Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova dilnoza anvarovna


Kredit-modul tizimining afzallik va muammoli jihatlari



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/89
tarix19.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#116981
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
Ta\'limga kirish O\'quv qo\'llanma 2022 16 шрифт 3 2

 
Kredit-modul tizimining afzallik va muammoli jihatlari 
Kredit-modul tizimiga o‘tishda bir qator muammoli jihatlarga 
e'tiborimizni qaratishimiz va bu tizimning afzallik jihatlariga urg‘u 
berish maqsadga muvofiqdir.
Ma'lumki, talabaning umumiy yuklamasi auditoriya va mustaqil 
ta'lim yuklamalaridan iborat. Amaldagi ta'lim tizimida auditoriya 
yuklamalariga katta e'tibor qaratilib kelinmoqda, lekin mustaqil ish 
turlari hali ommalashmagan. Kredit tizimida eng avvlo talabaning 
mustaqil ishiga jiddiy e'tibor qaratiladi. 
Kredit bu baho emas, balki ish hajmi hisoblanadi. Masalan, talaba 
5 kreditlik fanni o‘zlashtirgan bo‘lsa, u 5 kredit hajmidagi ishni bajargan 
hisoblanadi, ya'ni u ushbu fanning ma'ruzalarida, amaliy va laboratoriya 


mashg‘ulotlarida qatnashgan, mustaqil ish topshiriqlarini bajargan 
hisoblanadi. Demak, bu fanni o‘zlashtirgan talaba uni qanday bahoga 
o‘zlashtirganidan qat'iy nazar u 5 kreditni qo‘lga kiritadi. 
Kredit-modul tizimining mazmun-mohiyatini ochib berishda uni 
faqat “kredit” va “modul” atamalari orqali izohlash yetarli bo‘lmaydi. 
Bu atamalar uni ixcham nomlash uchun qo‘llanilgan, xolos. Biz kredit-
modul tizimining mohiyatini boshqacha usulda ochib bermoqchimiz. 
Ya'ni, biz kitobning yaratilishiga asos bo‘lgan tamoyillar, kredit-modul 
tizimining amaldagi ta'lim tizimidan farq qiluvchi jihatlari haqida 
to‘xtalib o‘tamiz. 
Avval ta'kidlab o‘tilganidek, kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari 
va elementlari qisman O‘zbekiston oliy ta'lim tizimiga tatbiq qilingan. 
Shunday ekan, biz bu yerda kredit-modul tizimining faqat biz uchun 
yangi bo‘lgan va amaldagi ta'lim tizimida mavjud bo‘lmagan quyidagi 
10 ta muammoli jihati va afzalliklari haqida fikr yuritamiz va zarur 
joylarda amalga oshirishning imkoni bo‘lgan takliflarimizni keltirib 
o‘tamiz. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin