Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

Beta zarralar xususiyatlari. Beta nurlanish yengil β-zarralar oqimidan iborat 
bo‟lib, radioaktiv yadrolarning β-yemirilishidan hosil bo‟ladi. 
𝛽-zarralar musbat 
zaryadli pozitronlar (β
+
) va manfiy zaryadli elektronlar (β
-
) dan iborat. 
𝛽-zarra 
yadroda tayyor holda mavjud emas, u faqat yadroning yemirilish vaqtida paydo 
bo‟ladi, magnit maydonida og‟adi. 
𝛽 -zarralarning tezligi yorug‟lik tezligining 
99% ga, energiyasi esa 5 MeV ga yetadi. 


Beta zarralarning zaryadi, massasi, spini, magnit moment elektronnikiga 
tengdir.
β-yemirilish deb radioaktiv yadrolarning o‟z-o‟zidan yemirilib, zaryadi 
o‟zgarib boshqa yadro-izobarga aylanishiga aytiladi.
𝛽-zarralar quyidagi jarayonlarda (reaksiyalarda) xosil bo‟ladi.
1) 
Elektron yemirilish. β
-
yemirilishda yadroning bir neytroni protonga 
aylanadi, bunda β
-
elektron va antineytrino 
𝜈̃ hosil bo‟ladi, yadro zaryadi bir 
birlikka ortadi, ya‟ni:
𝜈̃ (4) 
yemirilishni Sr
90
ning yemirilishida ko‟rish mumkin: 

𝛽
(5) 
2) 
𝛽
pozitron yemirilish. 
𝛽
yemirilishda yadroda bir proton neytronga 
aylanadi, natijada pozitron 
𝛽
va neytrino 
𝛎 ajralib chiqadi (nurlanadi). Yadro 
zaryadi bir birlikka kamayadi:
𝜈 (6) 
Pozitron (
) yemirilishga 
yadrosining yemirilishi misol bo‟ladi: 

𝛽
(7) 
Pozitron yemirilish protonlar soni ortiq bo‟lgan beqaror yadrolarda kuzatiladi.
3) 
Elektron qamrash bilan yemirilish. Atom yadrosi biror elektron 
qobiqdan elektronni qamrab olishida yadrodagi bir proton neytronga aylanadi
bunda neytron va neytrino nurlanadi. Yadro zaryadi bir birlikka kamayadi, ya‟ni:
𝜈 
(8) 
-k elektron qobig‟idan qamralgan elektronni bildiradi.
𝛽-zarralar spektri uzluksiz bo‟lib, unda zarraning maksimal energiyasi aniq 
ifodalangan bo‟ladi. 
𝛽-zarralarning o‟rtacha kinetik energiyasi, ularning maksimal 
energiyasining 1/3 qismiga teng, tabiiy radioaktiv elementlar uchun bu energiya 
0,25-0,45 MeV. Energiyaning maxsimal qiymati esa hamma vaqt boshlang‟ich va 
so‟nggi yadroning to‟liq energiyalarining ayirmasiga teng bo‟ladi. Beta zarralar 
spektri uzluksiz bo‟ladi (3-rasm). Beta-zarralar spektrini tushuntirish uchun 1931-
yilda Pauli quyidagi gipotezasini taklif qildi. Beta yemirilishda yadro zarrasi bilan 
birga har safar yana bir yengil neytral zarra neytreno nurlanadi. Neytrino massasi 
elektron massasidan 1/300 marta kichik va modda bilan juda kichik vaqtda 


munosabatda bo‟ladi. Shuning uchun tajribada uning mavjudligi bevosita usullar 
bilan aniqlanadi. Neytrino energiyaning ma‟lum bir qismini olib ketadi. 
Energiyaning bu qismi beta zarra olib ketgan energiya bilan birga 
ga teng 
bo‟ladi. Energiya beta zarralar va neytrino orasida notekis (turlicha) taqsimlangani 
uchun beta-zarralar spektri uzluksiz bo‟ladi, (3-rasm). Neytrino tushunchasi 
kiritilgandan so‟ng beta yemirilishda energiyaning saqlanish qonuni tushuntirildi. 
Beta-zarralarning moddalardan o‟tishi alfa-zarralardan kuchli. Beta zarraning 
havoda chopish masofasi uning energiyasiga bog‟liq. Energiyasi 3 MeV bo‟lgan 
zarraning havoda chopish masofasi 3m. ma‟lum bir energiyali beta zarralarning 
ionlashtirish qobiliyati shu energiyadagi alfa-zarranikidan kichik. Bu esa 
𝛽 -
zarralarning elektr zaryadining kichikligi, tezligining kattaligi bilan tushuntiriladi. 
𝛽 -zarralar zaryadining kichikligi va tezligining kattaligi atomlar bilan o‟zaro 
ta‟sirining extimoliyatini kamaytiradi. 
Beta-zarralarning havoda o‟rtacha ionlashtirishi 1 sm masofada 60 juft ion 
hosil qiladi. 
𝛽 -zarralarning moddada chopish masofasi siniq chiziqdan iborat 
bo‟ladi. Kishi tanasi sirti va kiyimi beta-zarralarning 70 % ini yutadi,
organizmining 2mm ichkarisida 20-25 % beta-zarralar yutiladi. 
𝛽 -zarralarning 
ko‟zga tushishi juda xavflidir, chunki ko‟z ximoya qoplamiga ega emas. 
Beta-zarralar havoda alfa-zarralarga qaraganda bir necha yuz marta kam 
bo‟lgan ionlar hosil qiladi. Turli radioaktiv yadrolar 
𝛽 yemirilganda chiqarayotgan
𝛽-zarralar turli energiyaga ega bo‟ladi. Shuning uchun ularning turli moddalarda 
chopish masofasi ham turlicha. Energiyasi 1 MeV bo‟lgan 
𝛽-zarralar mm 
alyuminiyda to‟liq yutiladi. Energiyasi yuqori bo‟lgan 
𝛽-zarralar 5 mm alyuminiy 
qatlamida to‟liq yutiladi. Beta-zarralar moddadan o‟tganda o‟zining harakat 
yo‟nalishidan og‟adi. Shuning uchun 
𝛽-zarralarning moddadan o‟tish yo‟li siniq 
chiziqdan iborat bo‟ladi. 
𝛽-zarraning chopish masofasi uzunligiga teng bo‟lgan 
modda qatlami 
𝛽-zarralarni to‟liq tormozlaydi. 
Elektronlar energiyasi kichik bo‟lganda ionlashtirishga va atomlar 
uyg‟onishiga ko‟proq energiya yo‟qotiladi. 
Beta zarralar moddadan o‟tganda moddada eksponensial qonun asosida 
yutiladi: 
(9) 
(9) formulada: 
-modda qatlamidan o‟tgan beta zarralar soni.
-modda 
qatlamiga dastlab tushgan zarralar soni, 
-modda qalinligi, -beta zarralarning 
moddada yutilish koeffitsienti.


Beta-zarralarning moddada yutilish egri chizig‟i 4-rasmda keltirilgan. 4-
rasmdan ko‟rinishicha ma‟lum bir radioaktiv izotopdan nurlanadigan beta-zarralar 
0 dan shu modda uchun xarakterli bo‟lgan maksimumgacha turli qiymatlardagi 
kinetik energiyaga ega bo‟ladi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin