3-bob. Xalq ta’limi tizimining asosiy maqsad va rivojlanish
yo‘nalishlari
Xalq
ta’limi
tizimining
rivojlanishi
mazkur
Konsepsiya ilovasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga
asoslanadi.
Quyidagilar xalq ta’limi tizimining strategik maqsadlari
hisoblanadi:
umumta’lim tizimida iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, ilg‘or
xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli
ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish;
inson kapitalini mehnat bozorida va umuman mamlakatda
o‘quvchining raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi asosiy omil
sifatida rivojlantirish.
Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, xalq ta’limi
tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asosan amalga
oshiriladi:
a) ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek
malakali professional pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish:
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini ta’limning kredit
tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish, pedagogika, didaktika, amaliy
pedagogik psixologiya, metodika kabi fanlarga alohida e’tibor
qaratgan holda, o‘quv materiallarini va pedagogik baholashni ishlab
chiqish orqali pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirishni, pedagogik
psixologiyani tushunish, ta’lim berishga kompetentlik hamda shaxsga
yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashni ko‘zda tutgan holda
pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini
qayta ko‘rib chiqish;
bo‘lajak pedagoglar uchun pedagogik faoliyatga moyillik va
ijodkorlik qobiliyatlarini aniqlash va baholash imkoniyatini beruvchi
metodlarni ishlab chiqish;
umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning sifat tarkibini, xususan
magistrlik darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar sonini bosqichma-
bosqich oshirish;
xalq ta’limi tizimi uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, shu jumladan ta’lim
sohasiga yosh kadrlar kirib kelishini rag‘batlantirishni qo‘llab-
quvvatlash;
avvalo chekka hududlarda joylashgan, o‘quvchilar soni kam bo‘lgan
umumta’lim
maktablari
o‘qituvchilariga
qo‘shimcha
yangi
ixtisosliklar va malakalarni o‘zlashtirishga imkon beradigan ta’lim
infratuzilmasini shakllantirish;
uzluksiz ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirishga
ko‘maklashish va qo‘shimcha pedagogik ta’lim xizmatlari bozorida
raqobatni rivojlantirish;
xalq ta’limi sohasida rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha
standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish hamda “Xalq ta’limi sohasida
boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish va uni tugatib,
imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan barcha tinglovchilarga ta’lim
muassasalari rahbarlari lavozimlarini egallash imkonini beruvchi uch
yil muddatli maxsus sertifikat berish tizimini yaratish;
umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlar
o‘rtasida tanlov asosida saralash amaliyotini joriy qilish va ularni
rag‘batlantirishni kuchaytirish;
pedagoglarning masofadan malakasini oshirish va qayta tayyorlash
tizimi samaradorligini oshirish va qamrovini kengaytirish;
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish mazmuni va
metodlarini yangilash, baholash tizimini qayta ko‘rib chiqish;
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim
yo‘nalishlari
uchun
qabul
kvotalarini
oshirish,
O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tavsiyasi asosida pedagog
xodimlarga ehtiyoji katta bo‘lgan chekka tog‘li va cho‘l hududlardagi
abituriyentlar uchun imtiyozli qabul kvotalarini belgilash mexanizmini
joriy etish;
xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida o‘quvchilarning o‘qish,
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini
baholashga yo‘naltirilgan PISA (The Programme for International
Student Assessment) umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini
baholashning milliy tizimini yaratish;
pedagog xodimlarning malaka talablarini, shuningdek yangilangan
ta’lim standartlarini joriy etish uchun egallanadigan ko‘nikmalarni
aniqlashning yangi usullarini joriy etish;
yosh o‘qituvchilarni, ularning xizmat mavqeyi o‘sishini hisobga olgan
holda, kasbiy qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash mexanizmini
takomillashtirish;
b) iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bilan aniq maqsadga
yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish tizimini yaratish:
fan olimpiadalarini o‘tkazish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va
eng qobiliyatli, bilimli o‘quvchilarni aniqlashda shaffoflikni
ta’minlash, baholash mezonlarini mos ravishda tegishli xalqaro
olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish;
oliy ta’lim muassasalarining tadqiqot va innovatsion faoliyati
ko‘lamini
kengaytirish,
ular
negizida
biznes-inkubator
va
texnoparklarni tashkil etgan holda innovatsion infratuzilmani
rivojlantirish hamda ularning ta’lim faoliyatini kasb-hunar kollejlari
va umumta’lim maktablarida tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish
majmualariga tatbiq etish;
tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda mahalliylashtirish va
import o‘rnini bosish dasturiga alohida e’tibor qaratgan holda
umumta’lim muassasalari negizida kasbiy malaka o‘quv markazlari
(resurs markazlari)ni tashkil qilish;
oliy ta’lim muassasalari va ular qoshidagi akademik litseylar bilan
hamkorlikda xorijiy tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi
muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan
ixtisoslashgan umumta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish;
2019 — 2021-yillar davomida respublikaning har bir hududida
bosqichma-bosqich STEAM (fan, texnologiya, injiniring, san’at va
matematika)
yo‘nalishlariga
ixtisoslashtirilgan
“Prezident
maktablarini” tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatga ega pedagogik
jamoasini umumta’lim maktablarida iqtidorli bolalar bilan ishlashga
va ta’lim sifatini baholashga jalb qilish;
nodavlat umumta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, zarur
hollarda iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarga manfaatdor jamoat
tashkilotlari, tijorat tashkilotlarining yordami va homiyligi orqali
yakka tartibda grantlar ajratish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlagan holda,
ularning kelgusida ta’lim olishlariga imkoniyat yaratish;
yuqori natijalarga erishgan yuqori sinf (10-11-sinflar) o‘quvchilariga
rivojlangan xorijiy davlatlarda hamkorlik dasturlari orqali maqsadli
ta’lim olish tartibini joriy etish;
v) o‘qitish usullarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish:
kichik yoshdan o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan
motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‘sishini
mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini
rivojlantirish;
zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar uchun axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia
ilovalarini yaratish;
kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish va ishlab chiqarishning
ko‘plab
jarayonlarini
avtomatlashtirish
tendensiyalarining
rivojlanayotganligini inobatga olgan holda o‘quv-ishlab chiqarish
majmualarida
foydalaniladigan
kasb-hunar
ta’limining o‘quv
dasturlarini qayta ko‘rib chiqish;
davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan kompetensiyalar va o‘quv
jarayonini interaktiv boshqarish mahorati tamoyillariga asoslangan
pedagogik faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish;
umumta’lim
maktab
kutubxonalarini
o‘quvchilar
mustaqil
tayyorlanadigan
zamonaviy
(smart)
markazlarga
aylantirish
maqsadida ularning foydali maydonlarini kengaytirish va moddiy-
texnik jihozlash, yagona axborot tizimiga birlashtirish, shuningdek
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron resurslariga ulanish orqali
ularning rolini oshirish;
ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish
maqsadida yangi, shu jumladan muqobil yondashuvlarni o‘rganishga
va ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan amaliy xarakterdagi ilmiy
izlanishlarni rivojlantirish;
o‘quv muddatlarini o‘zgartirmagan holda o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirish kompetentligini kengaytirishni ta’minlovchi zamonaviy
ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish;
zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga muvofiqlikni ta’minlash
maqsadida umumta’lim davlat ta’lim standartlari tizimini muntazam
takomillashtirib borish;
bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lmagan fanlar asosida tuzilgan o‘quv
dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va o‘quv fanlari sonini
optimallashtirish;
o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish
maqsadida hamda qiziqishlari va talablarini e’tiborga olgan holda
yuqori sinflarda majburiy va tanlov asosidagi fanlarni joriy qilish;
10-11-sinf o‘quvchilari uchun ixtisoslashtirilgan, shu jumladan
ijtimoiylashuvga, iqtidor va kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan
o‘quvchilarning kasbiy o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirgan holda
ta’lim berishni rivojlantirish;
kasbiy ta’lim jarayonini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasida hamda xalqaro bozorda talab katta bo‘lgan
mutaxassisliklar bo‘yicha yirik tijorat tashkilotlarini jalb qilish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kelajak kasblar
uchun zarur bo‘ladigan malakali bitiruvchilarni tayyorlashda ilg‘or
xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda umumta’lim muassasalarida
informatika fanini o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqishga
yo‘naltirilgan “IT-Nation” dasturini joriy etish;
chet tillari, informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini
chuqur o‘rganishga e’tibor qaratgan holda, ixtisoslashtirilgan sinf va
maktablarni yaratish amaliyotini kengaytirish usuli bilan maktablarda
ta’lim sifatini tubdan yaxshilash;
ta’lim muassasalarining axborot ochiqligi asosida kasb-hunar ta’limi
sifatini baholash va doimiy jamoatchilik monitoringi mexanizmini
joriy qilish, hududlarda sertifikatlashtirish va kasb-malaka toifalarini
beruvchi integrallashtirilgan markazlarni tashkil etish;
umumta’lim muassasalarini boshqarish va ta’lim sifatini nazorat
qilishda jamoatchilik va yirik tijorat tashkilotlarining ishtirokini
ta’minlash;
g) o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni ta’minlash, bolaning
jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishi:
umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun sog‘lom ovqatlanish
tamoyillarini ommalashtirish;
umumta’lim muassasalarida sport to‘garaklarini tashkil qilish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tarbiyasida
muammolari bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish
ishlarini olib borish;
rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda
umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlik
(buling)ning oldini olishga qaratilgan dasturlarni joriy etish;
d) imkoniyati cheklangan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari
sifatini yaxshilash:
imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari
binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
imkoniyati cheklangan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini
zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun
bo‘ladigan uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirish;
imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim
tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar
(ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich, boshqalar), shuningdek tegishli
kadrlar (pedagog-defektolog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish
bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;
jamoatchilik o‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish
huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish
ishlarini olib borish;
ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil
shakllarini keng joriy etish;
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim
muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda maxsus
maktab-internatlarni optimallashtirish;
imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integratsiyasi
uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan
ta’minlash;
imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga
bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
e) innovatsion iqtisodiyot sharoitida yoshlarni tarbiyalash hamda
ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning
zamonaviy metodlari va yo‘nalishlarini keng joriy etish:
respublikada mavjud “Barkamol avlod” bolalar markazlarini
maktabdan tashqari ta’lim yagona markaziga birlashtirish;
xalq ta’limi tizimining maktabdan tashqari ta’lim muassasalari
tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
hududiy “Barkamol avlod” bolalar markazlari va axborot-resurs
markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
hududiy “Barkamol avlod” bolalar markazlarida davr talabi hamda
o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda dolzarb
kasblarning birlamchi asoslarini o‘rgatish uchun to‘garaklar, shu
jumladan robototexnika, dasturlash bo‘yicha yo‘nalishlar sonini
ko‘paytirish;
maktabdan tashqari ta’lim muassasasi rahbarlarini o‘qitish maqsadida
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha
takliflar tayyorlash;
maktablarni tashqi xavflardan himoyalash hamda bolalar o‘rtasida
jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha umumta’lim muassasalari bilan
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorligini kuchaytirish;
sanoat korxonalari, ilmiy muassasalar, tashkilotlar hamda xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning maktabdan tashqari ta’lim muassasalari
bilan hamkorlik tizimini yaratish;
j) xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish:
barcha umumta’lim maktablarini yagona ma’lumotlarni uzatish
tarmog‘iga birlashtirish hamda foydalanish uchun ruxsat etilgan
internet tarmog‘i resurslarini avtomatik filtrlash orqali “xavfsiz
maktab interneti” konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq
etish;
ichki lokal tarmoqlarni yaratish, o‘quv sinflarini, o‘qituvchilar hamda
maktab
ma’muriyatini
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va vositalari, xususan kompyuter texnikasi, interaktiv
doska, planshet va boshqa jihozlar bilan ta’minlash;
davlat-xususiy sheriklik asosida ta’lim jarayonini avtomatlashtirish
bo‘yicha axborot tizimini joriy etish, barcha darslik va metodik
materiallarning elektron shakllarini eduportal.uz portalida joylashtirish
va muntazam yangilab borish;
davlat-xususiy sheriklik asosida sog‘lom qadriyatlarga asoslangan
ta’lim tizimining milliy kontentini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy
bo‘linmalari faoliyatining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish,
hudud va umuman mamlakat miqyosidagi yuz beradigan xavf-xatarlar
va muammolarga o‘z vaqtida munosib ravishda e’tibor qaratish uchun
axborot almashinuvining samarali tizimini shakllantirish;
mavjud darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni elektron ko‘rinishga
o‘tkazish;
umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning davomati monitoringini
ta’minlovchi biometrik tizimni joriy etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy
tendensiyalarini
hisobga
olgan
holda
ta’lim
jarayonida
kompyuterlashtirish darajasini ko‘tarish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi
avlod darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini tayyorlash va chop
etishni tashkillashtirish;
ta’limda multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash
jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko‘rish;
“Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘garaklari o‘quvchilarining
ijodiy ishlarini sotish uchun elektron do‘konlar (artshop) tashkil qilish;
elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab va ko‘chirib olish
maqsadida bolalar kutubxonalarida QR-kod yordamida elektron
kitoblar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
z) xalq ta’limi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan
mexanizmini yaratish:
xalq ta’limi tizimi davlat xizmatchilarining professional korpusini
yaratish maqsadida davlat xizmatini tashkil etish, shu jumladan davlat
xizmatchilarining huquqiy maqomi, klassifikatsiyasi, xizmatga qabul
qilishning shaffof mexanizmlari (tanlov asosida), kadrlar zahirasini
shakllantirish, odob-axloq normalariga rioya etilishini ta’minlash
masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqish;
xalq ta’limi tizimida davlat xizmatining jozibadorligini oshirish,
korrupsiyaning yuzaga kelish xavfi va mansab suiiste’molchiligini
kamaytirish imkonini beradigan davlat xizmatchilari mehnatiga haq
to‘lash va ijtimoiy ta’minotining zamonaviy tizimini yaratish;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va uning xududiy
bo‘linmalari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash,
jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy
shakllarini joriy qilish orqali jamiyat va biznes bilan o‘zaro hamkorlik
qilishda ortiqcha ma’muriy sarf-xarajatlarga barham berish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini
yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga
qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va uslublarini joriy etish;
ish vaqti va moddiy ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlarini keng joriy
etish hisobiga xalq ta’limi tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini
oshirish;
xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
va ularni budjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish:
xalqaro ilg‘or tajribani hisobga olgan holda bosqichma-bosqich
qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida ilg‘or
texnologiyalar va muhandis yechimlariga tayanish;
“Zamonaviy maktab” davlat dasturi doirasida umumta’lim maktablari
uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi
maktablarni barpo etish va muqaddam qurilgan yangi binolarni
zamonaviy maktab namunasiga moslashtirishni ta’minlash;
umumta’lim maktablarining o‘quv xonalari va laboratoriyalarini
zamonaviy mebel, jihozlar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va
multimedia texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni
ta’minlash;
ta’lim muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish
maqsadida
bir
nafar
o‘quvchiga
xarajatlarning
bazaviy
normativlaridan kelib chiqqan holda “mablag‘ o‘quvchi ortidan”
tamoyili asosida (vaucher tizimi) bosqichma-bosqich moliyalashtirish
tizimiga o‘tish. Bunda har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasini inobatga olish;
umumta’lim muassasalarida pullik xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek
homiylik va xayriya mablag‘lari orqali budjetdan tashqari
jamg‘armalarni shakllantirish amaliyotini joriy etish;
k) xalq ta’limini boshqarishda strategik rejalashtirishning zamonaviy
shakllarini yaratish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar,
sohada xalqaro tajribadan kelib chiqib ilg‘or yutuqlardan foydalanish
amaliyotini kengaytirish:
xalq ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirishning kelajak modelini
shakllantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini
ko‘tarishga yordam beruvchi uzoq muddatli ssenariy asosida strategik
rejalashtirish tizimini yaratish;
konferensiya,
ko‘rgazma
va
boshqa
tadbirlar
yordamida
mamlakatning xalq ta’limi sohasidagi yutuqlarini xalqaro darajada
keng yoritish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash;
xalq ta’limi boshqaruvi sohasiga ilmiy-tadqiqot va innovatsion
faoliyatning
zamonaviy
yutuqlarini
joriy
etishning
samarali
mexanizmlarini yaratish;
budjetdan tashqari manbalardan, homiylardan mablag‘lar tushishi va
taqsimlanishini
nazorat
qilish
maqsadida
raqamli
onlayn-
platformalarni yaratish;
zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda virtual
ta’lim metodlarini joriy etish;
ma’muriy va ta’lim jarayonlarini optimallashtirish uchun zamonaviy
blokcheyn texnologiyalarini joriy etish;
l) davlat-xususiy sheriklik asosida umumta’lim tarmog‘ini rivojlantirish
hisobiga xalq ta’limi tizimida raqobat muhitini kengaytirish:
nodavlat umumta’lim maktablariga davlat subsidiyalarini berish
mexanizmini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amaliyotga
joriy etish;
xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklikning yangi turlarini joriy
etish;
m) yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta
tashabbusni amaliyotga tatbiq etish:
yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish;
yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish;
yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali
foydalanish;
yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng
targ‘ib qilish;
o‘quvchi-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: |