uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash,
shuningdek professional
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish;
o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq ta’limi sohasiga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
xalq
ta’limi
muassasalarining
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning
samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda
maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini
joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim
tizimida raqobat muhitini
kengaytirish;
yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta
tashabbusni
amaliyotga tatbiq etish;
xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish
maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining
mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya
qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.
Dostları ilə paylaş: