qo‗zg‗alish manbaini yuzaga keltiradi.
Bosh miya yarim sharlarining po‗stida paydo bo‗ladigan kuchli qo‗zg‗alish
manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo‗zg‗alish bo‗ladi. Ana
shu nuqtai - nazardan akademik I.P.Pavlov "diqqatning
fiziologik asosini bosh
miya po‗sti qismidagi optimal qo‗zg‗alish manbai tashkil qiladi", deb ta‘kidlagan.
Buni biz akademik I.P.Pavlovning quyidagi so‗zlaridan ochiq oydin ko‗rishimiz
mumkin.
"Miya yarim sharlarining optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida -deydi
I.P.Pavlov, - yangi shartli reflekslar engillik bilan hosil bo‘ladi va
differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo‘ladi. SHunday qilib, optimal
qo‗zg‗alishga ega bo‗lgan joy ayni chog‗da bosh miya yarim sharlarining ijodga
layoqatli qismi desa bo‗ladi. Miya yarim sharlarining sust qo‗zg‗algan boshqa
qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‗da funksiyasi juda
nari borganda tegishli qo‗zg‗ovchilar asosida ilgaridan
hosil qilingan reflekslarni
qayta tiklashdan iboratdir".
I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiya qonuni
diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu
qonunga muvofiq, bosh miya po‗stining bir joyida maydonga kelgan qo‗zg‗alish
jarayonlari bosh miya po‗stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini
yuzaga keltiradi. Bosh miya po‗stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan
tormozlanish jarayoni bosh miya po‗stining boshqa joylarida kuchli qo‗zg‗alish
jarayonlarini paydo bo‗lishiga olib keladi. Ayni shu
paytda har bir onida miya
po‗stida qo‗zg‗alish jarayoni uchun optimal, ya‘ni nihoyatda qulaylik bilan
harakatlanuvchi biror bir kuchli qo‗zg‗alish manbai mavjud bo‗ladi.
"Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo‗lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning
ichidagi miya ko‗rinadigan bo‗lsa, agar miya yarim
sharlarida optimal kuchli
qo‗zg‗alish uchun eng yaxshi sharoit tug‗ilgan nuqtasi miltillab ko‗rinadigan
bo‗lsa, yangi sog‗lom bir narsani o‗ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda
uni miyasini katta yarim sharlarida juda holati jimjimador shakli, surati va hajmi
har damda bir o‗zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turgan yorug‗ narsani u yoqdan
bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug‗ narsa
atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko‗rardik".
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan
dominantlik tamoyili ham
diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega.
Dominantlik
tamoyiliga muvofiq miyada qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron
o‘chog‘i mavjud bo‘ladi, bu hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i aynan shu damda
miyaga ta’sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo‘zg‘alishlarni qandaydir
ravishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan
uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi
faoliyatining tabiati
qo‗zg‗alishning hukmron bo‗lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
2
Bu hol psixologik jihatdan biror qo‗zg‗atuvchilarga diqqatning qaratilishi va
ayni chog‗da ta‘sir qilib turgan boshqa qo‗zg‗atuvchilardan diqqatning
chalg‗ishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o‗ziga xarakterli bo‗lgan tashqi
ifodalari bilan bog‗liq bo‗ladi. Narsani yaxshilab
idrok qilishga qaratilgan
harakatlar bilan (tikilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to‗xtatish, nafas
olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bo‗lgan yuz harakatlari bilan bog‗liq
bo‗ladi.
Diqqat turlari
Odam ayrim narsalarga o‗z diqqatini ongli ravishda o‗zi hohlab qaratsa,
boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya‘ni bizning hohishimizdan tashqari jalb
qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob‘ektga yo‗naltirilishi va to‗planishida
ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo‗linadi.
Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan
so‗nggi diqqat.
Diqqatning ob’ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat.
Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy
diqqat
Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko‗rsatiladi.
Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so‗nggi
diqqat turlaridan
2
Dostları ilə paylaş: