Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar 
 
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirishda quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda: 
 
oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, 
hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasasalari, shu 
jumladan nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari filiallari faoliyatini 
tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasining 50 foizdan 
yuqori bo‘lishi ta'minlanadi, sohada raqobat muhiti yaratiladi; 
 
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini 
mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantiriladi
 
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasi xalqaro e'tirof 
etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University 
Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World 
Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta'lim 
muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti 
va Samarqand davlat universitetining birinchi 500 ta o‘rindagi oliy 
ta'lim muassasalari ro‘yxatiga kirishiga erishiladi; 
 
oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-
modul tizimiga o‘tkaziladi; 
 
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg‘or standartlari 
joriy etiladi, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga 
yo‘naltirilgan ta'limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tiladi; 
 
oliy ta'lim mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tariladi, 
ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga 
munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 
 
oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligi ta'minlanadi; 
 
oliy ta'lim muassasalarida ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar 
natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda 
tutuvchi "Universitet 3.0" konsepsiyasi bosqichma-bosqich joriy 
etiladi; 
 
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini 
kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy 
ta'lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, 
startap, akselerator markazlari tashkil etiladi hamda ular tegishli 
tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq 


etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga 
olib chiqiladi; 
 
oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, 
doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori 
impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop 
etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek 
respublika ilmiy jurnallari xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasiga 
bosqichma-bosqich kiritilishi ta'minlanadi; 
 
O‘zbekiston oliy ta'lim tizimi Markaziy Osiyoda xalqaro ta'lim 
dasturlarini amalga oshiruvchi "xab"ga aylantiriladi; 
 
oliy ta'limning investitsiyaviy jozibadorligi oshiriladi, xorijiy ta'lim va 
ilm-fan texnologiyalari jalb etiladi; 
 
talaba-yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta 
tashabbus asosida rivojlantiriladi;
 
oliy ta'lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi, shu 
jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng 
jalb qilish hisobiga yaxshilanadi, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi 
moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi va moliyaviy barqarorligi 
ta'minlanadi; 
 
ta'limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari 
bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi; 
 
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan 
imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 
oshiriladi, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlar yaxshilanadi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin