O’ZBEK TILINI O’QITISHDA IDROK XARITASINING O’RNI
JDPI o’qituvchisi. O.Mamirov
Ma’lumki, XXI asr kompyuter texnologiyalari, ilg’or pedagogika va axborot
texnologiyalari (internet), yuksak tafakkur, fan va texnikaning jadal taraqqiyot asri
bo’ladi. XXI asr boshiga kelib, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Ochiq
ta’lim”, “Masofaviy ta’lim”, “Axborotlashgan ta’lim” “Innovatsion ta’lim”,
“Innovatsion pedagogik texnologiya” kabi tushunchalar hayotimizga kundan-kun
singib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda,
“Hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet
kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib
borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi
ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun
naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat
yo’q”.
Hozirgi paytda injenerlik lingvistikasi, hisoblash lingvistikasi, matematik
lingvistika va “elektron - tarjimon”, kompyuter lingvistikasi yuzasidan bir qator
yangi muammolar o’rtaga tashlanmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy kompyuter juda
ulkan imkoniyatlarga egaki, uning uchun shaxmat o’ynashdan tortib, tibbiy tashxis
qo’yish, korxonalarni boshqarish, qadimgi xalqlarning sirli xatlarini “o’qib”,
mazmunini so’zlab berish, she’r yozish, kuylar ijro etish, katta hajmdagi
kitoblarga annotatsiyalar yozish, loyihalar tarixini chizish kabi yuzlab mehnat
faoliyati turlarining barchasida, albatta, zamonaviy kompyuter texnologiyalari
ham ishchi kuchi, ham vaqt jihatidan juda yaqin yordamchi sanaladi.
Shuning uchun hozirgi zamonda ta’lim tarbiya berishda aynan o’zbek tilini
o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu
pedagogic texnologiyalardan vosita yoki texnologiya sifatida foydalanish
o’qituvchining mahoratiga bog’liq deb o’ylayman. Men aytmoqchi bo’lgan idrok
xaritasi (intellectual xarita) ham huddi shu texnologiyaning bir qismi hisoblanadi.
Idrok xaritasidan bir vaqtni o’zida ham vosita ham texnologiya sifatida
foydalanish mumkin. Idrok xaritasini yaratish uchun albatta o’qituvchi kompyuter
texnologiyalarini juda yaxshi o’zlashtirishi lozim. Buni yuqoridagi xarita misolida
ko’ramiz.
Bu xaritada Toxir malikning ijod yo’li birin ketin joylashgan. Xaritaning
markazida taniqli yozuvchi Toxir Malikning surati aks etgan. O’quvchilar bu
suratlar ko’rsatilganda o’quvchilar tomonidan asarlar tahlil qilinib qaysi yozuvchi
qalamiga mansub ekanligi topiladi. Bu vositaning qulayligi o’quvchilar aynan asar
yoki kitobning muqovasidagi suratni ko’rib ham tezroq idrok qiladi. Idrok
natijasida xaritadan birin ketin foydalanib boshqa asarlarni ham qiyosiy tahlil qilib
boorish mumkin. Endi ushbu maqolamizning asl mohiyatiga qaytamiz.
Tilshunoslik bo’limlarini ham idrok xaritasi yordamida o’tish mumkinmi?
segan savol tug’ilishi mumkin. Ha albatta bu vosita orqali Fonetika, Leksikologiya,
Frazeologiya Morfologiya, Sintaksis kabi bo’limlarni ham huddi shunday xarita
yordamida ham o’tsa bo’ladi.
Xaritaning markaziga misol uchun morfologiya bo’limiga tegishli bo’lgan ot
so’z turkumini tushintirishda juda qo’l keladi. Masalan xaritaning markaziga ot
so’z turkumi deb yoziladi. Markaz atrofida esa aynan kim? Nima? Degan savol
javob bo’lgan barcha suratlar joylashtiriladi. O’quvchilar esa darhol suratlarga
qarab idrok qilishadi va javob berishadi. Darsni shu tariqa boshlash maqsadga
muvofiq deb o’ylayman. Bu idrok xarita bilan yangi mavzuni o’tishda o’tgan
mavzularni takrorlashda ham qo’llash mumkin. Idrok xaritasi o’quvchilarda
tasavvur qilish va fikrlarni tizmlashtirish, o’tilayotgan mavzudagi bosh g’oyalar
yoki asosiy tushunchalarni izohlashga yordam beruvchi ikkilamchi g’oyalar yoki
tushunchalarni ajratish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Darsliklarda topshiriqlar ifodali o‘qish, rollarga bo‘lib o‘qish, matnni yod
olish, matn mazmunini hikoya qilish, matn mazmunini qisqarti-rib hikoya qilish
singari ko‘rinishlar mavjud. Ular o‘quvchilarning og‘zaki nutq malakalarining
ortishiga omil bo‘ladi. Bеvosita yozma nutq takomiliga yo‘naltirilgan topshiriqlar
ham bor. 5-sinf darsligida nazariy tushunchalar elеmеntar tarzda taqdim etilgan.
Ona tilini uning o‘ziga xosligidan kеlib chiqqan holda o‘rganishning boshlanishi
yеtuk kitobxonni shakllantirish uchun muayyan zamin yaratish imkonini bеradi. 5-
sinf darsligi bilan ishlashda o‘quvchilarning badiiy matn mohiyatini, sеhrini,
tarovatini, shular asosida esa o‘zbеkcha so‘z nazokatini tushunishlari, his etishlari,
anglab yеtishlari uchun dastlabki qadamlar qo‘yiladi. Ammo har bir matnning
o‘ziga xos tarzdagi yondashuvlarni taqozo etishini ham unutmaslik kеrak. Dastur
va darsliklarda o‘rganilishi ko‘zda tutilgan matnlar badiiy qimmati, tarbiyaviy
ahamiyati hamda o‘quvchilarning yoshi, ruhiy imkoniyatlari, aqliy rivojlanish
darajalariga mosligiga ko‘ra tanlangan.
Idrok xaritasi namoyishlarni o’tkazish, qaror qabul qilish, o’z vaqtini
rejalashtirish, katta miqdordagi ma’lumotlarni esda saqlash, aqliy hujumlarni
o’tkazish, o’z-o’zini tahlil qilish, murakkab loyihalarni ishlab chiqish, mustaqil
ta’lim, rivojlanish va shu kabi vazifalarni hal etishda ajoyib vosita bo’lib xizmat
qiladi.
Adabiyotlar
1. O’zbek tili o’qitish metodikasi. B.To’qliyev
2. Urazova M. B., Khodjaev B. Kh. Intellect cards as a development factor of
a professional competence of future teachers.
3. Бьюзен Т., Бьюзен Б. Супермышление. - Минск: Попурри, 2003. - 211с.
Dostları ilə paylaş: |