2 – tajriba. Kaliy diiodoargentat K [Agl 2 ] ning olinishi.
Probirkaga 3 tomchi kumush nitrat va 3 tomchi kaliy iodid eritmasidan soling – cho’kma hosil
bo’ladi. Keyin yana 3 tomchi kaliy iodid eritmasidan qo’shing – cho’kma erib ketadi.
Kumush iodidning hosil bo’lishi va ortiqcha kaliy iodidda kompleksning hosil bo’lish
reaktsiyalari tenglamalarini yozing.
Kationli kompleks birikmalar. 3 – tajriba. Diamin – argentaxlorid [Ag (NH 3 ) 2 ] Cl ning olinishi. Probirkaga 10 tomchi kumush nitratdan tomizib, shuncha natriy xlorid eritmasidan qo’shing.
Cho’kmani tiniting va uning ustidagi suyuqlikni to’king. Hosil bo’lgan cho’kma erib ketguncha
ammiak eritmasidan tomchilatib quying.
Reaktsiya tenglamasini yozing.
4 – tajriba. Kompleks birikmalarni eritmada spektrofotometrik usulda o’rganish Xinazolon – 4 ni Cu (II) tuzlari bilan 1 : 2 va 1 : 3 nisbatli kompleks birikmalari eritmada
hosil bo’lganligi uchun ularni fotometrik usulda o’rganiladi. Buning uchun KXz ga Cu (II)
tuzlaridan oz – ozdan qo’shilganda dastlab, to’q rangli cho’kma tushadi. Uning ustiga yana KXz
qo’shganda eritmada och ko’k rangli Cu (KXz)
2
∙ N
2
O kompleksi hosil bo’ladi. Cu (Xz)
2
∙ N
2
O
kompleksi ustiga yana kXz eritmasidan qo’shganda siyoh rangli K [Cu (Xz)
3
] ∙ 2N
2
O kompleksi
eritmada hosil bo’ladi. Fotometrik usulda elektron spektri o’rganilganda miss tuzlarini, KXz ni,
Cu (Xz)
2
∙ N
2
O va K [Cu (Kz)
3
] ∙ 2N
2
O komplekslarini rangi hamda chiqish oblastlarini
taqqoslang. Kompleks birikmalarini qanday tuzilishda ekanligini tushuntiring.