgatilguniga qadar olti oy ichida yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘zaro
hisob-kitob yuzasidan faqat kreditorlarning insofsiz harakatlari sodir
etilgan taqdirda nizolashish mumkin.
Agar qarzdorning talablari qiymatidan ancha past narx bo‘yicha
olinganligi,
shuningdek
shaxsning
majburiyatlari
oqilona
pul
kompensastiyasisiz (shu jumladan qarzni o‘tkazish orqali) zimmaga
114
olinganligi oxir-oqibatda qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘grisida ish qo‘zgatilishiga sabab bo‘lsa, bu kreditorning insofsizligi
dalili bo‘lishi mumkin.
Kuzatuv
tartib-taomili
jarayonida
qarzdor
huquqlarining
cheklanishi - kuzatuv tartib-taomilining joriy etilishi qarzdorning
rahbarini hamda qarzdorning ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi
qismlarida belgilangan cheklovlar bilan o‘z vakolatlarini amalga
oshirishni
davom
ettirayotgan
boshqa
boshqaruv
organlarini
chetlashtirish uchun asos bo‘lmaydi.
Kuzatuv tartib-taomillari jarayonida qarzdorning boshqaruv
organlari qo‘yidagilarni amalga oshirishga haqlidrlar:
ko‘chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu
mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish bilan bogliq bitimlarni;
yirik bitimlarni;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va
kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan o‘zga shaxs foydasiga voz
kechish, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek qarzdorning mol-
mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogliq bitimlarni
faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishi
mumkin.
Kuzatuv tartib-taomillari jarayonida qarzdorning boshqaruv
organlari quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas: qarzdorni qayta
tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, ajratib chiqarish, bo‘lish,
o‘zgartirish) va tugatish to‘grisidagi qaror; yuridik shaxslarni tuzish
haqidagi yoki boshqa yuridik shaxslarning ishtiroki to‘grisidagi qaror;
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish to‘grisidagi qaror;
dividendlar to‘lash yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning
muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlash to‘grisidagi qaror;
qarzdor tomonidan obligastiyalar va boshqa emissiya qogozlarini
joylashtirish to‘grisidagi qaror, bundan akstiyalar chiqarish haqidagi
qaror mustasno; ilgari chiqarilgan akstiyalarni akstiyadorlardan sotib
olish to‘grisidagi qaror.
115
Kuzatuv tartib-taomillari jarayonida muvaqqat boshqaruvchini
tayinlash - muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar yoki vakolatli davlat
organi yoxud sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan
nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi.
Sudning muvaqqat boshqaruvchini tayinlash to‘grisidagi ajrimida
unga to‘lanadigan haq miqdori va uni to‘lash tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi
kerak xamda muvaqqat boshqaruvchiga to‘lanadigan haq miqdori
kreditorlar yigilishining qarori asosida sud tomonidan o‘zgartirilishi
mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish
to‘grisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo‘lib, muvaqqat
boshqaruvchining uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish to‘grisidagi
iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda sud kreditorlar taklif etgan
nomzodlar orasidan yangi muvaqqat boshqaruvchini tayinlaydi. Agarda
muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud
muvaqqat
boshqaruvchini
vakolatli
davlat
organi
yoki
sud
boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan
tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchi yangi muvaqqat boshqaruvchi
tayinlanguniga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettiradi.
Kuzatuv tartib-taomillari jarayonida muvaqqat boshqaruvchining
huquqlari - muvaqqat boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘grisida, shuningdek qarzdor
tomonidan qonunchilikda belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan
yoki ijro etilgan o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlarning haqiqiy
emasligi oqibatlarining qo‘llanilishi haqida sudga o‘z nomidan talablar
qo‘yishga;
ushbu Qonunning 79-moddasida nazarda tutilgan hollarda kuzatuv
tartib-taomili davrida kreditorlarning talablarini bajarishga e’tirozlar
bildirishga;
kreditorlarning talablari bo‘yicha qarzdorning taqdim etilgan
e’tirozlari asosliligini sudya tomonidan tekshirishda ishtirok etishga;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash yuzasidan
qo‘shimcha choralar ko‘rish haqidagi, shu jumladan ushbu Qonunning
81-moddasida nazarda tutilmagan bitimlarni muvaqqat boshqaruvchining
116
roziligisiz tuzishni taqiqlash to‘grisidagi, mol-mulkni saqlash uchun
uchinchi shaxslarga berish haqidagi, shuningdek bunday choralarni bekor
qilish to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etishga;
qarzdorning rahbarini vazifalarini bajarishdan chetlashtirish
to‘grisida sudga iltimosnoma bilan murojaat etishga;
qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborot va hujjatlarni
olishga va muvaqqat boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Boshqaruv organlari muvaqqat
boshqaruvchining talabiga binoan unga qarzdorning faoliyatiga taalluqli
har qanday axborotni taqdim etishlari shart.
Kuzatuv tartib-taomillari jarayonida muvaqqat boshqaruvchining
majburiyatlari - muvaqqat boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash choralarini
ko‘rishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi; qarzdorning
kreditorlarini aniqlashi va kreditorlarning talablari reestrini yuritishi,
qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi haqida
kreditorlarni xabardor qilishi;
kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va
(yoki) o‘z faoliyati to‘grisidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim
etishi;
kreditorlarning birinchi yigilishini chaqirishi va o‘tkazishi
shart, shuningdek, muvaqqat boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi kuzatuv tartib-taomili tugagandan keyin,
lekin sud majlisining belgilangan sanasiga kamida besh kun qolganda
sudga o‘z faoliyati haqidagi hisobotni, qarzdorning moliyaviy ahvoli
to‘grisidagi ma’lumotlarni hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash
mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi takliflarni, kreditorlarning
birinchi yigilishi bayonnomasini ushbu Qonunning 16moddasida nazarda
tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili
joriy etilganligi haqidagi xabarni muvaqqat boshqaruvchi o‘zi
tayinlangan paytdan e’tiboran uch kun ichida ommaviy axborot
117
vositalarida ushbu Qonunning 53moddasida nazarda tutilgan tartibda
e’lon qilish uchun yuborishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchi ish haqi bo‘yicha qarzni to‘lash talabini
qo‘yadigan kreditorlardan tashqari qarzdorning aniqlangan barcha
kreditorlarini qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi
to‘grisida sud ajrim chiqarganligi haqida kuzatuv tartib-taomili joriy
etilganligiga oid xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘n kundan
kechiktirmay xabardor qilishi shart. rahbariqarzdorning xodimlarini,
muassislarini (ishtirokchilarini) yoki qarzdor mol-mulkining egasini
qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi sud
ajrimini olgan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay xabardor
qilishi shart.
Ish haqi bo‘yicha qarzni to‘lash talabini qo‘yadigan kreditorlardan
tashqari kreditorlarga kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligini xabar
qilish kreditor tomonidan xabar olingan sanani belgilay olish imkoniyatini
beradigan usulda xabar yuborish orqali amalga oshiriladi. Ish haqi
bo‘yicha qarzni to‘lash talabnomalari yuzasidan kreditorlarni xabardor
qilish qarzdor xodimlarining umumiy yigilishini chaqirish va o‘tkazish
orqali amalga oshiriladi. Qarzdorning muassislarini (ishtirokchilarini)
xabardor qilish muassislar (ishtirokchilar) umumiy yigilishini chaqirish
yoki yuridik shaxsning qonunchilikka yoxud ta’sis hujjatlariga muvofiq
muassislarning (ishtirokchilarning) umumiy yigilishini chaqirish
huquqiga ega bo‘lgan organiga qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili
joriy etish haqida xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi
xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi),
joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan
taqdirda);
qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish
to‘grisida ajrim chiqargan sudning nomi, bunday ajrim chiqarilgan sana
va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishning tartib raqami;
tayinlangan muvaqqat boshqaruvchining familiyasi, ismi,
otasining ismi va uning pochta manzili;
118
sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni
ko‘rib chiqish yuzasidan belgilangan sud majlisining sanasi, vaqti va joyi;
xabarni jo‘natuvchining (muvaqqat boshqaruvchining yoki
qarzdor rahbarining) xohishiga ko‘ra boshqa axborot.
Qarzdrning moliyaviy ahvolini tahlil etish - qarzdorning moliyaviy
ahvolini tahlil etish qarzdorning mol-mulki sud xarajatlarining, sud
boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun
etarliligini, shuningdek qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash
mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini, shu
jumladan qarzdorning mol-mulki bo‘lsa, shu mol-mulkni inventarizastiya
qilish natijalarini va mulk huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini
tasdiqlovchi hujjatlarni tahlil qilish asosida qarzdorning to‘lov
qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘grisidagi
takliflarni, to‘lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartibtaomillarini joriy
etish maqsadga muvofiqligini asoslantiruvchi ma’lumotlarni tayyorlaydi.
Muvaqqat boshqaruvchi moliyaviy tahlil natijasida qarzdorning
oliyaviy ahvoli to‘grisida quyidagi xulosalardan birini tayyorlaydi:
to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlanmaganligi to‘grisida; agar
vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa, to‘lov qobiliyatini
tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etishning asoslari mavjudligi
to‘grisida; agar doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa,
to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati mavjudligi yoki mavjud emasligi
to‘grisida.
Qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Muvaqqat
boshqaruvchi
qarzdorning
moliyaviy
ahvolini
aniqlash
uchun
ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etishi mumkin.
Kreditorlar talablarining miqdorini belgilash - kreditorlarning
birinchi yigilishida ishtirok etish uchun qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-
taomili joriy etilganligi to‘grisidagi axborot ommaviy axborot
vositalarida e’lon qilingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida kreditorlar
o‘z talablarini qarzdorga taqdim etishga haqli. Kreditorlarning talablari
kreditorlar tomonidan sud hujjatini yoki ushbu talablarningasosliligini
119
tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda sudga, qarzdorga va
muvaqqat boshqaruvchiga yuboriladi.
Kreditorlarning aniqlangan deb e’tirof etish uchun asosga ega
bo‘lgan talablariga nisbatan qarzdor o‘z e’tirozlarini sudga quyidagi
hollarda yuborishga haqli, agar: kreditor tomonidan talabni aniqlangan
deb hisoblash uchun asos sifatida taqdim etilgan sud hujjatini bekor
qiluvchi yoki o‘zgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini
to‘xtatib turuvchi yoxud ijrosi usulini va tartibini o‘zgartiruvchi qonuniy
kuchga kirgan sud hujjati mavjud bo‘lsa; kreditor tomonidan talabni
aniqlangan deb e’tirof etish uchun asos sifatida taqdim etilgan hujjatni
(qarzni tan olish, notariusning ijro xati va boshqalar) bekor qiluvchi yoki
o‘zgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini to‘xtatib turuvchi
hujjat mavjud bo‘lsa; kreditor tomonidan talabni aniqlangan talablar
jumlasiga kiritish dalili sifatida taqdim etilgan hujjat bo‘yicha qarzni
to‘lash muddatlarini, tartibini va shartlarini o‘zgartirish to‘grisida qarzdor
va kreditor o‘rtasida bitim tuzilgan bo‘lsa; qarzdor qarzni to‘liq yoki
qisman to‘lagan bo‘lsa; talab bildirilgan majburiyatdagi shaxsning
o‘zgarganligiga dalillar mavjud bo‘lsa.
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning ushbu Qonunga muvofiq
aniqlangan deb e’tirof etiladigan talablariga o‘z e’tirozlarini, agar
muvaqqat boshqaruvchida qarzdorning qarzni tan olish bo‘yicha
harakatlari boshqa kreditorlarning huquqlarini hamda qonuniy
manfaatlarini buzadi va (yoki) asossiz deb hisoblash uchun etarli asoslar
bo‘lsa, sudga yuborishga haqli.
Qarzdorning, muvaqqat boshqaruvchining
kreditorlar
talablariga e’tirozlari tegishli talablar olingan paytdan e’tiboran bir
haftalik muddat ichida sudga taqdim etilishi mumkin. Kreditorlarning
talablari, agar ular ustidan e’tirozlar tushgan bo‘lsa, sud majlisida ko‘rib
chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni
kreditorlarning talablari reestriga kiritish yoki kiritishni rad etish
to‘grisida sudning ajrimi chiqariladi. Kreditorning qarzdor yoki muvaqqat
boshqaruvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda e’tirozlar taqdim
etilmagan talabi kreditorlarning talablari reestriga kreditor tomonidan
bildirilgan miqdorda kiritiladi.
120
Kreditorlarning talablari asossiz yoki lozim darajadagi dalillar bilan
tasdiqlanmagan deb topilsa, kreditorlarning tegishli arizalari qaytarilishi
lozim. Mazkur talablar to‘lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-
taomillarini amalga oshirish jarayonida taqdim etilishi mumkin.
Kreditor muvaqqat boshqaruvchining yoki sudning o‘z talablarini
kreditorlar talablari reestriga kiritishni rad etish to‘grisidagi qarori ustidan
shikoyat berishi mumkin. Kreditorlarning birinchi yigilishini chaqirish -
muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning birinchi yigilishi o‘tkaziladigan
sanani belgilaydi va bu haqda barcha aniqlangan kreditorlarni, qarzdor
xodimlarining vakilini, shuningdek kreditorlarning birinchi yigilishida
ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarni (organlarni)
xabardor qiladi. Kreditorlarning birinchi yigilishini o‘tkazish to‘grisida
xabardor qilish ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tartibda
muvaqqat boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Kreditorlarning
birinchi yigilishi qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish
qo‘zgatish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi to‘grisidagi sud
ajrimida sud majlisini o‘tkazishning belgilangan sanasiga kamida besh
kun muddat qolganida o‘tkazilishi kerak.
Talablari ushbu Qonun 87-moddasining birinchi qismida nazarda
tutilgan tartibda taqdim etilgan va kreditorlarning talablari reestriga
kiritilgan kreditorlar kreditorlar birinchi yigilishining ovoz berish
huquqiga ega bo‘lgan ishtirokchilaridir. Kreditorlarning birinchi
yigilishida qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor
mol-mulki egasining vakili, qarzdor xodimlarining vakili ovoz berish
huquqisiz ishtirok etishi mumkin. Kreditorlar yigilishida mazkur
shaxslarning yo‘qligi yigilishni haqiqiy emas deb topish uchun asos
bo‘lmaydi.
Kreditorlarning birinchi yigilishida ko‘riladigan masalalar -
kreditorlarning birinchi yigilishida quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar
qabul qilinadi:
sud sanastiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy
etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘grisida;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni
boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘grisida;
121
kreditorlar qo‘mitasi a’zolarining soni va ularni saylash
to‘grisida; sanastiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining
yoki tugatuvchi boshqaruvchining nomzodlarini ma’qullash to‘grisida;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalar bo‘yicha.
Kreditorlar birinchi yigilishining sud sanastiyasi tartib-taomilini
joriy etish haqida sudga murojaat qilish to‘grisidagi qarorida sud
sanastiyasi tartibtaomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni
to‘lashning ma’qullangan jadvali bo‘lishi kerak.
Sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan
sudga murojaat etish to‘grisida qaror qabul qilgan kreditorlarning birinchi
yigilishi muvaqqat boshqaruvchini o‘z vazifalarini bajarishdan ozod
qilish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etishga haqli. Kreditorlar
yigilishining sudga beriladigan mazkur iltimosnomasida sanastiya
qiluvchi boshqaruvchi etib tayinlash uchun nomzod taklif qilinishi
mumkin.
Kreditorlar birinchi yigilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini
joriy etish, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni
boshlash haqida sudga murojaat qilish to‘grisidagi qarorida tashqi
boshqaruv tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va tashqi
boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi ma’lumotlar bo‘lishi
kerak.
Kuzatuv tartib-taomilini tugatish - sud kreditorlarning birinchi
yigilishi qarori asosida, agar ushbu moddada boshqacha qoida
belgilanmagan bo‘lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish
yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi yoki sud sanastiyasini
yoxud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi
yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi
ishni yuritishni tugatadi.
Agar kreditorlarning birinchi yigilishida to‘lovga qobiliyatsizlik
tartib-taomillaridan birini qo‘llash haqida qaror qabul qilinmagan bo‘lsa
yoki sudga uning qarorlaridan hech biri ushbu Qonunning 16-moddasida
belgilangan muddatda taqdim etilmagan bo‘lsa, sud doimiy to‘lovga
qobiliyatsizlik alomatlari bo‘lgan taqdirda, agar ushbu moddada
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, qarzdorni bankrot deb topish va
122
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi.
Doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda,
sud qarzdorning faoliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish
to‘grisidagi masalani kreditorlar yigilishida ko‘rib chiqish uchun taqdim
etilgan materiallarni qaytaradi.
Agar kreditorlarning birinchi yigilishi tomonidan qarzdorni bankrot
deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma
bilan sudga murojaat etish to‘grisida qaror qabul qilingan bo‘lsa yoxud
sudga uning qarorlaridan hech biri taqdim etilmagan bo‘lsa, sud qarzdor
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining,
vakolatli
davlat
organining,
shuningdek
uchinchi
shaxsning
(shaxslarning)
iltimosnomasiga
binoan,
arizachilar
tomonidan
qarzdorning majburiyatlari ijrosining qarzni to‘lash jadvaliga muvofiq
ta’minoti taqdim etilgan taqdirda, sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy
etish to‘grisida ajrim chiqarishga haqli.
Sanastiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi yoxud
tugatish boshqaruvchisi tayinlanguniga qadar uning vazifasini bajarish
ilgari muvaqqat boshqaruvchi vazifasini bajarib turgan shaxs zimmasiga
to‘la hajmda yuklatiladi. Sud tomonidan qarzdor bankrot deb topilgan va
tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanastiyasi yoxud tashqi
boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan
paytdan e’tiboran kuzatuv tartib-taomili tugatiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi qonunning 9-bobi xo‘jalik
yurituvchi subyektlar shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining
bankrot deb topilishi sababli sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etishga
oid qonun talablarini belgilaydi. Ushbu jarayon o‘ziga xos tartibda
birinchidan, sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘grisidagi
iltimosnoma kiritish orqali amalga oshiriladi.
Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor, qarzdorning muassislari
(ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi
shaxs (shaxslar) sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga
murojaat qilish to‘grisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi
yigilishiga yoxud sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi
iltimosnoma bilan bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
123
Qarzdorning sud sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘grisidagi
iltimosnomasiga sud sanastiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan
muddati va qarzni to‘lash jadvali ko‘rsatilgan holda qarzdorning sud
sanastiyasi rejasi ilova qilinishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |