Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


-bob. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirisнning stratеgik maqsadlari



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

 
3-bob. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirisнning stratеgik maqsadlari 
va
ustuvor yo‘nalisнlari 
Oliy ta'lim tizimining rivojlanishi mazkur Konsepsiya ilovasida 
belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga asoslanadi. 
Quyidagilar oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik 
maqsadlari hisoblanadi: 

mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror 
rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini 
oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;

oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida 
yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul 
qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini 
namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi 
uchun zarur shart-sharoit yaratish; 

sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini 
oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta'minlash. 

Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta'lim 
tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida amalga 
oshiriladi:

oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar 
tayyorlash sifatini oshirish; 

ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy 
etish; 

oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini 
oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning 
innovatsion infratuzilmasini shakllantirish

ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar ta'sirchanligini oshirish; 

yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar 
buyurtmachilarini faol jalb etish

oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini 
ta'minlash, moddiy-texnik ta'minotini mustahkamlash; 

oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv 
faoliyatini takomillashtirish



korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta'minlashning ta'sirchan 
mexanizmlarini joriy etish; 

oliy ta'lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro 
miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta'minlash. 



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin