Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


Ishchi o‘quv dasturi bo‘yicha komissiya



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

Ishchi o‘quv dasturi bo‘yicha komissiya. Ushbu komissiya 
ishchi o‘quv dasturi bo‘yicha, dasturlarni ishlab chiqish sifatini nazorat 
qilish maqsadida tashkil qilinadi. Komissiya faoliyati quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
1) ishchi o‘quv dasturi tuzilmasini shakllantirish
2) ishchi o‘quv dasturlarini tuzishni tashkil qilish; 
3) o‘quv dasturlari katalogini ishlab chiqish. 
Komissiya a'zolarining majburiyatlari quyidagilardan iborat: 
1) fanlar bo‘yicha ishchi dasturlarni ishlab chiqish va ularni muhokama 
qilish; 
2) o‘quv dasturlari katalogini tuzish; 
3) barcha fanlar bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlari sifatini baholash. 
TMI sifatini nazorat qilish bo‘yicha komissiya. TMI sifatini 
nazorat qilish bo‘yicha komissiya fanlar kesimida TMI larini tashkil 
qilish va rejalashtirish, ularni tarqatish, topshirish muddatlarini va 
sifatini nazorat qilish va uslubiy ta'minotini yaxshilash maqsadida 
tashkil qilinadi. 
Komissiya a'zolarining vazifalari quyidagilardan iborat: 


1) O‘RTMI jadvallarini tuzishni nazorat qilish
2) fakultet yo‘nalishlari fanlari bo‘yicha semesrda O‘RTMI larni 
o‘tkazish jadvallarini muvofiqlashtirish; 
3) mustaqil ishlarning talabalar tomonidan bajarilishini baholash va 
nazorat qilish usullarini ishlab chiqish
4) butun semestr uchun alohida fanlarning ish sig‘imi bo‘yicha O‘RTMI 
jadvallarini tahlil qilish; 
5) O‘RTMI larini topshirishning yagona jadvallarini ishlab chiqish va 
optimallashtirish; 
6) alohida fanlar bo‘yicha topshiriqlar sifatini baholash
7) TMI shakllarini tanlashning to‘g‘riligiga baho berish; 
8) topshiriqlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar mavjudligini 
tahlil qilish va ularni ekspert baholash
9) o‘zlashtirish tahlili natijalaridan kelib chiqib TMI ni takomillashtirish 
bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish; 
10) TMI ni tashkil qilish masalalari va ularning uslubiy ta'minoti 
bo‘yicha professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan seminar va maslahatlarni 
tashkil qilishda ishtirok etish; 
11) turli ko‘rinishdagi TMI bo‘yicha yondashuvlarni va baholash 
me'yorlarini aniqlashda ishtirok etish. 
Amaldagi ta'lim tizimida bunday vazifalar o‘quv-metodik birlashmalar 
zimmasiga yuklab kelingan. Biroq, so‘nggi yillarda bu tuzilmaning 
faoliyati sustlashib qoldi.
Ushbu tavsiya qilingan komissiyalar Oliy ta'lim muassasasining 
ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil qilinadi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin