Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va pedagog xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularga rioya qilishni tashkil etish



Yüklə 30,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü30,07 Kb.
#199807
  1   2
sZmFLKiOljtpZVkEN4UzU18fuxvGOkSGfJKV77pK



Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va pedagog xodimlar faoliyatini tartibga 
soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularga rioya qilishni tashkil 
etish 
Ma‟lumki, umumiy o„rta ta‟limni tashkil etish shuningdek, pedagog 
xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi ko„plab normativ-huquqiy hujjatlar 
imzolangan. Pedagog xodimlar o„z ish faoliyatlari mobaynida ana shu hujjatlarlar 
bilan bevosita ishlaydilar va ko„p bora unga duch keladi. Agar pedagogning 
huquqiy savodxonlik darajasi past bo„lsa, u ish faoliyati davomida ko„plab 
chalkashlik va qiyinchiliklarga duch keladi. Ushbu ma‟ruzada umumiy o„rta 
ta‟limni tashkil etish hamda pedagog xodimlar ko„p bora to„qnash keladigan 
normativ hujjatlar hususida tushunchalar berishga harakat qilingan. Pedagog 
xodimlar umumiy o„rta ta‟limni tashkil etishga doir hujjatlar bilan bevosita 
tanishib chiqishlari maqsadga muvofiq. 
Umumiy o„rta ta‟limni tashkil etish asosan O„zbekiston Respublikasining 
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni (23.09.2020 O„RQ-637-son) va “Umumiy o„rta 
ta‟lim to„g„risida” nizom (15.03.2017-yil VM-140-sonli qaror) bilan tartibga 
solinadi. Pedagog xodimlar faoliyati hukumat tomonidan qabul qilingan va asosan 
ichki lokal hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni 2020-yil 23-sentabrda yangi tahrirda qabul 
qilindi. Mazkur hujjat bilan 1997-yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan 
“Ta‟lim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni 
kuchuni yo„qotdi. “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun 11 bob va 75 moddadan iborat. 
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun bilan:
Birinchidan,
ta‟lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi: 
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, 
masofaviy); 
nazariy - ta‟lim tashkiloti negizida, amaliy - ta‟lim oluvchining ish joyida 
birga olib boriladigan dual ta‟lim; 
oilada ta‟lim olish va mustaqil ta‟lim olish; 
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta‟lim berish; 
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar 
(shaхslar) uchun inklyuziv ta‟lim; 
eksternat tartibidagi ta‟lim - oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda 
oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta‟lim oluvchilardan davlat 
ta‟lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish; 
mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar 
tayyorlash. 

Yüklə 30,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin