o‘quvchilarni qamrab olish koeffitsiyenti past bo‘lgan boshqa
maktablar ham kiritiladi;
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
bittadan Prezident maktablari
tashkil etiladi;
4 860 umumta’lim muassasasi tasdiqlangan baholash mezonlariga
muvofiq “Zamonaviy maktablar”ga aylantiriladi;
davr
talabidan kelib chiqib, pedagog kadrlar malakasini oshirish
kurslarining o‘quv dasturiga asosan o‘qituvchilarga metodik yordam
ko‘rsatish maqsadida elektron resurslar yaratiladi;
maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish
va bolalarni maktabdan
tashqari ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish o‘quvchilar umumiy
soniga nisbatan 50 foizga yetkaziladi;
oliy ta’lim muassasalarida “Xalq ta’limi sohasida boshqaruv”
yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
umumta’lim fanlari bo‘yicha 3 mingga yaqin pedagog ixtisosligi
bo‘lmagan kadrlar pedagogik va kasbiy
qayta tayyorlash kurslarida
o‘qitiladi;
xalq ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarining elektr
energiyasi, tabiiy gaz, ko‘mir, ichimlik suvi va boshqa kommunal
xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlanishi tashkil etiladi;
barcha ta’lim muassasalarining internet tarmog‘iga to‘liq ulanishi
ta’minlanadi;
barcha umumta’lim maktablarida o‘zlashtirish jurnallari va kundalik
yozuvlarning elektron shakllaridan foydalanish, davomatni masofadan
monitoring qilish, o‘quvchilarning kelish va ketish vaqtlari nazorati
bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv jarayonini avtomatlashtirish
tizimi joriy
etiladi;
barcha umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarni qabul qilish va
boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini
ko‘rsatish mexanizmi joriy etiladi;
barcha umumta’lim maktablarida o‘quvchining identifikatsiya
kartalari (ID-karta, NFC belgisi va boshqalar) joriy etiladi.
Dostları ilə paylaş: