2021 bobur g‘azallarida gul timsolining badiiy talqinlari umida Kamolova



Yüklə 405,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix18.05.2023
ölçüsü405,38 Kb.
#116029
1   2   3   4
bobur-g-azallarida-gul-timsolining-badiiy-talqinlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
342 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida,
Ko‘zni yumub-ochquncha bu gulzor topilmas [Bobur, 2019:22].
Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy mahorati shundaki, g‘azallarida 
tasvir va jumlalar o‘quvchi qalbiga yaqin, qo‘llaniladigan badiiy tasvir vositalari ham 
o‘zaro muvofiq. Yuqorida keltirilgan birgina baytda nido (Ey gul), ishtiqoq (gul va 
gulzor), tanosib (gul-chaman-gulzor) san’atlarining qatorlashirib keltirilishi, bir 
tomondan, shoirning badiiy mahoratidan darak bersa, ikkinchi tomondan she’rxon 
qalbida estetik zavq uyg‘otish uchun xizmat qilgan.
Gar siym bargi gulni qilsa libos o‘ziga, 
Bo‘lg‘aymu, ey gulandom, ko‘nglak bila taningdek? [Bobur, 2019:28]. 
Mazkur misrada gul o‘z ma’nosida qo‘llanilgan. Shoir fikriga ko‘ra, mabodo 
oltin gulning bargini o‘ziga libos qilsa, yor (gulandom)ning tanasidagi ko‘ylak kabi 
bo‘larmikan?
Kiyimning gul bargidan bo‘lishi, ustiga ustak oltinning uning ichida tovlanishi 
mubolag‘ali holat. Aynan mana shunday mubolag‘ali tasvir ko‘ylagi tanasini bezagan 
yor go‘zalligini ifodalash uchun muhim ahamiyat kasb etgan. 
Bobur, ul gul javr etar, ag‘yordin ne yaxshilig‘? 
Gulning ozori bu bo‘lsa, vah, ne bo‘lg‘ay xorning  [Bobur, 2019:52]. 
Ushbu satrlarda gulning ikki ma’nosi uchraydi. Dastlabki misrada shoir o‘ziga 
murojaat qilib, Bobur, gul javr etar bo‘lsa, ag‘yordan nima yaxshilik kutish mumkin? 
qabilidagi ta’kidi orqali gul deb yorni nazarda tutgan. Keyingi satrda esa gulni 
o‘simlik ma’nosida keltirib, agar gulning ozori shunchalik bo‘lsa, xor, ya’ni tikanning 
ozori qanday bo‘larkin? deya yor va ag‘yor jafosini gul hamda tikan ozori vositasida 
izohlaydi.
Visolinkim tilarsen, nozini xush tortg‘il, Bobur – 
Ki, olam bog‘ida topmoq guli bexor mushkuldur [Bobur, 2019:59]  - 
misralari tahlilga tortilgan yuqoridagi baytni inkor qilgan holda ijodkor o‘ziga 
taskin beradi. Bunda ham oshiq shoir o‘z-o‘ziga murojaat etib, agar visol tilar 
bo‘lsang, (yorning) nozini ham xush qabul qil, chunki olam bog‘ida tikansiz gulni 
topish mushkuldur, - deydi.
“Yor go‘zalligi, sevguvchi qalbga boy tuyg‘ular bag‘ishlovchi mahbubaning 
go‘zal xatti-harakati, nozu jilvalari, uning oshiq ko‘ngliga yetkazgan shodlik va 
ozorlari, nimaiki go‘zallik va sevgi bilan bog‘liq bo‘lsa, shularning hammasi Bobur 
she’rlarida o‘zining latif tasvirini topgan. Bu she’rlarning lirik qahramoni fidokor 
oshiq. U o‘z sevgisida hamisha barqaror. Bu sevgida qanday og‘ir dardlarga mubtalo 



Yüklə 405,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin