Ta’lim natijalari. Kredit-modul tizimida ta'lim mazmuni “ta'lim
natijalari” asosida rejalashtiriladi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak,
talabalarga o‘qitiladigan fanlar va ularning mazmuni kelgusidagi kasbiy
faoliyat turi uchun qanchalik zarurligidan kelib chiqib shakllantiriladi.
Ochig‘i, hozirgi kunda biz bu borada maqtana olmaymiz, chunki o‘quv
rejalariga ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko‘ra
har xil fanlar kirib
qolgan. Bu muammoni hozirgi kunda ikki xil usulda yechish mumkin.
Birinchidan – bakalavriat va magistratura ta'lim dasturlari bo‘yicha
kompetensiyalar jadvalini shakllantirish, professiogrammalarni tuzish
zarur. Bu juda aniq, lekin katta hajmdagi ish hisoblanadi.
Ikkinchidan – o‘quv rejalarini xorijiy tahlil qilish zarur. Bunda
yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining o‘quv
rejalari va sillabuslari
mazmuniga mo‘ljal olinadigan bo‘lsa kamroq xatoga yo‘l qo‘yiladi va
bu ishni mutaxassislik kafedralarining mas'ul o‘qituvchilarining
imkoniyatlari darajasida hal qilish mumkin.
O‘quv rejalarini shakllantirib bo‘lganimizdan so‘ng “tanlov fanlari
katalogi”ni tuzib, ularni talabalar tanloviga taqdim qilishimiz zarur. Shu
orqali o‘quv rejalaridagi fanlar talabalarning qiziqishlariga, kadrlar
iste'molchilarining talablariga qay darajada
mos kelishini bilib olish
mumkin.
Registrator Ofisi. Amaldagi ta'lim tizimida talabalar kontingenti
bilan dekanatlar, o‘quv bo‘limi, kadrlar bo‘limi, qabul bo‘limi kabi
ko‘plab bo‘linmalar shug‘ullanishadi. Talabalar kontingenti bilan
shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma esa mavjud emas.
Kredit-modul tizimida talabalar kontingenti bilan markazlashtirilgan
bo‘linma – Registrator Ofisi shug‘ullanadi.
Uning vazifasi - akademik
taqvim tuzish va uning o‘z vaqtida bajarilishini
nazorat qilish, qabul
komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga
yozilishni tashkil qilish
(Enrollment), akademik guruhlarni shakllantirish, kirishda bilimlarini
aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, yakuniy nazorat va oraliq
attestatsiyalarni
tashkil
qilish
va
o‘tkazish, yakuniy davlat
attestatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazishni nazorat qilish, talabalarning
shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma'lumotlar
bazasini shakllantirish va muntazam yangilash,
transkriptni yuritish va
unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil
qilish va o‘tkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va
tantanali ravishda taqdim etish), talabalar kontingenti bo‘yicha statistika
yuritish kabi vazifalardan iborat bo‘ladi.
Bu tuzilma kredit-modul tizimida talabaga qaratilgan bo‘linma bo‘lib,
uni kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tilgunga
qadar vaqtincha dekanat va
bo‘limlardan xodimlarni jalb qilish orqali tashkil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: