Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlari to’plami So’z boshi


-§. MODDA HOLATI HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/60
tarix17.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#115784
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar

1-§. MODDA HOLATI HAQIDA TUSHUNCHA 
Tekshirilayotgan jismlar to’plamini biz jismlar sistemasi yoki soddagina 
qilib sistema deb ataymiz. Masalan, suyuqlik va u bilan, muvozanatdagi bug. 
Xususiy holda, bitta jism ham sistemani tashqil qiladi. Har xanday sistema T, R, 
V parametrlari bilan farq qiluvchi holatlarda bo’lishi mumkin. Sistemaning 
holatini xarakterlovchi bunday fizik kattaliklarga holat parametrlari deb 
ataladi. Sistemaning muvozanat holati deb shunday holatga aytiladiki, bu 
holatda sistemaning barcha parametrlari tayin bir qiymatlarga ega bo’ladi. Bu 
qiymatlar tashqi sharoit ( sistemani o’rab turgan ) o’zgarmasa istalgancha vaqt 
davomida o’zgarmasdan koladi. 
Agar koordinata o’qlariga qandaydir ikki parametr qiymatlari qo’yilib 
chiqilsa, u holda sistemaning istalgan muvozanat holatini o’sha grafikda 1 ta 
nuqta bilan tasvirlash mumkin. Muvozanatsiz holatni bunday tasvirlab 
bo’lmaydi, chunki muvozanatsiz holatda hech bo’lmaganda holat 
parametrlaridan bittasi tayinli bir qiymatga ega bo’lmaydi. 
Sistemaning 1- muvozanat holatidan 2- muvozanat holatiga o’tishi 
jarayondir. Muvozanat holatlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat bo’lgan 
protsess muvozanatli jarayon deb ataladi. Juda sekin o’tadigan protsessgina ( 
porshenni sekin siqish ) muvozanatli protsess bo’ladi, shuning uchun 
muvozanatli protsess abstraksiyadir. 
Muvozanatli protsessni grafikda tegishli egri chiziq bilan tasvirlash 
mumkin. Muvozanatsiz protsesslarni grafikda shartli ravishda punktir egri 
chiziq bilan tasvirlaymiz. Muvozanat holat va muvozanatli protsess 
tushunchalari termodinamikada katta rol o’ynaydi. Termodinamikaning barcha 
miqdoriy xulosalarini faqat muvozanatli protsesslargagina kullash mumkin. 
2-§. TEMPERATURA 
Jismlarning hajm, elektr qarshiligi va shu kabi qator xossalari 
temperaturaga bog’liq. Temperaturani miqdoriy aniqlashda bu xossalarning har 
biridan foydalanish mumkin. Temperaturani o’lchash uchun tanlab olingan 
jismni (termometrik jism) eriyotgan mo’z bilan issiqlik muvozanati holatiga 
keltiramiz, jismning bu holatdagi temperaturasini 0 gradus deb olamiz va 
jismning temperaturasini o’lchash uchun biz qo’llamoqchi bo’lgan xossasini 
(temperatura belgisini) miqdoriy jihatdan xarakterlaymiz. Bunday belgi sifatida 


jismning hajmi tanlab olingan va uning dagi qiymati V
0
ga teng deb faraz 
qilamiz. So’ngra usha jismning o’zini atmosfera bosimi ostida kaynayotgan suv 
bilan issiqlik muvozanati holatiga keltiramiz, bu holatda uning temperaturasi 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin