Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Oliy ta'lim yo‘nalishlari
va mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta'lim yo‘nalishi va 582 ta
magistratura mutaxassisligi kiritildi.
2019/2020 o‘quv yilida 59 ta oliy ta'lim muassasasida sirtqi
ta'lim, 10 ta oliy ta'lim muassasasida kechki ta'lim shakli joriy etildi.
Respublika oliy ta'lim muassasalarida
tahsil olayotgan talabalar
soni bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 410 ming, magistratura
mutaxassisligi bo‘yicha esa 13 ming nafarni tashkil qilib, so‘nggi 3 yilda
1,7 baravarga oshdi.
Talabalarning 54,8 foizi gumanitar va pedagogik, 25,2 foizi ishlab
chiqarish-texnik, 5,2 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9
foizi
qishloq va suv xo‘jaligi, 4,4 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot,
4,5 foizi xizmat ko‘rsatish bilim sohalariga oid ta'lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olmoqdalar.
Magistratura talabalarining 40,8 foizi gumanitar va pedagogik,
23,3 foizi ishlab chiqarish-texnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha,
iqtisod va
huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo‘jaligi, 13,5 foizi sog‘liqni saqlash va
ijtimoiy ta'minot, 3,2 foizi xizmat ko‘rsatish bilim sohalariga oid ta'lim
yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqdalar.
2019/2020 o‘quv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani
tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga, 2016 yilga nisbatan esa
92 foizga oshdi.
Respublikaning 16 ta oliy ta'lim muassasasida 2018/2019 o‘quv
yilidan boshlab xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda
qo‘shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo‘lga
qo‘yildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida
Nanotexnologiyalarni
rivojlantirish markazi, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika
ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo instituti,
Intellektual
dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalaridagi ilmiy darajalar
beruvchi ilmiy kengashlar soni 84 tani tashkil qilmoqda (2017 yilda 48
ta). So‘nggi 3 yilda 1 693 nafar professor-o‘qituvchi doktorlik
dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida oliy ta'lim muassasalarida
ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar soni 9 636 nafarga yetdi (shundan
2 130 nafari fan doktori (DSc), 7 506 nafari fan nomzodi (PhD) hamda
respublika oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyati 5,1
foizga
oshishiga erishildi.
So‘nggi 3 yilda oliy ta'lim muassasalarining 1 611 nafar
professor-o‘qituvchisi xorijiy oliy ta'lim muassasalarida stajirovka
o‘tashi va malaka oshirishi ta'minlandi. Xalqaro hamkorlik doirasida
xorijiy oliy ta'lim va ilmiy muassasalar magistratura
mutaxassisligiga
112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar yoshlar ta'lim olishga qabul qilindi.
«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali 46 nafar professor-
o‘qituvchining Kanada, Buyuk Britaniya va Italiya davlatlarida
stajirovka o‘tashi ta'minlandi.
Dostları ilə paylaş: