I. 4. O'quvchilarni darsdan tashqari fan to'garaklari va fizik kechalarini
tashkillashtirish.
Fizikadan o’tkaziladigan to’garak ishining eng qimatlisi shuki, bunda
o’quvchilar o’z bilimlarini amalda qo’llashni o’rganadilar, hayotga ishlab chiqarish
mehnatida ishtirok etishga tayyorlanadilar.
Fizika to’garagining mazmuni masalasi eng muhim hisoblanadi. Ko’pincha
o’qituvchi to’garak uchun qandaydir qisqa, texnik sohalarni-radiotexnika,
kinotexnika va xokazolarni tanlaydi. Fizika o’qituvchisi rahbarlik qiladigan
to’garak ishi o’quvchilarning to’garakdagi ishini fizikani o’qitish bilan to’laroq
bog’lash imkoniyati bo’lishi uchun ko’proq fizika va texnika tematikasi bo’yicha
olib boriladi. Fizika-texnika to’garagini tashkil etish bilan o’qituvchi
o’quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olishi, rejalashtirayotgan to’garak
faoliyatini ular bilan birga tashkillashtirishi, mavzularning zamonaviyligi katta
ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, o’quvchilarni avtomatika, radio, yadro energiyasi,
yarim o’tkazgichlar, raketa-texnikasi, kosmanavtika informatika kabi masalalar
qiziqtiradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan to’garak ishlari o’quvchilarni ayniqsa,
qiziqtiradi.
To’garak-bu sinfdan tashqari ishning muntazam shaklidir. Unda avvaldan
tayyorlangan dastur asosida o’quvchilar qo’shimcha mahlumotlar to’plamini
oladilar, mavjud bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtiradilar, hamda
mustahkamlaydilar. Fizika to’garaklari tartibli ravishda o’tkaziladigan mashg’ulot
hisoblanadi.
To’garak a'zolari o’zgarmas bo’lib, to’garak a'zolarining umumiy majlislarida
qabul qilingan dastur va jadval bo’yicha ishlaydi.
O’qituvchiga darsga nisbatan sinfdan tashqari mashg’ulotni o’tkazish
qiyinroq sinfdan tashqari ish o’qituvchidan katta ijodiy tashabbuskorlikni va
amaliy tayyorgarlikni talab qiladi.
Fizika o’qitishdagi ilg’or metodlar, yangiliklar sinfdan tashqari
mashg’ulotlarda paydo bo’lgani tasodifiy emas.
19
Frontal laboratoriya ishlari, fizikadan praktikum ishlari, eksperimental
masalalar, o’quv filmlaridan foydalanish sinfdan tashqari mashg’ulotlar orqali
kiritilgan, ya'ni fizika xonasini elektr simlarini o’tkazib jihozlash, qo’ng’iroqlarni
avtomatik chalish, magnitofonni o’chirish, ulashni avtomatik boshqarish, maktabni
radiolashtirish, radiouzel orqali chiqib o’quvchilarga murojaat qilish va h. k.
To’garak g’oyalarini o’quvchilar yaxshi tushunib olishlari, to’garak olib
borilayotgan ish mavzusini yaxshi o’rganishlari uchun maktab fizika to’garagining
bosh mavzusi kelajagi bor, uzoqroq muddatga (bir yilga yoki bir necha yilga)
mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Fizikadan to’garak maktab rahbarining buyrug’iga binoan tashkil etiladi.
O’quv yili boshida fizika o’qituvchisi maktabda fizikadan to’garak tashkil
etilayotganligini, to’garakning bir necha tematikasi, o’tkazilish kuni, o’tkazilish
vaqti, xonasi haqida bir necha kun avval e'lon yozib qo’yadi. To’garak a’zolari 10-
15 kishidan iborat bo’lishi kerak. o’qituvchi o’quvchilar qiziqishini hisobga olib,
mavjud bo’lgan to’garak dasturlaridan o’quvchilar hoxishi bilan birini tanlaydi.
O’qituvchi o’quvchilar bilan to’garakni qaysi kuni qanday vaqt oralig’ida
o’tkazilish kerakligini kelishib olishadi.
To’garak texnikaning so’nggi yutuqlari asosida tashkil etilishi shunga asosan
fizika va texnika to’garagi nomi berilishi ham mumkin. Bu holda to’garak dasturi
fizika, kosmanavtika, informatika, radiotexnika, elektrotexnikaning so’nggi
yutuqlari asosida tashkil etiladi va o’tkaziladi.
Quyida fizikadan tashkil etilgan va o’tkazilgan bir necha to’garaklar dasturini
keltiramiz.
|