Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish KONSEPSIYASI 
 
1-bob. Umumiy qoidalar 
 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda - Konsepsiya) oliy ta'lim 
tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib 
chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam 
integratsiyasini 
ta'minlash 
asosida 
ta'lim 
sifatini 
yaxshilash
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni 
samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 
iyuldagi PQ-4391-son "Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimiga 
boshqaruvning 
yangi 
tamoyillarini 
joriy 
etish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. 
Konsepsiya 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
oliy 
ta'limni 
rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, 
o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda 
sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun 
asos bo‘ladi. 


2-bob. Oliy ta’lim tizimining 
Joriy holati va mavjud muammolar 
 
Bugungi kunda respublikada 114 ta oliy ta'lim muassasasi mavjud 
bo‘lib, ulardan 93 tasi mahalliy hamda 21 tasi xorijiy oliy ta'lim 
muassasasi va ularning filiallari hisoblanadi. Jumladan, so‘nggi 3 yilda 
yangi 6 ta oliy ta'lim muassasasi, 17 ta filial va 14 ta xorijiy oliy ta'lim 
muassasasi filiali tashkil etildi. 
Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Oliy ta'lim yo‘nalishlari 
va mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta'lim yo‘nalishi va 582 ta 
magistratura mutaxassisligi kiritildi.
2019/2020 o‘quv yilida 59 ta oliy ta'lim muassasasida sirtqi ta'lim, 
10 ta oliy ta'lim muassasasida kechki ta'lim shakli joriy etildi. 
Respublika oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar 
soni bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 410 ming, magistratura 
mutaxassisligi bo‘yicha esa 13 ming nafarni tashkil qilib, so‘nggi 3 yilda 
1,7 baravarga oshdi. 
Talabalarning 54,8 foizi gumanitar va pedagogik, 25,2 foizi ishlab 
chiqarish-texnik, 5,2 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi 
qishloq va suv xo‘jaligi, 4,4 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot, 
4,5 foizi xizmat ko‘rsatish bilim sohalariga oid ta'lim yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olmoqdalar. 
Magistratura talabalarining 40,8 foizi gumanitar va pedagogik, 
23,3 foizi ishlab chiqarish-texnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va 
huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo‘jaligi, 13,5 foizi sog‘liqni saqlash va 
ijtimoiy ta'minot, 3,2 foizi xizmat ko‘rsatish bilim sohalariga oid ta'lim 
yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqdalar. 
2019/2020 o‘quv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani 
tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga, 2016 yilga nisbatan esa 
92 foizga oshdi.
Respublikaning 16 ta oliy ta'lim muassasasida 2018/2019 o‘quv 
yilidan boshlab xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda 
qo‘shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo‘lga 
qo‘yildi. 
O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni 
rivojlantirish markazi, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika 
ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo instituti, Intellektual 
dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.


Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalaridagi ilmiy darajalar 
beruvchi ilmiy kengashlar soni 84 tani tashkil qilmoqda (2017 yilda 48 
ta). So‘nggi 3 yilda 1 693 nafar professor-o‘qituvchi doktorlik 
dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida oliy ta'lim muassasalarida 
ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar soni 9 636 nafarga yetdi (shundan 
2 130 nafari fan doktori (DSc), 7 506 nafari fan nomzodi (PhD) hamda 
respublika oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyati 5,1 foizga 
oshishiga erishildi. 
So‘nggi 3 yilda oliy ta'lim muassasalarining 1 611 nafar professor-
o‘qituvchisi xorijiy oliy ta'lim muassasalarida stajirovka o‘tashi va 
malaka oshirishi ta'minlandi. Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy 
ta'lim va ilmiy muassasalar magistratura mutaxassisligiga 112 nafar, 
doktoranturasiga 51 nafar yoshlar ta'lim olishga qabul qilindi.
"El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali 46 nafar professor-
o‘qituvchining Kanada, Buyuk Britaniya va Italiya davlatlarida 
stajirovka o‘tashi ta'minlandi.
2017-2019 yillarda ta'lim jarayoniga 1 154 nafar xorijlik yuqori 
malakali pedagog xodim va olim jalb etildi (AQShdan 94 nafar, yevropa 
mamlakatlaridan 445 nafar, Osiyo mamlakatlaridan 299 nafar, MDH 
mamlakatlaridan 316 nafar). 
Oliy ta'lim muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega 
professorlarning bazaviy lavozim maoshlari 2016 yilga nisbatan 3,2 
baravarga oshirildi.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta'lim tizimi 
oldida bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb 
muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan: 
a) oliy ta'lim bilan qamrov va ta'lim sifatini ta'minlash sohasida: 
oliy ta'lim bilan qamrov darajasi pastligicha qolmoqda; 

amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan 
bitiruvchilarda 
amaliy 
ko‘nikmalarni 
shakllantirishga 
yo‘naltirilmagan, o‘quv rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi 
yuqoriligicha qolmoqda; 

oliy ta'lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan o‘zaro 
hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar samarali yo‘lga 
qo‘yilmagan, 
ish 
beruvchilarning 
oliy 
ta'lim 
mazmunini 
shakllantirishdagi ishtiroki yetarli emas; 

talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish 
ko‘nikmalari shakllantirilmagan;



ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar samarali tashkil 
etilmagan, tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat 
bozorining zamonaviy talablariga yetarlicha javob bermaydi; 

professor-o‘qituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini o‘zlashtirish darajasi pastligi sababli ularning kasbiy 
mahorati bugungi kun talablaridan ortda qolmoqda; 

o‘quv adabiyotlari yetishmovchiligi saqlanib qolib, mavjudlarining 
aksariyat qismi zamon talablariga javob bermaydi, o‘quv adabiyotlari 
sifatini yaxshilash, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil 
o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil 
etilmagan; 

oliy ta'lim muassasalarida fan olimpiadalarini o‘tkazishning shaffof 
mexanizmlari joriy etilmagan, olimpiadalar g‘oliblari bilan ishlash 
tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmagan; 

iqtidorli yoshlar orasidan oliy ta'lim muassasalariga talabalarni saralab 
olish mexanizmlari mavjud emas; 

pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimi samarali tashkil 
etilmagan, 
jumladan 
malaka 
oshirish 
muassasalarida 
o‘quv 
mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun yuqori malakali professor-
o‘qituvchilar jalb qilinmagan, malaka oshirishga jalb etishda 
tinglovchilarning salohiyati inobatga olinmaydi; 

oliy ta'limda ma'naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni 
milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma'naviy 
g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va 
mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni 
yanada rivojlantirish zarurati mavjud; 
b) ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida: 

oliy ta'lim muassasalari ilmiy faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib tashkil etilmagan, tahlillar 
asosida innovatsion rivojlanishni prognozlashtirish faoliyati yo‘lga 
qo‘yilmagan; 

innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, 
ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli 
yoshlarni jalb etish natijadorligi yetarli emas, ta'lim, fan va ishlab 
chiqarishning mustahkam integratsiyasi ta'minlanmagan; 

oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyati atigi 36,4 foizni tashkil 
etmoqda; 

ilmiy darajaga ega xodimlarning o‘rtacha yoshi 49 bo‘lib (fan 
doktorlari - 56 yosh, falsafa doktorlari va fan nomzodlari - 43 yosh), 


yuqoriligicha 
qolmoqda, 
fan 
doktorlari 
orasida 
nafaqa 
yoshidagilarning ulushi 45 foizni tashkil etmoqda; 

ilmiy-tadqiqot ishlari ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi 
mavjud muammolar yechimiga qaratilmagan; 

so‘nggi yillarda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan 
maqolalarga iqtiboslar soni kamaymoqda; 

ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, 
ilmiy xodimlar va yosh olimlar faoliyatini rag‘batlantirishning 
ta'sirchan mexanizmlari yaratilmagan; 
v) oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash 
sohasida: 

talabalar turar joylari, kutubxona, o‘quv ustaxonalari, laboratoriyalar, 
sport sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari quvvatlari 
mavjud ehtiyojni qanoatlantirmaydi, ularning aksariyat qismida 
bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza 
shakllantirilmagan; 

oliy ta'lim muassasalarining zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar 
bilan jihozlanish darajasi yetarli emas, xalqaro standartlarga javob 
beradigan o‘quv laboratoriya uskunalarining salmog‘i atigi 10 foizni 
tashkil etadi, shu bilan birga o‘quv jarayoni laboratoriya materiallari 
(reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa 
ob'ektlar) bilan yetarlicha ta'minlanmaydi; 

oliy ta'lim muassasalari moliyaviy xarajatlarining asosiy qismi ish 
haqiga sarflanib, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni yangilashga, bino va 
inshootlarni ta'mirlashga yetarlicha mablag‘ yo‘naltirilmayapti; 
g) oliy ta'limning jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda 
raqobatbardoshlikni ta'minlash sohasida: 

respublika oliy ta'lim muassasalari xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar 
reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari 
ro‘yxatiga, ularning rasmiy veb-saytlari Webometrics xalqaro 
reytingining 1 000 talik ro‘yxatiga kirmagan; 

ta'lim dasturlari va talabalar bilimini baholash tizimi xalqaro 
standartlarga moslashtirilmagan; 

mavjud talabalar turar joylari hamda ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari 
xorijiy talabalar ehtiyojlariga moslashtirilmagan; 

xorijiy fuqarolarni mamlakatimizda ta'lim olishga keng jalb qilish 
borasidagi targ‘ibot ishlari, jumladan PR-loyihalar (O‘zbekiston oliy 
ta'lim muassasalari kunlarini tashkil qilish, taqdimotlar o‘tkazish va 


boshqalar) yetarli darajada tashkil qilinmagan, bu borada interaktiv 
virtual platforma mavjud emas. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin