2. Gaz molekulasining o’lchami juda kichik, shuning uchun gaz
molekulalarining xususiy hajmi idishda egallangan hajmidan juda kichik va ular
shar shaklida.
Bu modeldan gazning har bir molekulasi hamma vaqt erkin harakatda va
ba’zan boshqa molekulalar bilan yoki idish devorlari
bilan elastik ravishda
to’qnashib turadi. Bu model biz bilamizki, ideal gaz modelidir. YAna shuni
e’tiborga olamizki gaz molekulalari tartibsiz xaotik harakatda bo’lganidan ular
barcha yo’nalishlar bo’yicha bir xil ehtimollik bilan harakat qiladilar. Bunday
fikrga kelishimizga yana bir sabab, gaz idish devorlariga hamma joyda bir xil
bosim ko’rsatadi. Agar bordi-yu, molekulaning biror yo’nalish bo’yicha
harakati ustunlik kilganda unda gaz devorining shu yo’nalishi tomonida yotgan
qismiga ko’proq bosim ko’rsatar edi.
Molekulaning tezligi juda xilma-xil bo’lishi mumkin. Ular to’qnashganda,
massalari bir xil bo’lgan ikkita shar o’zaro elastik markaziy to’qnashgani kabi,
tezliklari almashadi. Birining tezligi oshsa, boshqasiniki kamayadi.
CHunki
to’qnashguncha bo’lgan umumiy kinetik energiya, to’qnashgandan keyingi
umumiy kinetik energiyaga teng bo’lishi kerak. Qo’yilgan masalani yechishni
soddalashtirish uchun molekulalar harakatining xarakteriga aloqador bo’lgan
ba’zi soddalashtiruvchi farazlarni kiritamiz:
1. Molekulalar faqat o’zaro perpendikulyar bo’lgan uchta yo’nalishda
harakatlanadi. Agar gazda
N dona molekula bo’lsa, har bir yo’nalishda
N/3 ta
molekula ishtirok etadi. Agar yo’nalishni qarama-qarshi tomonini hisobga olsak,
har bir yo’nalish bo’yicha
N/6 ta molekula harakat qiladi. Bunday farazga
asosan bizni qiziqtirayotgan yo’nalishda (masalan, idish devorining mazkur
dS
elementiga o’tkazilgan normal bo’ylab)
molekulalarning 1/6 qismi harakat
qiladi, deb hisoblaymiz.
2. Hamma molekulalarning tezligi
V deb hisoblaymiz. 1-soddalashtirish oxirgi
natijaga ta’sir etmaydi. Buni ko’rsatish mumkin.
Idish devoriga kelib urilganda molekula devoriga kuch
dp impuls beradi,
bu impulsning son qiymati, molekula miqdorining o’zgarishiga teng.
Devor
sirtining har bir
dS elementini ko’p miqdordagi molekulalar doimiy ravishda
bombardimon qilib turadi. Buning natijasida
dS element
dt vaqt ichida
dS ga
normal bo’yicha yo’nalgan
dp yig’indi
impuls oladi. Mexanikadan ma’lumki,
Dostları ilə paylaş: