Ahmad yassaviyning pedagogik g‘oyalari ma’mura Xangilova


www.scientificprogress.uz



Yüklə 495,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix18.05.2023
ölçüsü495,78 Kb.
#116262
1   2   3   4
ahmad-yassaviyning-pedagogik-g-oyalari

www.scientificprogress.uz
 
Page 334
Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va 
hammaslak bo‘lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o‘rin oladi.[1]
1
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tasavvuf ta’limoti va nomdor so‘fiy olimlar 
haqida qayd etar ekan, Yassaviy to‘g‘risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti 
matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va 
ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib
yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir.
XI asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan tasavvuf ta’limoti diniy ta’limot 
bo‘libgina qolmay, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, o‘ziga xos ta’limiy va tarbiyaviy 
g‘oyalarni jamlagan yo‘nalish bo‘lgan. Tasavvuf ta’limotida ustoz va shogirdlik 
an’analariga qat’iy amal qilingan, hur fikrlilik va odamiylik fazilatlari shakllantirilishiga 
muhim e’tibor berilgan. Mazkur jihatlar Ahmad Yassaviy ijodida ham yaqqol ko‘zga 
tashlanadi.
Yassaviy hikmatlarida ifodalangan Vatan, inson kamoloti, iymon, diyonat, nafsga 
berilmaslik, rahm-shafqatlilik haqidagi axloqiy-falsafiy fikr-g‘oyalar hozirgi yoshlar 
tarbiyasida ham qimmatli qadriyat bo‘lib, ular milliy pedagogikamizga qo‘shilgan katta 
hissadir.[2]
2
Ahmad Yassaviyning asarlari tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur 
singdirishga qaratilgan. Abdurauf Fitratning ta'kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda 
tutgan yo‘li sodda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir... Uning hikmatlari vaznda
qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar».
Yuqorida ta’kidlanganidek, Ahmad Yassaviy merosida uning “Hikmat” nomi 
bilan yuritilgan she’rlar to‘plami zalvorli o‘rin egallaydi. Mazkur she’rlar to‘plami 
adabiy muhitda “Devoni hikmat”nomi bilan mashhur. Shuningdek, uning pedagogik 
qarashlari «Rasoil» («Risolalar») asarida ham aks etgan.
«Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari 
bo‘lmish «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning 
ajoyib namunasi bo‘lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko‘rsatgan 
«Hikmat» asarida «Yassaviya» ta'limotidagi poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, 
o‘z qo‘l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga 
yetishish yo‘lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or 
umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. 
Ahmad Yassaviy hikmatlari mavzu jihatidan rangbarang. Ularni chin dildan 
oʻqib, anglashga harakat qilinsa, o‘quvchi “Inson” degan mavjudotni kashf eta 
boshlaydi, oʻz-oʻzini taftish etadi. Bu “kashfiyot” (oʻz-oʻzini anglash) o‘quvchini asta-
sekin oʻtkinchi hoy-u havaslardan uzoqlashtiradi, mohiyatga yuzlantiradi. Odamlikka 
undaydi. 
. Bu undashlarning bir uchi Yassaviy hikmatlari tilining sodda va 
1
Насафий. Хожа Аҳмад Яссавий –Тошкент:Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1993 
2
Zunnunov A. Pedagogika tarixi. –Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati , 2004


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 495,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin