Frenel yorug’lik difraksiyasini tushuntirish uchun o’tayotgan to’lqin
frontini elementar to’lqinlar manbai bo’lgan zonalarga ajratdi va ularning biror
nuqtadagi ta’sirini ko’rib chiqdi. Optikada bu zonalarni Frenel zonalari deb
ataladi. Frenel shu usul bilan yorug’likni to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishini ham
tushuntirdi. Difraksion hodisalar o’z xarakteriga qarab ikki sinfga bo’linadi.
Birinchi sinfga kuzatuvchi nuqta ekran ( to’siq )dan ma’lum masofada
joylashgan holdagi difraksion hodisalar kiradi.
Bu xil difraksion hodisalar
birinchi marta Frenel tomonidan o’rganilgan bo’lgani uchun Frenel difraksiyasi
deyiladi. Ikkinchi sinfga ekran (to’siq) kuzatuvchi nuqtadan cheksiz masofada
bo’lgan hol, ya’ni parallel nurlardagi difraksion hodisalar kiradi. Bu xil
difraksion hodisalarni birinchi marta Fraungofer o’rgangan.
SHu sababli
bunday difraksiyalarni Fraungofer difraksiyasi deyiladi.
Frenel difraksiyasini doiraviy teshikdan yorug’lik o’tganda ko’ramiz.
Doiraviy teshikni Frenel zonalariga bo’lamiz. Masalan, doiraviy teshikda 3 ta
zona joylashgan. A nuqtada difraksion manzarani kuzatamiz. Bunda umumiy
qoida shunday: agar doiraviy teshikda juft zonalar joylashsa, A nuqtada (
markazda ) qorong’ulik bo’ladi. Agar doiraviy teshikda toq
zonalar joylashsa,
A nuqtada ( markazda ) yorug’lik bo’ladi. Biz ko’rayotgan holda doiraviy
teshikda 3ta zona joylashgani uchun A nuqtada yorug’lik bo’ladi.
Difraksiya hodisasiga asoslanib maxsus asboblar yasalgan. SHunday
qurilmalardan birini difraksion panjara deyiladi.
Difraksion panjara deb, bir-
biridan teng masofalarda turgan ko’p tirqishlardan tuzilgan asbobga aytiladi.
Difraksion panjaradagi parallel joylashgan tirqishlardan yorug’lik o’tganda
Fraungofer difraksiyasi kuzatiladi. Difraksion panjaradagi bitta tirqishning eni
b bo’lsa, ikki tirqish orasidagi to’siq eni a bo’lsa, ularning yig’indisiga
difraksion panjara doimiysi yoki davri d deyiladi. Tirqishlar soni N va panjara
doimiysi d o’zaro shunday bog’langan:
d
N
a b
1
(3.1)
Ikki qo’shni tirqishdan o’tgan yorug’lik to’lqinlarining o’zaro yo’l farqi
d sin
(3.2)
ga teng bo’lib, bu yerda
- difraksiya burchagi .
Difraksion panjara uchun yorug’likning kuchayishi, ya’ni maksimum
sharti quyidagicha bo’ladi:
d
k
sin
,
(
k
0 1 2
, , ,...
) (3.3)
Difraksion panjara uchun minimumlar sharti :
d
k
sin
(
)
2
1
2
(
k
0 1 2
, , ,...
) (3.4)
(3.3) va (3.4)
ifodalardagi
k
lar mos ravishda maksimum va minimumlar
tartibi.
Difraksion panjara hosil qilgan manzarada yana qo’shimcha
minimumlar va ular orasida ikkilamchi maksimumlar ham kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: