Qo’shimcha adabiyotlar
1. A.A. Grenberg. “Vvedeniye v ximiyu kompleksnix soyedineniy”. M. – L. , Izd – vo. “ximiya”, 1966 g.
2. F.B. Glikina., N.G.Klyuchnikov. “Ximiya kompleksnix soyedineniy”. Izd – vo. “Prosveshiniye”. M. 1972 g.
Tuzuvchi : E.Yoqubov
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLAYMAN»
О‘quv ishlari bо‘yicha
prorektor dots. A.Bobonazarov
_____________________________
«_____» ______________ 2009 y.
KIMYO KAFEDRASI
«
KOMPLEKS BIRIKMALAR KIMYOSI
» maxsus kursidan
О‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
400000 – Fan bilim sohasi
Ta’lim sohasi:
440000 – Tabiiy fanlar
Ta’lim yо‘nalishi: 5440400 - Kimyo
QARSHI – 2009 Y.
О‘quv dastur universitet ilmiy – uslubiy kengashining (bayonnoma №__ 2009
yil ____________) yig‘ilishida kо‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Tuzuvchi:
Kimyo fanlari nomzodi
dotsent E.Yoqubov
Taqrizchi:
Kimyo fanlari nomzodi
dotsent M.Qurbonov
О‘quv dastur kafedraning 2009 yil 27 avgust
№1 qarori bilan kо‘rib chiqib ma’qullandi va fakultet ilmiy – uslubiy
kengashiga tavsiya etildi
Kafedra mudiri: dots. I.Naxatov
О‘quv dastur Kimyo – biologiya fakulteti ilmiy – uslubiy kengashining
(bayonnoma №__ 2009 yil ____________)
yig‘ilishida kо‘rib chiqildi va ma’qullandi
Fakultet uslubiy kengashi raisi: dots. I.Hayitov
Kompleks birikmalar kimyosi maxsus kursidan ishchi o‘quv dasturi
1. Kirish.
Fanning maqsadi va vazifalari
Kompleks birikmalar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ular biologik jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Bularga tabiatda mavjud bo‘lgan barcha
organik moddalarni jumladan, uglevodlar, glikozidlar, alkaloidlar, vitaminlar, aminokislotalar, o‘simlik pigmentlari va boshqalarni kompleks
birikmalarini kiritish mumkin.
Fanning asosiy maqsadi kompleks birikmalarning o‘simlik hamda tirik organizmda qay darajada keng tarqalishi, ularni ajratib olish usullari,
tuzilishi bilan kimyoviy – fizikaviy xossalarini bog‘laydigan umumiy qonunlarni, bu birikmalarni sintez qilish usullarini hamda fiziologik aktiv
moddalarni sanoatda, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo‘llashni o‘rgatishdan iborat.
Kompleks birikmalar kimyosi maxsus kursining asosiy vazifalari bu kabi birikmalarning sinflari, ular orasidagi genetik bog‘lanish, fizik
xossalari hamda kimyoviy xususiyatlarini, ularning tarkibi, tuzilishi va funksional guruhlarining tabiatiga bog‘liqligini talabalar ongiga singdirishdan
iborat.
Kompleks birikmalar kimyosi organik, noorganik, analitik, bioorganik, fizikaviy kimyo hamda fizik tadqiqot usullari, informatika kabi fanlar
Bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, bu fanlar talabalarning mazkur kursdan olayotgan bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
|