13
Fakultativlar (“Qo’shimcha bob va savollar”) asosiy fizika kursining dasturiga
moslashtiriladi va uncha ko’p bo’lmagan chuqur o’rganish uchun tanlab olingan,
ilmiy yoki amaliy sohadagi muhim mavzulardan iborat.
Maxsus fakultativ kurslar yo bitta bo’limga, yoki amaliy xususiyatga taalluqli
savollarni qamrab oladigan qilib tuziladi. Bunday
kurslar asosan fizika va
matematika chuqur o’rganiladigan maktab va sinflarda yo’lga qo’yiladi, oddiy
maktablarda esa asosiy fizika kursi bilan yaqindan bog’liq fakultativlar afzal
ko’riladi.
Fizikadan fakultativ mashg’ulotlar uchun to’rtta tipda kurslar ishlab chiqilgan:
1)
asosiy fizika kursi bilan uzviy bog’langan yuqori saviyadagi fakultativ
kurslar;
2)
amaliy fizika fakultativ kursi fizik qonun va hodisalardan
foydalanishning asosiy yo’llari va metodlari bilan tanishtirish,
zamonaviy
texnikaga qiziqishni rivojlantirish bu kursning asosiy vazifasi hisoblanadi;
3)
fizik-texnik modellashtirish bo’yicha fakultativ kurs;
4)
fizikaning birorta bo’limini chuqur o’rganuvchi fakultativ maxsus
kurslar.
Fakultativ mashg’ulotlarni tashkil qilishda ularning ixtiyoriyligidan kelib
chiqish lozim, bu narsa o’qituvchiga qo’shimcha mahsuliyat yuklaydi; u
o’quvchilarda fizikaga qiziqishni uyg’otishi va rag’batlantirib borishi,
ularda
mustaqillikni rivojlantirishi kerak. fakultativ mashg’ulotlar uchun guruh 15
kishidan kam bo’lmagan ishtirokchilardan tuziladi.
Guruhlarni tuzishda o’quvchilar uchun hech qanday tanlov sinovlariga yo’l
qo’yilmaydi.
O’quvchilar o’zlari uchun u yoki bu fakultativni ixtiyoriy tanlaydilar, lekin
bundan so’ng hamma mashg’ulotlarni bajarish, sinovlarni to’shirish va
hokazolarga majburdirlar. Fakultativ mashg’ulotlardagi bilimlarni baholashda faqat
o’quvchilarning
yutuqlari qayd etiladi, kamchiliklari emas. O’qituvchining
yo’qlamasi bo’yicha og’zaki javobdan ko’ra referatlar, xabarlar, masala va
asboblarni loyihalashtirishning original yechimlari bilim olishdagi ixtiyoriylik
14
ruhiga ko’proq javob beradi. Bu narsa fakultativ kursni o’rganishga
qiziqish va
hohishni oshiradi, vaziflarni yaxshi bajarish uchun rag’bat uyg’otadi.
Fakultativ mashg’ulotlarda o’quvchilar bilan ishlashning turli shakllaridan
foydalanish kerak; o’qituvchining bayoni va ma'ruzasi, o’quvchilar qisqacha
bayonot beradigan seminarlar, suhbat davomida kursning alohida savollarini
muhokama qilish; o’quv spravochnik va ilmiy-ommabop
adabiyot bilan mustaqil
ishlash, referatlar tayyorlash, laboratoriya ishlari va eks’erimentlarni bajarish,
uncha murakkab bo’lmagan loyihalashlarni bajarish, masala yechish,
o’qituvchining kirish va umumlashgan ma'ruzalari, yirik bo’limlarni o’rganib
bo’lgach yakunlovchi anjumanlarni o’tkazish mumkin.
Hamma hollarda
mashg’ulotlarning jamoa, guruh va yakka-yakka shakllarini bir vaqtning o’zida har
bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda qo’shib
olib borish zarur. O’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, mustaqil
ishlash uchun vazifalarni qiyinligiga qarab tabaqalashtirish muhim.
Yuqori saviyadagi fizika kursi oddiysidan hajmi bilan emas, balki
qaralayotgan hodisalarning chuqur o’rganilishi bilan farq qiladi.