Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

to‘lovga qobiliyatsizlik — sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul 
majburiyatlari 
bo‘yicha 
kreditorlar 
talablarini 
to‘la 
hajmda 
qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z 
majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi e’tirof etilgan. 
Qonunnig 
5-moddasida 
To‘lovga 
qobiliyatsizlik 
alomatlari 
quyidagilardan iboratligi belgilangan: 
vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik — agar tegishli majburiyatlar 
yuzaga kelgan sanadan e’tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan 
bajarilmagan bo‘lsa, shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga 
tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, 
sudga murojaat etish sanasida qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha 
kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda 
yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi; 
doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish sanasidagi 
va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning 
birinchi choragida berilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning boshidagi hisobot 
davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib 
ketgan bo‘lsa. 
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilayotganda, 
jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga 
qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilmaydi. 


99 
Kreditorlarni talablarini qondirish navbati O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 56 moddasida belgilangan bo‘lib, birinchi 
navbatda, fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib 
chiqadigan 
talablari 
qondiriladi. 
Mazkur 
qoidani 
belgilashda 
mamlakatimizda fuqarolar mehnatini muhofaza qilish va Mehnat kodeksi 
normalari inobatga olingan. Ikkinchi navbatda alimentlarni undirishdan va 
mualliflik shartnomalari bo‘yicha mukofot to‘lash haqidagi talablar, 
uchinchi navbatda esa tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo‘lgan 
fuqarolarning hayotiga va sogligiga zarar etkazilganligi uchun berilgan 
talablari tegishli vaqtbay to‘lovlarni kapitallashtirish yo‘li bilan 
qanoatlantiriladi. Mana shunday hayot va sogliqqa etkazilgan zarar uchun 
belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan 
taqdirda, tegishli to‘lovlar ularni qonun hujjatlarida belgilangan 
qoidalarga ko‘ra jabrlanuvchiga to‘lash uchun kapitallashtirilishi lozim. 
Tugatilayotgan yuridik shaxsning molmulki yo‘qligi yoki etarli emasligi 
sababli to‘lovlarni kapitallashtirish mumkin bo‘lmagan hollarda, 
belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan qonunda nazarda 
tutilgan tartibda to‘lanadi. (1015 m.) Har bir navbatdagi talab oldingi 
navbatdagi talablar qanoatlantirilgandan so‘ng amalga oshiriladi. 
Boshqa kreditorlarning talablari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda qanoatlantiriladi. (O‘z.R. FK 56- modda.) Biz yuqorida qayd etib 
o‘tgan fuqarolarning talablari to‘liq qondirilgandan keyin, qolgan 
molmulk quyidagi tartibda taqsimlanadi: birinchidan, shu molmulk 
qiymatidan sud qarorida kimning talabi birinchi bo‘lib qondirilishi 
ko‘rsatilgan bo‘lsa, shu kreditorlarning qarzlari to‘lanadi; ikkinchidan, 
qolgan molmulk qiymatidan talabnoma taqdim etish muddati o‘tib 
ketgandan so‘ng, berilgan talablar qondirilishi mumkin.
Barcha kreditorlar bilan hisob kitob ishlari nihoyasiga etkazilgandan 
so‘ng, tugatishning yakunlovchi bosqichi boshlanadi.
Tugatish komissiyasi muassislar va ishtirokchilar bilan kelishib, 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan tugatish 
balansini tuzadi . Yuridik shaxsning kreditorlari talablari qondirilgandan 
keyin qolgan molmulk uning shu molmulkka ashyoviy huquqlarga yoki 
ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega bo‘lgan 


100 
muassislariga va ishtirokchilariga topshiriladi. Shundan so‘ng yuridik 
shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat 
reestriga kiritilib yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik 
shaxsning maxsus huquq layoqati esa tugagan hisoblanadi.
Mazkur yuridik shaxsni tugatish bosqichlari birbiri bilan 
chambarchas bogliq, biri ikkinchisini to‘ldirib boradi. Birontasining to‘gri 
bajarilishiga e’tibor berilmasa, tugatish jarayonining aniq va izchil 
amalga oshirilishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin