Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 341
w www.oriens.uz September 2021 satrlarida shoir soqiyga murojaat qilib, unga aysh vaqtining boqiy emasligini
uqtiradi, takror-takror chog‘ir tutmoqqa undaydi, shuning barobarida g‘aflatda
qolmay, gul chog‘ini g‘animat bilmoqlikni ham ta’kidlaydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Mazkur misrada “gul chog‘i” birikmasi orqali yoshlik, inson umrining eng
g‘animat onlariga ishora qilingan. Bunda yoshlikni, umrning gul chog‘ini g‘animat
bilib, behudaga sarflamay, qalbni ezgulikka to‘ldirish, xush –xursandlik o‘tkinchi
ekani, umr mazmunini mehnat, ilm bilan bezamoqqa undovchi jihatlar
gavdalantirilgan. Demak, baytda gul so‘zi shoirning falsafiy mushohadasining badiiy
ifodasi uchun xizmat qilan
Yana bir g‘azalida
Sen gul kibi to g‘amzadasen husnunga mag‘rur, Bulbul kibi g‘amzadamen husanunga hayron [Bobur, 2019:37],
misralari keltirilgan. Bunda g‘amzadasen, g‘amzadamen singari bir-biriga
ohangdosh so‘zlarni ko‘rish mumkin. Ammo bu ikki so‘z baytda ikki ma’noni
ifodalaydi. Mohiyatan “g‘amzadasen” – noz-ishva qilyapsan, “g‘amzadamen” –
g‘amnokman ma’nosida. Ya’niki, sen gul kabi husningga mag‘rur, noz-ishva bilan
mashg‘ulsan, men esa bulbul singari chiroying g‘amnokiman, husningni ko‘rmoq
qayg‘usidaman.
Aytish kerakki, ushbu satrlarda ijodkor tashbeh san’ati imkoniyatlaridan unumli
foydalanib, o‘z holatini bulbulga, yorni esa gulga o‘xshatadi. Bundan tashqari, “gul
kibi g‘amzadasen” hamda “bulbul kibi g‘amzadamen” birikmalarini mazmunan
qarshilantirilgan. “She’r misralarida bir-biriga zid mohiyatga ega narsa-hodisa, belgi,
tushunchalarni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish orqali vujudga keltiriladigan san’at
tazoddir” [Sulaymonov Sh, To‘xsanov Q, 2009:111]. Muxtasar aytganda, baytda
tazod san’atining go‘zal namunasi hosil qilingan.
Boburo, hargiz quloq she’ringg‘a ul gul solmadi, Gulga ne parvoe, yuz faryod qilsa andalib [Bobur, 2019:5]. Baytda o‘xshatish vositalari qo‘llanmagan bo‘lsa-da, mazkur satrlarda yor –
ma’shuqa gulga, oshiq –bulbul (andalib)ga qiyoslanganini anglash qiyin emas. Shuni
inobatga olgan holda aytish mumkinki, tashbehi sareh she’riy san’ati yuzaga kelgan.
Bulbulning yuz faryod qilishi bilan gulning hech parvosi yo‘q. Ma’shuqaning
oshiq shoir she’riga quloq tutmagani andalib nolasiga beparvo gul holati bilan
dalillanadi. Bu she’riyatda husni ta’lil san’ati deyiladi.
“Sendek menga bir yori jafokor topilmas...” deb boshlanuvchi g‘azalining bir
satrida ijodkor ma’shuqaga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri “Ey gul” deya murojaat qiladi: