www.scientificprogress.uz
Page 336
Darhaqiqat, nafs har qanday illatning boshlanishiga sabab bo‘ladigan
insondagi
ruhiy-ma’naviy jihatlardan biridir. Uni yoshlikdanoq tarbiyalash,
illat emas, fazilat
sifatida
shakllantirish muhim ijtimoiy , pedagogik vazifa sanaladi.
Sharqona ta’limning maqsadi faqat bilim emas, balki axloqan yetuk shaxsni ham
tarbiyalashdir. Ahmad Yassaviy hikmatlari aynan shu maqsadda xizmat qiladi.
Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik,
ota-ona va
ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning
eng tuban shaxs ekanligi,
nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat bo‘lmagan
o‘lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o‘tadi
Shoir ma’rifatli insonlarni har
satrida qadrlaydi, ularni ehtirom bilan tilga oladi:
Haqiqatning daryosidin guhar olg‘on,
Ma'rifatning maydonida javlon qilg‘on.
Kuyub-pishib ich bag‘rini o‘tqa solg‘on,
Ondog‘ oshiq alif qaddin duto qilsun.
Ahmad Yassaviy hikmatlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz,
ular asosida barcha
insoniy fazilatlarni shakllantirish, ma’rifatni targ‘ib etish va ziyoli insonlarni ulug‘lash,
asosiysi, komil insonni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surilganiga guvoh bo‘lamiz. Komil
inson tarbiyasi esa har qanday davr pedagogikasining birlamchi maqsadi bo‘lib qoladi.
REFERENCES
1. Насафий. Хожа Аҳмад Яссавий –Тошкент:Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва
санъат нашриёти, 1993
2. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. –Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa
aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati , 2004
3. Аҳмад Яссавий. Ҳикматлар.-Тошкент: Ғафур Ғулом , 1993