Memorandumi
imzolangan.
Mazkur
Memorandum
doirasida
boshlang‘ich va o‘rta ta'lim maktablarida axborot-kommunikatsiya
texnologiyarini rivojlantirish shuningdek ta'lim tizimida AKTni joriy
etishni jadallashtirishda o‘zaro tajriba almashinib kelinmoqda.
Xorijiy davlatlar idoralari.
Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya Federativ Respublikasi,
Koreya Respublikasi, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Amerika
Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonalari bilan ta'lim
sohasida o‘zaro hamkorlik olib borilmoqda.
Xorijiy va xalqaro nodavlat tashkilotlar:
O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi vakolatxonasi (1993 yil 15
oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya Hukumatlari
o‘rtasidagi ta'lim, ilm-fan va madaniyat sohasidagi Hamkorlik
Shartnoma asosida). Ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish va
ta'limga interaktiv usullarni tadbiq qilib va ulardan samarali foydalanish
bo‘yicha “Ingliz tili”loyixasi amalga oshiriladi.
Toshkentdagi Gyote-Instituti.Nemis tili o‘qituvchilarining malakasini
oshirishi va ta'limda interaktiv usullarni tadbiq qilish va ulardan samarali
foydalanish bo‘yicha “Maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi amalga
oshirilmoqda.
Germaniyaning xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (SFA).
Toshkentdagi Gyote-instituti, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi
vazirligi va SFA boshqarmasi bilan hamkorlikda Respublikaning
hamkor umumta'lim maktablarida nemis tilini o‘qitish, nemis tili
bo‘yicha Xalqaro (“Fit in Deutsch 1”, “Fit in Deutsch 2”va “B1”
imtihonlarini tashkillashtirish va diplomlar bilan taqdirlash hamda
o‘qutuvchilar uchun Germaniyada tashkillashtiriladigan malakaviy
kurslar amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: