kristall tuzilishini rentgen nurlar yordamida aniqlab olish zarurligini
taqozo qiladi va nazariya
yaratishda bu ma’lumotlardan foydalanishni kо‘zda tutadi.
Agar sistemada bog‘lovchi molekulyar orbitallar (BMO) hosil bо‘lsa, dastlabki moddalarning
elektron buluti bir – birini maksimal (musbat) qoplaydi va ma’lum
miqdorda energiya ajralib
chiqadi. Bо‘shashtiruvchi molekulyar orbitallar (BО‘MO) hosil bо‘lganda dastlabki moddalarning
elektron bulutlari bir –
birini nafaqat qoplamaydi, aksincha, bir –
biridan itariladi va bunday
orbitallar energiyasi qisman ortib ketadi. Uchinchi holda dastlabki atomlardagi elektron bulut
energiyasida о‘zgarish bо‘lmaydi, ular bog‘lamaydigan MO hisoblanadi.
Laboratoriya ishlari
Anionli kompleks birikmalar.
1 – tajriba. Kobalt va misni ammiak bilan kompleks birikmasini sintezlash va
fotometrik usulda o’rganish.
2 ta probirkaga 5 – 6 tomchi kobalt va mis nitrat tuzlari eritmasidan quying va uning ustiga 25
% li ammiak eritmasidan tomchilatib qo’shing. Hosil bo’lgan kompleks eritmaning rangini qayd
qiling. Hosil bo’lgan kompleks birikmani fotometrda optik zichligini aniqlang. Kompleks
birikmani hosil bo’lish reaktsiya tenglamalarini yozing.
Dostları ilə paylaş: