Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

2-Ma‟ruza (2soat) 
Mavzu: Yadroviy nurlanishlar va ularning turlari. Zaryadlangan og‟ir 
zarralarning moddalardan o‟tishi. 
Reja: 
1. 
Yadroviy nurlanish turlari. 
2. 
𝛼-zarralar xususiyatlari . 


3. 
𝛽-zarralar xususiyatlari. 
4. 
𝛾-nurlar xususiyatlari. 
Tabiiy va sun‟iy kelib chiqishga ega bo‟lgan radioaktiv izotoplar hech qanday 
tashqi faktorlarga bog‟liq bo‟lmagan holda yemirilib turadi. Yemirilishdan esa 
radioaktiv nurlanishlar hosil bo‟ladi. Tabiat namunalarida (tog‟ jinslari, tuproq, 
suv, havo va b.) tabiiy radioaktiv elementlar sochilgan holda tabiiy ravishda 
tarqalgan, hamda radioaktiv izotoplardan tinchlik va harbiy maqsadlarda 
foydalanish tufayli atrofga tarqalayotgan sun‟iy radioaktiv izotoplar yemirilishidan 
hosil bo‟ladigan radioaktiv nurlanishlar biosferadagi ionlashtiruvchi nurlanishlarga 
asosiy hissa qo‟shadi. Planetamizdagi butun hayotiy jarayonlar ionlashtiruvchi 
nurlanishlar ta‟sirida kechadi. Radioaktiv nurlanishlar o‟z navbatida tirik 
organizmlarga-kishilarga, hayvonlarga, ayniqsa, radioaktiv moddalar bilan 
ishlovchi kishilarga ta‟sir qilib, ularni nurlantiradi. Agar kishilar olgan 
nurlanishlari xavfsiz deb belgilangan chegaraviy qiymatdan ortib ketsa, kishilar 
hayoti uchun xavfli bo‟lgan turli nurlanish kasalliklari (saraton, naslsizlik va b) 
kelib chiqishi mumkin. kishilarda genetik o‟zgarishlar bo‟lishi mumkin. shuning 
uchun atrof-muhitning, ish joylarining radioaktivlik darajasini, uning o‟zgarishini 
nazorat qilish ekologik nuqtai nazardan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
1898-yilda Rezerford radioaktiv izotoplar yemirilishida hosil bo‟ladigan radioaktiv 
nurlanishlar tarkibini aniqlash maqsadida ximik olim Soddi bilan birgalikda 
tajribalar o‟tkazdilar, ular nurlanishlarni magnit maydonida og‟ishini kuzatdilar va 
magnit maydonga og‟adigan 
𝛼, 𝛽 nurlarni aniqladilar. Keyinchalik Paul Villard 
radioaktiv nurlanish tarkibida magnit maydonda og‟maydigan, zaryadga ega 
bo‟lmagan nurlar borligini aniqladi va bu nurlarni gamma-nurlar deb atadi, (1-
rasm). 
Shunday qilib radioaktiv izotoplar yemirilganda xosil bo‟ladigan radioaktiv 
nurlanishlar uch turga bo‟linishi aniqlandi: 
1) 
𝛼-nurlar (yoki 𝛼-zarralar); 
2) 
𝛽-nurlar (yoki 𝛽-zarralar); 
3) 
γ-nurlar (yoki γ -kvantlar). 
Bu uch xil radioaktiv nurlanishlarning xususiyatlarini qarab chiqamiz. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin